وَإِذَا لَقُوا۟ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ قَالُوٓا۟ ءَامَنَّا وَإِذَا خَلَوْا۟ إِلَىٰ شَيَـٰطِينِهِمْ قَالُوٓا۟ إِنَّا مَعَكُمْ إِنَّمَا نَحْنُ مُسْتَهْزِءُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular iymon keltirganlarni uchratsalar, iymon keltirdik, derlar, shaytonlari bilan xoli qolganda esa, biz sizlar bilanmiz, faqat istehzo qilyapmiz, xolos, derlar.Улар иймон келтирганларни учратсалар, иймон келтирдик, дерлар, шайтонлари билан холи қолганда эса, биз сизлар биланмиз, фақат истеҳзо қиляпмиз, холос, дерлар.Alauddin Mansour: Iymon keltirgan zotlarga yoʻliqqanlarida: «Biz ham iymon keltirdik», deydilar. Oʻzlarining shaytonlari (boshliqlari) bilan xoli qolganda esa: «Biz albatta sizlar bilan birgamiz, faqat (ularning ustidan) kulmoqdamiz, xolos», deyishadi.Иймон келтирган зотларга йўлиққанларида: «Биз ҳам иймон келтирдик», дейдилар. Ўзларининг шайтонлари (бошлиқлари) билан холи қолганда эса: «Биз албатта сизлар билан биргамиз, фақат (уларнинг устидан) кулмоқдамиз, холос», дейишади.
Ushbu oyatdan bilinadiki, munofiqlar ikkiyuzlamachi, qoʻrqoq ham boʻlishadi. Moʻminlar davrasiga kirib qolsalar, biz ham moʻmin-musulmonmiz, otam falonchi edi, bobom pismadonchi edi, men din uchun u qildim, bu qildim, kelajakda yana koʻp ishlar qilmoqchiman, deb koʻkrakka uradi. Bor imkoniyatlarini ishga solib, moʻminlar ishonchini qozonishga urinadi. Ammo, dilidagi haqiqatni aytishga qoʻrqoqlik qiladi. Oʻz toifasiga, shaytonlariga yoʻliqqanda esa, aslini oshkor etadi: ularning taʼna-dashnomlarini kutmasdanoq, aslida biz sizlar bilan birgamiz, moʻminlar bilan uchrashganimizning boisi esa, ularni bir masxara qildik-da, deyishadi. Hozirda bu toifadagi insonlarning juda koʻpaygan vaqti. Ayniqsa, koʻp amaldorlar, dunyoning ketidan quvganlar xuddi shu toifaga aylanishgan.
Munofiqlar: «Moʻminlar ustidan kulyapmiz», deyishadi-yu, lekin oʻzlarining hollaridan xabarlari yoʻq. Chunki, kim kimning ustidan kulishini Allohning Oʻzi yaxshi biladi.