وَقَالُوا۟ كُونُوا۟ هُودًا أَوْ نَصَـٰرَىٰ تَهْتَدُوا۟ ۗ قُلْ بَلْ مِلَّةَ إِبْرَٰهِـۧمَ حَنِيفًا ۖ وَمَا كَانَ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Yahudiy yoki nasroniy bo`ling, hidoyat topasiz», derlar. «Balki, Ibrohimning hanif millatiga (diniga) ergashamiz va u mushriklardan bo`lmagan», deb ayt.Улар: «Яҳудий ёки насроний бўлинг, ҳидоят топасиз», дерлар. «Балки, Иброҳимнинг ҳаниф миллатига (динига) эргашамиз ва у мушриклардан бўлмаган», деб айт.Alauddin Mansour: Yahudiy yoki nasroniy boʻling, hidoyat topasiz, dedilar. (Yaʼni, yahudiylar yahudiy boʻling, dedi, nasroniylar nasroniy boʻling, dedi). (Ayting: Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), balki biz haq yoʻldan toyilmagan, mushriklardan boʻlmagan Ibrohim millatiga — diniga ergashamiz.Яҳудий ёки насроний бўлинг, ҳидоят топасиз, дедилар. (Яъни, яҳудийлар яҳудий бўлинг, деди, насронийлар насроний бўлинг, деди). (Айтинг: Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), балки биз ҳақ йўлдан тойилмаган, мушриклардан бўлмаган Иброҳим миллатига — динига эргашамиз.
Yahudiy va nasroniylarning gapi bitta: unisi: yahudiy boʻling, hidoyat topasiz, desa, bunisi: nasroniy boʻling, hidoyat topasiz, deydi. Bunga javoban esa, Alloh Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomga:
«Balki, Ibrohimning hanif millatiga (diniga) ergashamiz va u mushriklardan boʻlmagan», deb ayt», demoqda.
Yaʼni, yaxshisi hammamiz–sizlar ham, biz ham Ibrohim alayhissalomning hanif millatiga ergashaylik, deyishni buyurmoqda. «Hanif» degani, barcha botil dinlarni tashlab haq din tomon burilishni anglatadi. Ibrohim alayhissalomning dinlari ana shunday din boʻlgan. Yahudiylar ham, nasroniylar ham oʻzlarini u zotning zurriyotlaridan, u kishiga ergashganlardan ekanliklarini hammaga pesh qilishmoqda. Demak, daʼvolari haq boʻlsa, oʻsha bobolari Ibrohim alayhissalomning diniga–hanif din boʻlmish Islomga ergashsinlar. Chunki, «U (yaʼni, Ibrohim alayhissalom) mushriklardan boʻlmagan». Yahudiylar esa, Uzayr Allohning oʻgʻli, deb shirk keltirishmoqda. Nasorolar esa, Iyso Allohning oʻgʻli, deb shirk keltirmoqdalar.
Quyidagi oyatda Alloh taolo Islom ummatiga xitob qilib ushbularni taʼkidlaydi: Allohdan kelgan hamma dinlar birdir, Ibrohim alayhissalomdan boshlab Iyso alayhissalomgacha hammalariga ishonish lozim va hamma musulmon boʻlishi shart: