QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят17

مَثَلُهُمْ كَمَثَلِ ٱلَّذِى ٱسْتَوْقَدَ نَارًا فَلَمَّآ أَضَآءَتْ مَا حَوْلَهُۥ ذَهَبَ ٱللَّهُ بِنُورِهِمْ وَتَرَكَهُمْ فِى ظُلُمَـٰتٍ لَّا يُبْصِرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular, misoli, yoqqan o`ti endi atrofini yoritganida, Alloh nurlarini ketkazib, qorong`u zulmatlarda qoldirgan kishilarga o`xsharlar. Ular ko`rmaslar.Улар, мисоли, ёққан ўти энди атрофини ёритганида, Аллоҳ нурларини кетказиб, қоронғу зулматларда қолдирган кишиларга ўхшарлар. Улар кўрмаслар.Alauddin Mansour: Ular misoli bir oʻt (mashʼala) yoquvchiga oʻxshaydilar. Endi olov atrofini yoritganida Alloh yorugʻlikni ketkazib, ularni hech narsani koʻrolmaydigan holda zulmatlarda qoldiradi.Улар мисоли бир ўт (машъала) ёқувчига ўхшайдилар. Энди олов атрофини ёритганида Аллоҳ ёруғликни кетказиб, уларни ҳеч нарсани кўролмайдиган ҳолда зулматларда қолдиради.

4-sahifa · 1-juz · 1-hizb4-саҳифа · 1-жуз · 1-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مَثَلُهُمْularning misoliуларнинг мисолиكَمَثَلِmisoliga oʻxshaydiмисолига ўхшайдиٱلَّذِىkishiningкишинингٱسْتَوْقَدَyoqqanёққанنَارًۭاoʻtniўтниفَلَمَّآendi qachonkiэнди қачонкиأَضَآءَتْyoritganidaёритганидаمَاnarsaniнарсаниحَوْلَهُۥatrofidagiатрофидагиذَهَبَketkazdiкетказдиٱللَّهُAllohАллоҳبِنُورِهِمْnurlariniнурлариниوَتَرَكَهُمْva qoldirdi ularniва қолдирди уларниفِى-da-даظُلُمَـٰتٍۢzulmatlarзулматларلَّاemasэмасيُبْصِرُونَkoʻradilarкўрадилар
TafsirТафсир

Ushbu oyati karima zarbulmasal usulida munofiqlarning vasflarini yanada aniqlashtirmoqda. Misol shulki, bir odam olov yoqdi. Yoqqan olovi endi atrofini yoritgan paytda, Alloh taolo u olovning nurini ketkazib, oʻt yoqqan kishi yana qorongʻu zulmatlar ichida qoldi. Haqiqatan ham, munofiqlar kofirlarning ziddi oʻlaroq, avval boshdan Islom daʼvatini eshitdilar. Islom-iymon kalimalarini nutq qildilar, hatto yaxshigina quloq osdilar, iymon keltirdik, dedilar, ibodat ham qildilar. Keyin esa, hammasini tashlab, inkor qilib, kufr, nifoq, shak-shubha zulmatlarida qolib ketdilar. Hozirgi paytda ham xuddi shu holga tushganlar va tushayotganlar oz emas.