QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят122

يَـٰبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ ٱذْكُرُوا۟ نِعْمَتِىَ ٱلَّتِىٓ أَنْعَمْتُ عَلَيْكُمْ وَأَنِّى فَضَّلْتُكُمْ عَلَى ٱلْعَـٰلَمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, Bani Isroil, sizga bergan ne'matlarimni va Men sizlarni olamlardan afzal qilib qo`yganimni eslang!Эй, Бани Исроил, сизга берган неъматларимни ва Мен сизларни оламлардан афзал қилиб қўйганимни эсланг!Alauddin Mansour: Ey Bani Isroil, sizlarga inʼom qilgan neʼmatimni va sizlarni butun olamga afzal qilgan paytimni eslang.Эй Бани Исроил, сизларга инъом қилган неъматимни ва сизларни бутун оламга афзал қилган пайтимни эсланг.

19-sahifa · 1-juz · 2-hizb19-саҳифа · 1-жуз · 2-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰبَنِىٓey, baniэй, баниإِسْرَٰٓءِيلَIsroilИсроилٱذْكُرُوا۟eslangэслангنِعْمَتِىَneʼmatlarimniнеъматларимниٱلَّتِىٓoʻshaўшаأَنْعَمْتُMen berganМен берганعَلَيْكُمْsizgaсизгаوَأَنِّىva Menва Менفَضَّلْتُكُمْsizlarni afzal qilganimniсизларни афзал қилганимниعَلَىustidanустиданٱلْعَـٰلَمِينَolamlarоламлар
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada Alloh taolo Bani Isroilga avvalgi oyatlarda qilgan eslatmalarini umumlashtirmoqda. Yuqorida oʻtgan oyatlarda, uni eslang, buni eslang, deb, har oyatda bittadan neʼmat zikr qilingan edi. Endi esa:

«Ey Bani Isroil, sizga bergan neʼmatlarimni... eslang!» deb hamma neʼmatlarni birdan eslatilmoqda. Shu bilan birga, Bani Isroilga yana alohida eʼtibor boʻlganligini ham eslatib:

«Men sizlarni olamlardan afzal qilib qoʻyganimni eslang!» deb aytilmoqda.

Ushbu jumlada zikr qilingan, «Bani Isroilni olamlardan afzal qilib qoʻyishlik»–oʻsha davrga xosdir. Yahudiylarning oʻzlari daʼvo qilganlaridek, bu dunyoyu u dunyoning abadiy afzalligi emas. Darhaqiqat, Alloh taolo maʼlum muddat ularni olamlardan afzal qilib qoʻydi. Lekin yahudiylar oʻz nobakorliklari ila siylashning tengi emasliklarini koʻrsatdilar va Alloh taoloning laʼnatiga uchradilar.

Shundoq boʻlsa ham, Alloh taoloning dargohi kengligidan, yana bir bor ularni qiyomat kunidan qoʻrqishga, oʻzlarini oʻnglab olishga undamoqda.