وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ ءَامِنُوا۟ كَمَآ ءَامَنَ ٱلنَّاسُ قَالُوٓا۟ أَنُؤْمِنُ كَمَآ ءَامَنَ ٱلسُّفَهَآءُ ۗ أَلَآ إِنَّهُمْ هُمُ ٱلسُّفَهَآءُ وَلَـٰكِن لَّا يَعْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va agar ularga, odamlar iymon keltirganidek iymon keltiringlar, deyilsa, «Esi pastlar iymon keltirganidek iymon keltiramizmi?» derlar. Ogoh bo`ling, ular, faqat ular esi pastlardir va lekin o`zlari bilmaslar.Ва агар уларга, одамлар иймон келтирганидек иймон келтиринглар, дейилса, «Эси пастлар иймон келтирганидек иймон келтирамизми?» дерлар. Огоҳ бўлинг, улар, фақат улар эси пастлардир ва лекин ўзлари билмаслар.Alauddin Mansour: Ularga: «Mana bu kishilardek iymon keltiringlar», deyilsa, «Shu pastkashlarga oʻxshab moʻmin boʻlamizmi?», deydilar. Ogoh boʻlingizkim, ularning oʻzlari tuban kimsalardir, lekin buni bilmaydilar.Уларга: «Мана бу кишилардек иймон келтиринглар», дейилса, «Шу пасткашларга ўхшаб мўмин бўламизми?», дейдилар. Огоҳ бўлингизким, уларнинг ўзлари тубан кимсалардир, лекин буни билмайдилар.
Oyati karimaning maʼnosidan koʻrinib turibdiki, munofiqlar mutakabbir, odamlardan ustunlikni yaxshi koʻradigan, yolgʻon obroʻ qozonishga urinadigan boʻladilar. Shuning uchun ham, ular oʻzlarini baland tutib, iymon keltirganlarni «esi pastlar» deyishadi.
Aslida, insoniyatning guli iymon keltiradi. Moʻminlar odamlarning eng yaxshisi hisoblanadilar. Iymonsiz inson esa, hayvondan battardir. Munofiqlarning qalblari marazga, kibr-havoga toʻla boʻlganligi uchun oʻzlarini baland oladilar va mazkur gaplarni aytadilar. Keyingi paytlarda munofiqlik sifatidagi kishilar juda koʻpaydi. Ular dindorlikni aqli pastlikdan deb biladilar. Ulamolarga, iymon yoʻlida hayotlarini bagʻishlagan kishilarga turli ayblar taqaydilar, haqoratlaydilar. Lekin Alloh taolo barcha narsani koʻrib, bilib turuvchi Zot, kimning kim ekanini Oʻzi yaxshi biladi, odil va haqiqiy bahoni ham Oʻzi beradi:
«Ogoh boʻling, ular, faqat ular esi pastlardir va lekin oʻzlari bilmaslar!»
Iymon–esi borlargina musharraf boʻladigan oliy neʼmatdir. Moʻminlarni esi past degan munofiqlarni, shuning uchun, Alloh bilimsizlikda ayblaydi. Yaʼni, ularning bilimi, aqli yoʻq.
Uchinchi hol: