وَقَالَ ٱلَّذِينَ لَا يَعْلَمُونَ لَوْلَا يُكَلِّمُنَا ٱللَّهُ أَوْ تَأْتِينَآ ءَايَةٌ ۗ كَذَٰلِكَ قَالَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِم مِّثْلَ قَوْلِهِمْ ۘ تَشَـٰبَهَتْ قُلُوبُهُمْ ۗ قَدْ بَيَّنَّا ٱلْـَٔايَـٰتِ لِقَوْمٍ يُوقِنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bilmaydigan kimsalar: «Alloh biz bilan gaplashsa edi yoki mo`'jiza kelsa edi», deyishdi. Ulardan oldingilar ham ularning so`ziga o`xshash gapirgan edilar. Qalblari o`xshash bo`ldi. Batahqiq, Biz yaxshi biluvchi qavmlarga mo`'jizalarni bayon qilganmiz.Билмайдиган кимсалар: «Аллоҳ биз билан гаплашса эди ёки мўъжиза келса эди», дейишди. Улардан олдингилар ҳам уларнинг сўзига ўхшаш гапирган эдилар. Қалблари ўхшаш бўлди. Батаҳқиқ, Биз яхши билувчи қавмларга мўъжизаларни баён қилганмиз.Alauddin Mansour: Bilmaydigan kimsalar: «Alloh bizga gapirsa edi yoki biror alomat kelsa edi», deydilar. Ulardan ilgarigilar ham ularning gaplariga oʻxshash gaplarni aytishgan edi. Dillari bir-biriga oʻxshaydi. Biz aniq ishonadigan qavm uchun oyatlarni bayon qildik.Билмайдиган кимсалар: «Аллоҳ бизга гапирса эди ёки бирор аломат келса эди», дейдилар. Улардан илгаригилар ҳам уларнинг гапларига ўхшаш гапларни айтишган эди. Диллари бир-бирига ўхшайди. Биз аниқ ишонадиган қавм учун оятларни баён қилдик.
Oyati karima tushayotgan davrda mushriklar shunday deyishgan boʻlsa, ulardan oldin yahudiylar ham shunga oʻxshash gaplarni oʻz Paygʻambarlariga aytganlar. Jumladan, Muso alayhissalomga: «Allohni koʻzimizga koʻrsat», deyishgan. Turli-tuman moʻʼjizalar koʻrsatishni talab qilishgan.
Hozirgi kunning kofirlari ham koʻpincha mana shunaqa talablar qoʻyishadi. Qaysi zamon kofirlari boʻlishidan qatʼinazar, ularning qalblari oʻxshash, shuning uchun hamisha ulardan oʻxshash gaplar chiqadi.
Aslini olganda esa, Alloh taolo ilmli, insofli, idrokli odam uchun har qadamda moʻʼjizalarini bayon qilib qoʻygan.
Oʻtgan oyatlarda Alloh kofirlarning notoʻgʻri gaplari va ishlarini, ularning yashirin va oshkora dushmanliklarini, bunday kishilarning iymonga kelishidan umid yoʻqligini bayon qildi, endi bevosita Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomga xitob qilib, u kishining vazifasi chegaralarini, yahudiy va nasorolar bilan boʻladigan kurash haqiqatini tushuntiradi: