قُلْ أَتُحَآجُّونَنَا فِى ٱللَّهِ وَهُوَ رَبُّنَا وَرَبُّكُمْ وَلَنَآ أَعْمَـٰلُنَا وَلَكُمْ أَعْمَـٰلُكُمْ وَنَحْنُ لَهُۥ مُخْلِصُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ayt: «Biz bilan Alloh haqida tortishasizmi?! Va holbuki, U bizning Robbimiz va sizning Robbingiz, bizning o`z amallarimiz bor, sizning o`z amallaringiz bor. Va biz Unga muxlismiz».Айт: «Биз билан Аллоҳ ҳақида тортишасизми?! Ва ҳолбуки, У бизнинг Роббимиз ва сизнинг Роббингиз, бизнинг ўз амалларимиз бор, сизнинг ўз амалларингиз бор. Ва биз Унга мухлисмиз».Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting, bizning ham, sizning ham Parvardigoringiz boʻlgan Alloh xususida biz bilan janjallashasizmi? Holbuki, bizning qilgan amalimiz oʻzimiz uchun, sizning qilgan amalingiz oʻzingiz uchun-ku? Biz faqat Ungagina ixlos qoʻyuvchilarmiz.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг, бизнинг ҳам, сизнинг ҳам Парвардигорингиз бўлган Аллоҳ хусусида биз билан жанжаллашасизми? Ҳолбуки, бизнинг қилган амалимиз ўзимиз учун, сизнинг қилган амалингиз ўзингиз учун-ку? Биз фақат Унгагина ихлос қўювчилармиз.
Bu oyati karima yahudiy va nasroniylarga va oʻzlarini haq bilib, Islomni tan olmayotgan yana boshqalarga raddiyadir. Alloh taolo Paygʻambari Muhammad alayhissalomga ularga:
«Biz bilan Alloh haqida tortishasizmi?! deb aytishnioʻrgatyapti. Yaʼni, Alloh haqida biz bilan tortishasizlarmi? Uning zoti, hidoyati, kimni Paygʻambar qilib tanlashi xususida tortishib, hujjat surishtirasizlarmi?
«Va holbuki, U bizning Robbimiz va sizning Robbingiz, bizning oʻz amallarimiz bor, sizning oʻz amallaringiz bor.»
Yaʼni, hammamiz Unga bandamiz. U Zot bizning ham, sizning ham Robbimizdir. U butun olamlarning Robbi sifatida nimani xohlasa, shuni qiladi. Bizning amallarimiz boshqa, Robbimiz oʻshalarga qarab hukmini chiqaradi; sizning amallaringiz boshqa, Robbimiz oʻshalarga qarab hukmini chiqaradi. Har kimning qilgan ishi uning belgisi hisoblanadi. Talashib-tortishib oʻtirishning hojati yoʻq.
«Va biz Unga muxlismiz.»
Biz musulmonlar Allohga muxlismiz. Xolis Oʻziga iymon keltiramiz, xolis Oʻziga ibodat qilamiz, xolis Oʻzidan yordam kutamiz. Ushbu holatimiz ham hech qanday tortishuv, hujjat yo solishtiruvchini talab qilmaydi.
Masala oydin boʻldi. Tortishuvlarga chek qoʻyildi. Ora ochdi qilindi. Shu boisdan ham, kelasi oyat bu mavzuni butunlay tark etib, boshqa masalada soʻz ochadi: