تِلْكَ أُمَّةٌ قَدْ خَلَتْ ۖ لَهَا مَا كَسَبَتْ وَلَكُم مَّا كَسَبْتُمْ ۖ وَلَا تُسْـَٔلُونَ عَمَّا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular bir ummat edilar, o`tib ketdilar. Ularga o`zlari kasb qilganlari bo`lur. Sizlarga o`zingiz kasb qilganingiz bo`ladir. Ularning qilgan amallaridan sizlar so`ralmassiz.Улар бир уммат эдилар, ўтиб кетдилар. Уларга ўзлари касб қилганлари бўлур. Сизларга ўзингиз касб қилганингиз бўладир. Уларнинг қилган амалларидан сизлар сўралмассиз.Alauddin Mansour: Ular oʻtib ketgan kishilardir. Ularning qilgan amallari oʻzlari uchun, sizlarning qilgan amalingiz oʻzingiz uchundir va sizlar ular qilgan amallar uchun masʼul boʻlmaysiz.Улар ўтиб кетган кишилардир. Уларнинг қилган амаллари ўзлари учун, сизларнинг қилган амалингиз ўзингиз учундир ва сизлар улар қилган амаллар учун масъул бўлмайсиз.
Bu, zarur maʼnoni taʼkidlash borasida oʻziga xos Qurʼoniy uslubdir.
Hozirgacha kelgan oyatlarda boshqa dindagilar bilan aqiyda masalasida tortishuv, hujjat solishtiruv boʻlib keldi. Toʻgʻrirogʻi, yahudiy va nasroniylar, gohida mushriklar aqiyda bobida qoʻzigan turli fitna va mish-mishlarga javob keldi, ularning daʼvolari asossiz ekani isbotlandi. Ayni chogʻda, musulmonlar jamoasi Islom aqiydasini mustahkamlashga, unda sobitqadam boʻlishga oʻrgatildi.
Oʻsha davrda amaliy masalalarda ham tortishuvlar boʻlgan, kofirlar turli fitnalar qoʻzgʻagan edilar. Bularga endigi oyatlarda javoblar keladi. Shundoq qilib, musulmonlar jamoasining har jihatdan chiniqib, jamoa sifatida shakllanish jarayonida ularni tarbiyalab borish yoʻlga qoʻyiladi.
Avvalgi oyatlarda qaysi din haq ekani haqida tortishuv kechdi. Dini Islomning haqligi haqida hukm boʻldi. Ibrohim alayhissalomga kim yaqinroq ekani surishtirilib, bahonada Kaʼba qurilishi ham hikoya etildi.
Endi keladigan oyatlarda qaysi qibla afzalligi, qayoqqa qarab namoz oʻqish kerakligi va boshqa masalalar muolaja qilinadi. Bu muolajalar yahudiylarning qibla haqidagi qoʻzigan fitna gaplariga raddiya sifatida keladi.
Maʼlumki, Paygʻambar alayhissalom Meʼrojga chiqqanlarida, namoz farz boʻldi. Shundan buyon musulmonlar Kaʼbai Muazzamaga qarab namoz oʻqib yurganlar. Paygʻambarimiz hijrat qilib, Madiynai Munavvaraga kelganlaridan soʻng, Baytul Maqdisga qarab namoz oʻqish boshlandi. Bu holat oʻn olti yoki oʻn yetti oy davom etdi. Baytul Maqdisga qarab namoz oʻqish Allohning Qurʼonda kelmagan amri ila boʻlgan. Soʻngra, Alloh subhonahu va taolo maxsus oyat tushirib, yana Kaʼbai Muazzamani qibla etdi.
Oyati karimalarni oʻrganish davomida bu jarayon bilan yaqinroq tanishamiz.