QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят15

ٱللَّهُ يَسْتَهْزِئُ بِهِمْ وَيَمُدُّهُمْ فِى طُغْيَـٰنِهِمْ يَعْمَهُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh ularni istehzo qiladir va tug`yonlarida dovdirashlariga qo`yib beradir.Аллоҳ уларни истеҳзо қиладир ва туғёнларида довдирашларига қўйиб берадир.Alauddin Mansour: Alloh ularning ustidan kuladi va oʻz tugʻyonlarida adashib-uloqib yurishlarini davomli qiladi.Аллоҳ уларнинг устидан кулади ва ўз туғёнларида адашиб-улоқиб юришларини давомли қилади.

3-sahifa · 1-juz · 1-hizb3-саҳифа · 1-жуз · 1-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱللَّهُAllohАллоҳيَسْتَهْزِئُistehzo qiladiистеҳзо қиладиبِهِمْularniуларниوَيَمُدُّهُمْva qoʻyib beradiва қўйиб берадиفِى-da-даطُغْيَـٰنِهِمْtugʻyonlariтуғёнлариيَعْمَهُونَdovdirashlarigaдовдирашларига
TafsirТафсир

Aslida, istehzo, makr-hiyla kabi ishlarni Allohga nisbat berib boʻlmaydi. Bular bandalarning sifatlari, ularning ishlari. Binobarin oyatdagi «istehzo qiladir» iborasini, istehzolarining jazosini beradi, deb tushunish lozim.

Ular shuncha gunohlarni qilsalar ham, Alloh taolo ularni tek qoʻyib qoʻyadi, balki har bir gunohidan keyin ularga beradigan neʼmatini ziyoda qilib qoʻyadi. Ular esa, tugʻyonlarida davom etadilar. Natijada, alamli azobga duchor boʻlishlari uchun dalil va hujjat koʻpayadi. Oxiri borib, ikki dunyo badbaxtligiga uchraydilar.

Endigi oyati karimada ularga oxirgi baho beriladi: