ٱلَّذِينَ ءَاتَيْنَـٰهُمُ ٱلْكِتَـٰبَ يَتْلُونَهُۥ حَقَّ تِلَاوَتِهِۦٓ أُو۟لَـٰٓئِكَ يُؤْمِنُونَ بِهِۦ ۗ وَمَن يَكْفُرْ بِهِۦ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْخَـٰسِرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz kitob berganlardan uni o`rniga qo`yib tilovat qiladiganlari, ana o`shalari unga iymon keltiradir. Kim unga kufr keltirsa, ana o`shalar o`zlari yutqazganlardir.Биз китоб берганлардан уни ўрнига қўйиб тиловат қиладиганлари, ана ўшалари унга иймон келтирадир. Ким унга куфр келтирса, ана ўшалар ўзлари ютқазганлардир.Alauddin Mansour: Biz kitob (yaʼni Tavrot, Injil) ato etgan zotlar orasida uni toʻgʻri tilovat qiladigan kishilar ham bordirki, ana oʻshalar (Qurʼonga) iymon keltirurlar. Va kimda-kim unga (Qurʼonga) kofir boʻlsa, oʻshalar ziyon koʻrguvchilardir.Биз китоб (яъни Таврот, Инжил) ато этган зотлар орасида уни тўғри тиловат қиладиган кишилар ҳам бордирки, ана ўшалар (Қуръонга) иймон келтирурлар. Ва кимда-ким унга (Қуръонга) кофир бўлса, ўшалар зиён кўргувчилардир.
Agar yahudiylar haqiqiy Tavrotni insof bilan, oʻrniga qoʻyib oʻqisalar, Muhammad alayhissalomga iymon keltirish zarurligini tushunib yetadilar. Nasroniylar ham Injilni buzmasdan, insof bilan, oʻrniga qoʻyib oʻqisalar, Muhammad alayhissalomga iymon keltirish zarurligini anglab yetadilar. Kimki Qurʼoni Karimni insof bilan, oʻrniga qoʻyib oʻqisa, unga iymon keltirish zarurligini tushunib yetadi. Bu ulkan haqiqatni ushbu oyati karimaning birinchi jumlasidan tushunib olamiz.
«Biz kitob berganlardan uni oʻrniga qoʻyib tilovat qiladiganlari, ana oʻshalari unga iymon keltiradir.»
Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhu «oʻrniga qoʻyib tilovat qilish»ni: «Halol deganini halol bilib, harom deganini harom bilish; Alloh qanday tushirgan boʻlsa, shunday holda oʻqish, maʼnolarini buzmaslik, oʻzicha notoʻgʻri taʼviyl qilmaslik», deb taʼviyl qilganlar.
Shu va shunga oʻxshash shartlarga amal qilib, insof bilan tilovat etganlar iymonga kelib, ikki dunyo saodatiga ega boʻladilar. Kimki kofir boʻlsa, ikki dunyoda yutqazadi.
«Kim unga kufr keltirsa, ana oʻshalar oʻzlari yutqazganlardir.»
Alloh taoloning kitobiga kufr keltirganlar yutqazmasalar, kim yutqazar edi.
Endigi oyatlarda suraning boshida Bani Isroilga kelgan nido oxirgi marta yana bir bor ularning eslariga solinadi: