QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят140

أَمْ تَقُولُونَ إِنَّ إِبْرَٰهِـۧمَ وَإِسْمَـٰعِيلَ وَإِسْحَـٰقَ وَيَعْقُوبَ وَٱلْأَسْبَاطَ كَانُوا۟ هُودًا أَوْ نَصَـٰرَىٰ ۗ قُلْ ءَأَنتُمْ أَعْلَمُ أَمِ ٱللَّهُ ۗ وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّن كَتَمَ شَهَـٰدَةً عِندَهُۥ مِنَ ٱللَّهِ ۗ وَمَا ٱللَّهُ بِغَـٰفِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki: «Albatta, Ibrohim, Ismoil, Is'hoq, Ya'qub va asbotlar yahudiy va nasroniy bo`lgan», deysizlarmi?! «Sizlar bilimdonroqmi yoki Allohmi?» degin. Huzuridagi Allohdan bo`lgan guvohlikni berkitgan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Va Alloh qilayotgan ishlaringizdan g`ofil emasdir.Ёки: «Албатта, Иброҳим, Исмоил, Исҳоқ, Яъқуб ва асботлар яҳудий ва насроний бўлган», дейсизларми?! «Сизлар билимдонроқми ёки Аллоҳми?» дегин. Ҳузуридаги Аллоҳдан бўлган гувоҳликни беркитган кимсадан ҳам золимроқ одам борми?! Ва Аллоҳ қилаётган ишларингиздан ғофил эмасдир.Alauddin Mansour: Yoki «Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaʼqub va oʻsha urugʻ-avlod yahudiy yo nasroniy boʻlgan», deysizmi? (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Ularning dinlarini sizlar yaxshiroq bilasizmi yoki Allohmi? Alloh tomonidan boʻlgan guvohlikni yashirgan kimsadan ham zolimroq odam bormi? Alloh qilayotgan ishlaringdan gʻofil emas».Ёки «Иброҳим, Исмоил, Исҳоқ, Яъқуб ва ўша уруғ-авлод яҳудий ё насроний бўлган», дейсизми? (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Уларнинг динларини сизлар яхшироқ биласизми ёки Аллоҳми? Аллоҳ томонидан бўлган гувоҳликни яширган кимсадан ҳам золимроқ одам борми? Аллоҳ қилаётган ишларингдан ғофил эмас».

21-sahifa · 1-juz · 2-hizb21-саҳифа · 1-жуз · 2-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَمْyokiёкиتَقُولُونَdeysizlarmiдейсизлармиإِنَّalbattaалбаттаإِبْرَٰهِـۧمَIbrohimИброҳимوَإِسْمَـٰعِيلَva Ismoilва Исмоилوَإِسْحَـٰقَva Ishoqва Исҳоқوَيَعْقُوبَva Yaʼqubва Яъқубوَٱلْأَسْبَاطَva asbotlarва асботларكَانُوا۟boʻlganбўлганهُودًاyahudiyяҳудийأَوْyokiёкиنَصَـٰرَىٰ ۗnasroniyнасронийقُلْdeginдегинءَأَنتُمْsizlarmiсизлармиأَعْلَمُbilimdonroqбилимдонроқأَمِyokiёкиٱللَّهُ ۗAllohmiАллоҳмиوَمَنْva kimва кимأَظْلَمُzolimroqзолимроқمِمَّنkimsadanкимсаданكَتَمَberkitganберкитганشَهَـٰدَةًguvohlikniгувоҳликниعِندَهُۥhuzuridagiҳузуридагиمِنَ-dan-данٱللَّهِ ۗAllohАллоҳوَمَاva emasва эмасٱللَّهُAllohАллоҳبِغَـٰفِلٍgʻofilғофилعَمَّاishlardanишларданتَعْمَلُونَqilayotganқилаётган
TafsirТафсир

Yahudiylarning, faqat yahudiy boʻlganlargina hidoyat topadi, degan daʼvolariga va nasroniylarning, faqat nasroniylargina hidoyatdadir, degan davolariga qarshi yana bitta kuchli raddiya kelyapti. Ularni ojiz qoldiradigan savol berilyapti.

«Yoki: «Albatta, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaʼqub va asbotlar yahudiy va nasroniy boʻlgan», deysizlarmi?! «Sizlar bilimdonroqmi yoki Allohmi?» degin».

Xoʻsh, yahudiy va nasroniylar bu savolga nima deb javob qiladilar? Ular Ibrohimni, Ismoilni, Ishoqni, Yaʼqubni va asbotlarni yahudiy yoki nasroniy deyin desalar, hamma, jumladan, ular oʻzlari ham yaxshi biladilarki, «yahudiy» va «nasroniy » degan ismlar mazkur Paygʻambar alayhissalomlardan necha zamonlar keyin paydo boʻlgan.

Agar ularning yahudiy ham, nasroniy ham boʻlmaganlarini tan olayin desalar, unda, faqat yahudiy va nasroniylargina hidoyatdalar, degan daʼvolarini qanday tushunish mumkin?!

Xullas, yahudiylar ham, nasroniylar ham bu savolga javob berishdan ojizdirlar. Bu savol qarshisida til tishlashdan boshqa choralari qolmaydi.

Alloh taolo xuddi shu uslubda Paygʻambar alayhissalomga oʻrgatib:

«Sizlar bilimdonroqmi yoki Allohmi?» degin», deydi.

Bu savol yahudiy va nasroniylarni battar mot qiladi, chunki ular aslo, biz Allohdan koʻra bilimdonroqmiz, deya olmaydilar. Aksini, yaʼni, Alloh bizdan bilimdonroq, desalar, unda Allohning soʻzlariga ishonishlari shart: Alloh oʻtgan barcha Paygʻambarlarni yahudiy demagan, nasroniy demagan, balki ularning musulmon boʻlganlarini qayta-qayta taʼkidlagan. Ularga tillarini tishlab jim qolishdan oʻzga chora yoʻq.

Soʻngra, ularning eng katta ayblaridan yana biri fosh etiladi:

«Huzuridagi Allohdan boʻlgan guvohlikni berkitgan kimsadan ham zolimroq odam bormi?»

Albatta, yoʻq. Hammani yaratgan, hammaning Robbi boʻlgan Allohning Oʻzi guvohlikka ravo koʻrsa-yu, u noshukr banda bu guvohlikni oʻrnida ado etmay berkitsa, albatta u eng katta zolim boʻladi-da. Oʻsha zolimlar kimlar ekan oʻzi? Yahudiy va nasroniylar. Alloh taolo ularni koʻpgina ishlarga, jumladan, Muhammad alayhissalomning oxirzamon Paygʻambari ekanliklariga guvohlik berishga masʼul etgan edi. Ammo ular Tavrot va Injilni buzib, bu guvohlikni berkitdilar. Eng zolim odamlarga aylandilar. Holbuki,

«Alloh qilayotgan ishlaringizdan gʻofil emasdir».

Ha, albatta, Alloh taolo ularning qilayotgan ishlaridan gʻofil emas. U Zot barcha narsani bilib turibdi. Vaqti kelganda hisob- kitobini qiladi.

Avvalgi Paygʻambarlar bilan hozirgi yahudiy va nasroniylar orasida yer bilan osmoncha farq borligi bayon qilib boʻlinganidan keyin, Ibrohim alayhissalom va u kishining zurriyotlari haqidagi oyatlarning soʻngida keltirilgan oyat yana bir bor takror etiladi: