QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят123

وَٱتَّقُوا۟ يَوْمًا لَّا تَجْزِى نَفْسٌ عَن نَّفْسٍ شَيْـًٔا وَلَا يُقْبَلُ مِنْهَا عَدْلٌ وَلَا تَنفَعُهَا شَفَـٰعَةٌ وَلَا هُمْ يُنصَرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bir jon boshqa jondan hech narsani ado qila olmaydigan, undan shafoat qabul qilinmaydigan, undan to`lov olinmaydigan va ularga yordam berilmaydigan Kundan qo`rqing!Бир жон бошқа жондан ҳеч нарсани адо қила олмайдиган, ундан шафоат қабул қилинмайдиган, ундан тўлов олинмайдиган ва уларга ёрдам берилмайдиган Кундан қўрқинг!Alauddin Mansour: Va birov birov tomonidan hech narsa oʻtay olmaydigan va hech kimdan evaz qabul qilinmaydigan, oqlov foyda bermaydigan va hech kimga yordam ham berilmaydigan kundan qoʻrqing!Ва биров биров томонидан ҳеч нарса ўтай олмайдиган ва ҳеч кимдан эваз қабул қилинмайдиган, оқлов фойда бермайдиган ва ҳеч кимга ёрдам ҳам берилмайдиган кундан қўрқинг!

19-sahifa · 1-juz · 2-hizb19-саҳифа · 1-жуз · 2-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱتَّقُوا۟va qoʻrqingва қўрқингيَوْمًۭاKundanКунданلَّاemasэмасتَجْزِىado qiladiадо қиладиنَفْسٌbir jonбир жонعَن-dan-данنَّفْسٍۢboshqa jonбошқа жонشَيْـًۭٔاhech narsaniҳеч нарсаниوَلَاva emasва эмасيُقْبَلُqabul qilinadiқабул қилинадиمِنْهَاundanунданعَدْلٌۭtoʻlovтўловوَلَاva emasва эмасتَنفَعُهَاunga naf beradiунга наф берадиشَفَـٰعَةٌۭshafoatшафоатوَلَاva emasва эмасهُمْularуларيُنصَرُونَyordam beriladiёрдам берилади
TafsirТафсир

Suraning avvalidan ushbu joyigacha ahli kitoblar va mushriklar bilan tortishuvlar haqidagi oyatlar keldi. Har toifa oʻzining haqligini isbot qilishga urinib koʻrdi. Deyarli hammalari oʻzlarini toʻgʻri fahmlab, boshqalarini kamsitishga urindi. Hammasi oʻzining nasl-nasabi zoʻr ekanligi bilan faxrlandi. Ularning faxrlanishlariga tarixan qaraydigan boʻlsak, hammalari Allohning buyuk Paygʻambari Ibrohim alayhissalom nasli ekanligidan, hammalari u zotning diniga mansubligidan gʻururlanishlari koʻrinadi. Yahudiylar Ibrohim alayhissalomning kichik oʻgʻillari Ishoq alayhissalomga avlod boʻladilar. Avvalgi barcha Paygʻambarlar u kishining naslidan. Bani Isroil shundan faxrlanib yuradi. Arab mushriklari esa, Ibrohim alayhissalomning katta oʻgʻillari Ismoil alayhissalomdan tarqalganlar. Ular Ibrohim alayhissalom Ismoil alayhissalom bilan birga qurgan Baytullohga ega ekanliklari bilan faxrlanadilar. U zotga mansubliklarini oʻzlariga katta obroʻ deb biladilar. Demak, ikki taraf ham Ibrohim alayhissalomni oʻzining katta bobosi hisoblaydi. Oʻzlarini u kishining davomchilari deb sanaydilar. Xoʻsh, ushbu daʼvolari toʻgʻrimi?! Ana oʻsha savolga javob keyingi oyatlarda keladi.

Avvalgi oyatlarda Alloh taolo tomonidan ilohiy koʻrsatmani qabul qilib olib, ularni hayotga tatbiq etish orqali ikki dunyo baxt-saodatiga ega boʻlishlari koʻzda tutilgan musulmonlarga xuddi shunga oʻxshash koʻrsatmalarni qabul qilib olib, ularga amal etmay, Allohning laʼnatiga uchragan yahudiylarning qissasi oʻrnak uchun keltirilgan edi. Endigi oyatlarda Allohdan kelgan hidoyatni yolgʻiz bir kishi boʻlsa ham qanday mahkam tutishi lozimligi Ibrohim alayhissalom misollarida koʻrsatiladi.