QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят136

قُولُوٓا۟ ءَامَنَّا بِٱللَّهِ وَمَآ أُنزِلَ إِلَيْنَا وَمَآ أُنزِلَ إِلَىٰٓ إِبْرَٰهِـۧمَ وَإِسْمَـٰعِيلَ وَإِسْحَـٰقَ وَيَعْقُوبَ وَٱلْأَسْبَاطِ وَمَآ أُوتِىَ مُوسَىٰ وَعِيسَىٰ وَمَآ أُوتِىَ ٱلنَّبِيُّونَ مِن رَّبِّهِمْ لَا نُفَرِّقُ بَيْنَ أَحَدٍ مِّنْهُمْ وَنَحْنُ لَهُۥ مُسْلِمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Aytinglar: «Allohga va bizga tushirilgan narsaga, Ibrohim, Ismoil, Is'hoq, Ya'qub, asbotlarga tushirilgan narsaga, Muso va Iysoga berilgan narsaga va Payg`ambarlarga Robbilaridan berilgan narsaga iymon keltirdik. Ularning orasidan birortasini farqlamasmiz va biz Unga musulmonlarmiz».Айтинглар: «Аллоҳга ва бизга туширилган нарсага, Иброҳим, Исмоил, Исҳоқ, Яъқуб, асботларга туширилган нарсага, Мусо ва Ийсога берилган нарсага ва Пайғамбарларга Роббиларидан берилган нарсага иймон келтирдик. Уларнинг орасидан бирортасини фарқламасмиз ва биз Унга мусулмонлармиз».Alauddin Mansour: Aytingiz (ey moʻminlar), Allohga va bizga nozil qilingan kitobga va Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaʼqubga va oʻsha urugʻ-avlodga nozil qilingan narsalarga, Muso va Iysoga berilgan narsalarga va barcha paygʻambarlarga Parvardigorlari tarafidan berilgan narsalarga ishondik. Biz ulardan birortasini ajratib qoʻymaymiz va biz U zotga (Alloh taologa) boʻyinsunuvchilarmiz.Айтингиз (эй мўминлар), Аллоҳга ва бизга нозил қилинган китобга ва Иброҳим, Исмоил, Исҳоқ, Яъқубга ва ўша уруғ-авлодга нозил қилинган нарсаларга, Мусо ва Ийсога берилган нарсаларга ва барча пайғамбарларга Парвардигорлари тарафидан берилган нарсаларга ишондик. Биз улардан бирортасини ажратиб қўймаймиз ва биз У зотга (Аллоҳ таолога) бўйинсунувчилармиз.

21-sahifa · 1-juz · 2-hizb21-саҳифа · 1-жуз · 2-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُولُوٓا۟aytinglarайтингларءَامَنَّاiymon keltirdikиймон келтирдикبِٱللَّهِAllohgaАллоҳгаوَمَآva narsagaва нарсагаأُنزِلَtushirilganтуширилганإِلَيْنَاbizgaбизгаوَمَآva narsagaва нарсагаأُنزِلَtushirilganтуширилганإِلَىٰٓ-ga-гаإِبْرَٰهِـۧمَIbrohimИброҳимوَإِسْمَـٰعِيلَva Ismoilва Исмоилوَإِسْحَـٰقَva Ishoqва Исҳоқوَيَعْقُوبَva Yaʼqubва Яъқубوَٱلْأَسْبَاطِva asbotlargaва асботларгаوَمَآva narsagaва нарсагаأُوتِىَberilganберилганمُوسَىٰMusogaМусогаوَعِيسَىٰva Iysogaва Ийсогаوَمَآva narsagaва нарсагаأُوتِىَberilganберилганٱلنَّبِيُّونَPaygʻambarlargaПайғамбарларгаمِن-dan-данرَّبِّهِمْRobbilaridanРоббилариданلَاemasэмасنُفَرِّقُfarqlaymizфарқлаймизبَيْنَorasiniорасиниأَحَدٍۢbirortasiбирортасиمِّنْهُمْulardanуларданوَنَحْنُva bizва бизلَهُۥUngaУнгаمُسْلِمُونَmusulmonlarmizмусулмонлармиз
TafsirТафсир

Alloh taolo musulmonlarga, Allohga va Qurʼonga iymon keltiramiz, deb aytinglar, demoqda. Ayni chogʻda, Alloh taolo tomonidan boshqa Paygʻambarlarga tushirilgan narsalarga ham iymon keltiramiz, denglar. Jumladan, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaʼqub alayhissalomlarga tushirilgan narsalarga iymon keltiramiz. Bu roʻyxatda asbotlar ham sanalgan. «Asbot» soʻzi «sibt»ning koʻpligi, «sibt» esa, nabira maʼnosini bildiradi.

Qurʼoni Karimda zikri kelgan «asbotlar»dan murod–Yaʼqub alayhissalomning oʻn ikki nafar oʻgʻlidan tarqalgan zurriyotlari. Demak, musulmonlar ularning Paygʻambarliklariga ham iymon keltirishlari lozim.

Ulul-azm Paygʻambarlardan boʻlgan Muso alayhissalomga tushgan Tavrotga, Iyso alayhissalomga tushgan Injilga iymon keltirish lozim. Shuningdek, nomlari zikr qilinmagan boshqa Paygʻambarlarga tushirilgan narsalarga iymon keltirish lozim. Musulmonlar eʼlon qilishi lozim boʻlgan yana bir gap:

«Ularning orasidan birortasini farqlamasmiz», deyishdir. Yaʼni, hammalariga barobar iymon keltiramiz, birortalarini ajratmaymiz.

Paygʻambarlarni birday koʻrish, ularga birdek iymon keltirish va ularni teng eʼzozlab, hurmat qilish musulmon ummatining asosiy qoidasidir. Shunga koʻra, bu ummat barcha ilohiy shariatlarning merosxoʻri boʻldi. Chunki mazkur Paygʻambarlarning barchasiga tushgan din Islom boʻlgan. Shuning uchun ham, bu ummat hammaning oldida baralla qilib: «Biz Unga (yaʼni, yagona Allohga) musulmonlarmiz», deb eʼlon qila oladi.

Musulmon ummatining yoʻli haq, boshqalar ham ularga oʻxshasinlar. Bu ulkan haqiqatni keyingi oyat taʼkidlaydi: