QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят16

أُو۟لَـٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ ٱشْتَرَوُا۟ ٱلضَّلَـٰلَةَ بِٱلْهُدَىٰ فَمَا رَبِحَت تِّجَـٰرَتُهُمْ وَمَا كَانُوا۟ مُهْتَدِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana o`shalar zalolatni hidoyatga sotib olganlardir. Va tijoratlari foyda keltirmadi hamda ular hidoyat topganlardan bo`lmadilar.Ана ўшалар залолатни ҳидоятга сотиб олганлардир. Ва тижоратлари фойда келтирмади ҳамда улар ҳидоят топганлардан бўлмадилар.Alauddin Mansour: Ular haq yoʻlning oʻrniga zalolatni sotib olgan kimsalar boʻlib, bu savdolarida foyda qilmadilar va Toʻgʻri Yoʻlga yuruvchilardan boʻlmadilar.Улар ҳақ йўлнинг ўрнига залолатни сотиб олган кимсалар бўлиб, бу савдоларида фойда қилмадилар ва Тўғри Йўлга юрувчилардан бўлмадилар.

3-sahifa · 1-juz · 1-hizb3-саҳифа · 1-жуз · 1-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларٱلَّذِينَularуларٱشْتَرَوُا۟sotib olganlardirсотиб олганлардирٱلضَّلَـٰلَةَzalolatniзалолатниبِٱلْهُدَىٰhidoyatgaҳидоятгаفَمَاbas emasбас эмасرَبِحَتfoyda keltirdiфойда келтирдиتِّجَـٰرَتُهُمْtijoratlariтижоратлариوَمَاva emasва эмасكَانُوا۟boʻldilarбўлдиларمُهْتَدِينَhidoyat topganlardanҳидоят топганлардан
TafsirТафсир

Ushbu oyatda Alloh taolo munofiqlar hidoyatni qoʻyib, zalolat– adashish yoʻlini ixtiyor qilganliklarini ilohiy taʼbirlar bilan bayon qilmoqda. Agar ular xohlasalar, hidoyat qoʻllariga tekkan edi, undan foydalanib yursalar boʻlar edi. Paygʻambar alayhissalom boshqalar qatori ularni ham daʼvat qilgan edilar. Ammo ular hidoyatni boy berib, zalolatni tanladilar. Yaʼni, hidoyatga zalolatni sotib oldilar. Ammo ularning bu tijorat-savdolari foyda keltirmadi. Shu bilan birga, ular hidoyatda–toʻgʻri yoʻlda yuruvchilardan boʻlmadilar.

Munofiqlar haqida yana koʻplab oyatlar keladi. Ularni, inshoalloh, oʻz oʻrnida oʻrganamiz. Hozir Paygʻambar alayhissalom ularni qanday vasflaganlari xususida bir-ikki misol keltiraylik.

Imom Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz alayhissalom:

«Munofiqning belgisi uchdir: gapirsa yolgʻon gapiradi, vaʼda bersa, soʻzida turmaydi va omonatga xiyonat qiladi», deganlar.

Imom Buxoriy Ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda:

«Toʻrt narsa bor, kimda ular boʻlsa, toʻliq munofiq boʻladi. Kimda ulardan bir xislat boʻlsa, uni tashlaguncha, nifoqning xislatlaridan biri u kishida turadi. U omonatga xiyonat qiladi, yolgʻon gapiradi, ahd qilsa, aldaydi va tortishsa, fojirlik qiladi», deyilgan.

Qatoda roziyallohu anhu munofiqning vasfida:

«U axloqi buzuq, tilidagini dili inkor etadi, amali xilof qiladi, ertalab bir holatda, kechqurun boshqasida, kechqurun bir holatda, ertalab boshqasida boʻladi, shamolda tebrangan kema singari tebranib turadi», deganlar.

Imom Molik: «Paygʻambar alayhissalom davridagi munofiq– hozirgi kunda zindiqdir», deganlar.

Yana oyatlar tafsiriga qaytamiz. Alloh taolo munofiqlarning haqiqatini bayon qilib boʻlgach, ularning gaplari va oʻzlarini tutishlaridan namuna keltirgach, ularni yanada yaxshiroq fosh qilish uchun ikkita oʻxshatish keltiradi.

Birinchi oʻxshatish: