QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят119

إِنَّآ أَرْسَلْنَـٰكَ بِٱلْحَقِّ بَشِيرًا وَنَذِيرًا ۖ وَلَا تُسْـَٔلُ عَنْ أَصْحَـٰبِ ٱلْجَحِيمِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Biz seni haq bilan suyunchli xabar beruvchi va ogohlantiruvchi qilib yubordik. Va do`zaxiylar haqida so`ralmassan.Албатта, Биз сени ҳақ билан суюнчли хабар берувчи ва огоҳлантирувчи қилиб юбордик. Ва дўзахийлар ҳақида сўралмассан.Alauddin Mansour: Albatta Biz sizni haq (din) bilan xushxabar eltguvchi va ogohlantiruvchi qilib yubordik. Doʻzaxilar xususida siz masʼul emassiz.Албатта Биз сизни ҳақ (дин) билан хушхабар элтгувчи ва огоҳлантирувчи қилиб юбордик. Дўзахилар хусусида сиз масъул эмассиз.

18-sahifa · 1-juz · 2-hizb18-саҳифа · 1-жуз · 2-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّآalbatta, Bizалбатта, Бизأَرْسَلْنَـٰكَseni yubordikсени юбордикبِٱلْحَقِّhaq bilanҳақ биланبَشِيرًۭاsuyunchli xabar beruvchiсуюнчли хабар берувчиوَنَذِيرًۭا ۖva ogohlantiruvchiва огоҳлантирувчиوَلَاva emasва эмасتُسْـَٔلُsoʻralasanсўраласанعَنْhaqidaҳақидаأَصْحَـٰبِegalariэгалариٱلْجَحِيمِdoʻzaxдўзах
TafsirТафсир

Alloh taolo ushbu oyatda bir necha masalalarni bayon qilmoqda:

1. Bir Paygʻambar kelgan, uning vazifasi–moʻmin-musulmonlarga suyunchli xabar berish, kofir-fosiqlarni doʻzax azobidan ogohlantirish. U zot–Muhammad alayhissalomdirlar.

2. U Paygʻambarni Alloh taoloning Oʻzi yuborgan.

Mukofot yoki jazoni Allohning Oʻzi beradi.

Muhammad alayhissalom kofirlarning kufriga javobgar emaslar, ularning qilmishlaridan soʻralmaydilar.

Demak, Paygʻambar alayhissalom haq bilan kelganlar, boshqa gapga oʻrin yoʻq. Avvalgi oyatlarda zikr qilingan shak-shubhaga, moʻʼjiza talab qilishlarga ham oʻrin yoʻq. Gapni kesib gapirganda, shundan boshqa gap yoʻq. Haq bilan kelgan Paygʻambar alayhissalomning vazifalari–yaxshi amal qilgan moʻminlarga Alloh tomonidan boʻladigan savob, yuqori daraja va jannati naʼiymning bashoratini, suyunchli xabarini berish va kofirlarni, gunohkorlarni azob- uqubatdan va doʻzaxdan ogohlantirish. Shundan koʻrinib turibdiki, Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomning Paygʻambarliklari tuzatuvchi, toʻgʻrilovchi Paygʻambarlikdir.

Oyatda: «Va doʻzaxiylar haqida soʻralmassan», deyilishiga koʻra, Paygʻambar alayhissalomning daʼvatu ogohlantirishlaridan keyin ham kofir holida qolganlar doʻzaxga tushadilar; ular nimaga iymonga kelmadilar, deb Paygʻambardan soʻralmaydi. Har bir kofir oʻzi uchun javob beraveradi.

Modomiki, musulmonlar haqda ekanlar, uni mahkam tutib, olgʻa qadam tashlamoqlari lozim. Boshqalarning gap-soʻzlariga eʼtibor bermaslik kerak, chunki ularning niyati buzuq: