فَإِنْ ءَامَنُوا۟ بِمِثْلِ مَآ ءَامَنتُم بِهِۦ فَقَدِ ٱهْتَدَوا۟ ۖ وَّإِن تَوَلَّوْا۟ فَإِنَّمَا هُمْ فِى شِقَاقٍ ۖ فَسَيَكْفِيكَهُمُ ٱللَّهُ ۚ وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar siz iymon keltirganga o`xshash iymon keltirsalar, batahqiq, hidoyat toparlar. Va agar yuz o`girsalar, bas, albatta, ular xilofdan boshqa narsada bo`lmaslar. Alloh senga ular (yomonligi)dan kifoya qilur. Va U eshituvchi, biluvchi Zotdir.Агар сиз иймон келтирганга ўхшаш иймон келтирсалар, батаҳқиқ, ҳидоят топарлар. Ва агар юз ўгирсалар, бас, албатта, улар хилофдан бошқа нарсада бўлмаслар. Аллоҳ сенга улар (ёмонлиги)дан кифоя қилур. Ва У эшитувчи, билувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Endi agar ular (yaʼni, ahli kitoblar) sizlar iymon keltirgan narsalarga iymon keltirsalar, haq yoʻlni topibdilar. Agar yuz oʻgirsalar, u holda, shubhasiz, sizlarga nisbatan gina va adovatlari bordir. Ularning yomonligidan sizga (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Allohning Oʻzi yetarlidir. U eshitguvchi, bilguvchidir.Энди агар улар (яъни, аҳли китоблар) сизлар иймон келтирган нарсаларга иймон келтирсалар, ҳақ йўлни топибдилар. Агар юз ўгирсалар, у ҳолда, шубҳасиз, сизларга нисбатан гина ва адоватлари бордир. Уларнинг ёмонлигидан сизга (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Аллоҳнинг Ўзи етарлидир. У эшитгувчи, билгувчидир.
Parvardigori Olamning Oʻzi guvohlik berib, kim musulmonlar iymon keltirgan narsalarga iymon keltirsa, hidoyatda boʻlishini, kim undan yuz oʻgirsa, ixtilofda, urush-janjalda, qiyinchilikda boʻlishini taʼkidlamoqda.
«Agar siz iymon keltirganga oʻxshash iymon keltirsalar, batahqiq, hidoyat toparlar. Va agar yuz oʻgirsalar, bas, albatta, ular xilofdan boshqa narsada boʻlmaslar».
Moʻmin-musulmon kishi ularning ixtilofi, urush-janjallariga eʼtibor qilmasdan, oʻzining yoʻlida sobitqadam boʻlmogʻi kerak. Alloh taolo uni kofirlarning yomonligidan asraydi. Oʻzi kifoya qiladi.
«Alloh senga ular(yomonligi)dan kifoya qilur. Va U eshituvchi, biluvchi Zotdir».
Moʻmin-musulmon inson oʻz eʼtiqodida mustahkam turganidan, Alloh yuborgan haqqa noil boʻlganidan faxrlanmogʻi, Alloh moʻmin bandalariga muvofiq koʻrgan alomat va belgilar ila yer yuzida ajralib yurmogʻi lozim. Axloqining goʻzalligini, amallarining chiroyliligini koʻrgan kimsa hayrat ichra havas qilsin. «Kim ekan bu odam?» deb soʻraganida, «Koʻrmayapsanmi, bu odam musulmon-ku!» deyiladigan boʻlsin.