QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят138

صِبْغَةَ ٱللَّهِ ۖ وَمَنْ أَحْسَنُ مِنَ ٱللَّهِ صِبْغَةً ۖ وَنَحْنُ لَهُۥ عَـٰبِدُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohning bo`yog`ini (lozim tuting). Allohning bo`yog`idan chiroyliroq bo`yoq berguvchi kim bor?! Va biz Unga ibodat qiluvchilarmiz.Аллоҳнинг бўёғини (лозим тутинг). Аллоҳнинг бўёғидан чиройлироқ бўёқ бергувчи ким бор?! Ва биз Унга ибодат қилувчилармиз.Alauddin Mansour: Allohning rangi-la (ranginmiz). Allohdan ham goʻzalroq rang berguvchi bormi? Bizlar Ungagina ibodat qilguvchilarmiz.Аллоҳнинг ранги-ла (рангинмиз). Аллоҳдан ҳам гўзалроқ ранг бергувчи борми? Бизлар Унгагина ибодат қилгувчилармиз.

21-sahifa · 1-juz · 2-hizb21-саҳифа · 1-жуз · 2-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
صِبْغَةَboʻyogʻiniбўёғиниٱللَّهِ ۖAllohningАллоҳнингوَمَنْva kimва кимأَحْسَنُchiroyliroqчиройлироқمِنَ-dan-данٱللَّهِAllohАллоҳصِبْغَةًۭ ۖboʻyoq berguvchiбўёқ бергувчиوَنَحْنُva bizва бизلَهُۥUngaУнгаعَـٰبِدُونَibodat qiluvchilarmizибодат қилувчилармиз
TafsirТафсир

Ushbu oyatdagi «boʻyoq» kalimasi ramzan dinni anglatadi. Biror narsaga chiroy berilmoqchi boʻlsa, unga boʻyoq surkaladi. Insonni goʻzal qilib koʻrsatadigan narsa esa, dindir. Haqiqiy dindor shaxsda uning alomatlari yaqqol koʻzga tashlanib turadi. Shu maʼnoda, inson agar goʻzal boʻlish uchun turli boʻyoqlardan–din va tuzumlardan birini tanlashi lozim boʻlsa, nimani tanlashi kerak? Albatta, hech qanday gap-soʻzsiz, Allohning buyogʻini (dinini) tutishi lozim. Chunki Allohning boʻyogʻidan (dinidan) oʻzga chiroyliroq boʻyoq yoʻq!

Oyati karima oxirida Allohning soʻzlariga bevosita moʻmin- musulmon bandalarining soʻzlari ulab yuborilyapti:

«Va biz Unga ibodat qiluvchilarmiz», deyapti moʻminlar. Bu hol musulmonlar uchun ulkan sharafdir. Alloh taolo Oʻzining oʻgitiga moʻmin-musulmonlarning eʼtiroflarini birga qoʻshib bayon qilmoqda.

Kelasi oyatda avvalgi mavzu davom ettirilib, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga gʻayridinlarga aytishlari lozim boʻlgan gaplar oʻrgatiladi.