QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят120

وَلَن تَرْضَىٰ عَنكَ ٱلْيَهُودُ وَلَا ٱلنَّصَـٰرَىٰ حَتَّىٰ تَتَّبِعَ مِلَّتَهُمْ ۗ قُلْ إِنَّ هُدَى ٱللَّهِ هُوَ ٱلْهُدَىٰ ۗ وَلَئِنِ ٱتَّبَعْتَ أَهْوَآءَهُم بَعْدَ ٱلَّذِى جَآءَكَ مِنَ ٱلْعِلْمِ ۙ مَا لَكَ مِنَ ٱللَّهِ مِن وَلِىٍّ وَلَا نَصِيرٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sendan yahudiylar ham, nasroniylar ham ularning millatiga ergashmaguningcha hech-hech rozi bo`lmaslar. «Albatta, Allohning hidoyati haqiqiy hidoyatdir», deb ayt. Agar senga kelgan ilmdan keyin ham ularning havoyi nafslariga ergashsang, seni Allohdan (qutqaruvchi) do`st ham, yordamchi ham yo`qdir.Сендан яҳудийлар ҳам, насронийлар ҳам уларнинг миллатига эргашмагунингча ҳеч-ҳеч рози бўлмаслар. «Албатта, Аллоҳнинг ҳидояти ҳақиқий ҳидоятдир», деб айт. Агар сенга келган илмдан кейин ҳам уларнинг ҳавойи нафсларига эргашсанг, сени Аллоҳдан (қутқарувчи) дўст ҳам, ёрдамчи ҳам йўқдир.Alauddin Mansour: Yahudiy va nasroniylar ularning diniga kirmaguningizcha hargiz sizdan rozi boʻlmaydilar. Ayting: «Allohning yoʻligina haqiqiy yoʻldir». Qasamki, agar sizga kelgan haqiqiy bilimdan keyin ularning nafs-havolariga ergashsangiz, Alloh tarafidan sizga na bir doʻst va na bir yordamchi boʻlmaydi.Яҳудий ва насронийлар уларнинг динига кирмагунингизча ҳаргиз сиздан рози бўлмайдилар. Айтинг: «Аллоҳнинг йўлигина ҳақиқий йўлдир». Қасамки, агар сизга келган ҳақиқий билимдан кейин уларнинг нафс-ҳаволарига эргашсангиз, Аллоҳ тарафидан сизга на бир дўст ва на бир ёрдамчи бўлмайди.

19-sahifa · 1-juz · 2-hizb19-саҳифа · 1-жуз · 2-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَنva hechва ҳечتَرْضَىٰrozi boʻlmasрози бўлмасعَنكَsendanсенданٱلْيَهُودُyahudiylarяҳудийларوَلَاva emasва эмасٱلنَّصَـٰرَىٰnasroniylarнасронийларحَتَّىٰtoтоتَتَّبِعَergashmaguningchaэргашмагунингчаمِلَّتَهُمْ ۗularning millatigaуларнинг миллатигаقُلْaytайтإِنَّalbattaалбаттаهُدَىhidoyatiҳидоятиٱللَّهِAllohningАллоҳнингهُوَoʻshaўшаٱلْهُدَىٰ ۗhaqiqiy hidoyatdirҳақиқий ҳидоятдирوَلَئِنِva agarва агарٱتَّبَعْتَergashsangэргашсангأَهْوَآءَهُمularning havoi nafslarigaуларнинг ҳавои нафсларигаبَعْدَkeyinкейинٱلَّذِىnarsaнарсаجَآءَكَsenga kelganсенга келганمِنَ-dan-данٱلْعِلْمِ ۙilmdanилмданمَاyoʻqйўқلَكَsengaсенгаمِنَ-dan-данٱللَّهِAllohdanАллоҳданمِنhechҳечوَلِىٍّۢdoʻstдўстوَلَاva yoʻqва йўқنَصِيرٍyordamchiёрдамчи
TafsirТафсир

Surai karimaning avvalidan beri kelayotgan oyatlardan ham, hayotiy tajribalardan ham maʼlumki, kofirlar musulmonlarni oʻz hollariga qoʻymaydilar. Ular Islomga qarshi turli jabhalarda dushmanlik ishlarini tinimsiz olib boradilar. Tabiiyki, hadeb toʻxtovsiz dushmanlik odamning joniga tegadi. Oxiri, nima qilsam rozi boʻlasan, deb yuborish ham mumkin. Ushbu oyati karima uqdirmoqdaki,

«Sendan yahudiylar ham, nasroniylar ham ularning millatiga ergashmaguningcha hech-hech rozi boʻlmaslar».

Yaʼni, yahudiy va nasroniylarni rozi qilaman deb, ovora boʻlma, qachonki ularning millatiga–diniga ergashsanggina, sendan rozi boʻlishadi. Boshqa holda ularga hech qachon yoqmaysan.

Tarixda ham, hozirda ham yahudiylar va nasroniylar bir-birlari bilan tortishib, kelishmay yuradilar. Ammo musulmonlarga qarshi bir jabha boʻlib olishadi. Ularni Islomdan chiqarishga urinishadi. Musulmonlar baʼzan ularning roziligini topamiz deb, turli murosaga ham borishadi. Koshki foyda bersa. Chunki yahudiy va nasroniylarning oliy maqsadlari murosasozlik emas. Bu muammoni hal etishning yoʻli bitta–uni Alloh koʻrsatyapti:

«Albatta, Allohning hidoyati haqiqiy hidoyatdir, deb ayt», deb oʻrgatyapti U Zot Oʻz Paygʻambariga. Qisqa va aniq: Allohning hidoyati–haqiqiy hidoyatdir. Boshqa hech qanday hidoyat boʻlishi mumkin emas. Gap tamom. Fikrni boshqa yoqqa burmaslik kerak. Boshqa tarafning roziligini topishga harakat qilishga hojat yoʻq. Shuningdek, murosasozlikka ham hech qanday oʻrin yoʻq. Chunki murosasozlikning–boshqalarning roziligini topishga urinishning oxiri halokat bilan tugaydi:

«Agar senga kelgan ilmdan keyin ham ularning havoi nafslariga ergashsang, seni Allohdan (qutqaruvchi) doʻst ham, yordamchi ham yoʻqdir».

Musulmonlarga Alloh tomonidan berilgan ilm, Qurʼon, haqiqiy hidoyat boʻlsa-yu, ular boshqalarning roziligini topish uchun oʻshalarning havoi nafslariga ergashsalar... Bundan katta xato va zulm bormi?!

Havoi nafsiga berilganlarning hamda ularga ergashganlarning oqibati yomonligini koʻrdik. Xoʻsh, endi nima qilish kerak? Kimlar iymon yoʻlidan yurishi mumkin? Kufr keltirganlarga nima boʻladi? Bu savollarga javob keyingi oyatda kelmoqda: