۞ سَيَقُولُ ٱلسُّفَهَآءُ مِنَ ٱلنَّاسِ مَا وَلَّىٰهُمْ عَن قِبْلَتِهِمُ ٱلَّتِى كَانُوا۟ عَلَيْهَا ۚ قُل لِّلَّهِ ٱلْمَشْرِقُ وَٱلْمَغْرِبُ ۚ يَهْدِى مَن يَشَآءُ إِلَىٰ صِرَٰطٍ مُّسْتَقِيمٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Odamlardan esi pastlari: «Bularni qiblalaridan nima yuz o`girtirdi ekan?» derlar. Sen: «Mashriqu mag`rib Allohniki, kimni xohlasa, o`shani to`g`ri yo`lga boshlaydir», deb ayt.Одамлардан эси пастлари: «Буларни қиблаларидан нима юз ўгиртирди экан?» дерлар. Сен: «Машриқу мағриб Аллоҳники, кимни хоҳласа, ўшани тўғри йўлга бошлайдир», деб айт.Alauddin Mansour: Odamlardan aqlsizlari: «Ular (musulmonlar)ni ilgari qaragan qiblalaridan qanday narsa yuz oʻgirtirdi?», deydilar. Ayting: «Mashriq ham, Magʻrib ham Allohnikidir. U Oʻzi xohlagan kishilarni haq yoʻlga hidoyat qiladi».Одамлардан ақлсизлари: «Улар (мусулмонлар)ни илгари қараган қиблаларидан қандай нарса юз ўгиртирди?», дейдилар. Айтинг: «Машриқ ҳам, Мағриб ҳам Аллоҳникидир. У Ўзи хоҳлаган кишиларни ҳақ йўлга ҳидоят қилади».
Ushbu oyati karima kelajakda roʻy beradigan muhim bir ishning xabarini bermoqda. Vaqti yetib, Allohning amri ila qibla Baytul Maqdisdan Kaʼbai Muazzamaga oʻzgartirilganda, yaʼni, musulmonlar avvalgi qiblani qoʻyib boshqasiga yuz oʻgirganlarida:
«Odamlardan esi pastlari: «Bularni qiblalaridan nima yuz oʻgirtirdi ekan?» derlar».
Odamlardan esi pastlari–yahudiylardir. Ular musulmonlarning Baytul Maqdisga yuzlanib namoz oʻqishdan Kaʼbaga yuzlanib namoz oʻqishga oʻtganlarini koʻrganlarida, bularni qiblalaridan nima yuz oʻgirtirdi ekan, deydilar. Alloh taoloning bunday koʻngilsiz gaplar boʻlishini avvaldan bildirib qoʻyayotganining bir boisi boʻlgʻusi yomon taʼsirni kesishdir. Chunki ogohlangan odam unday savolga tayyorlanib turadi. Musulmonlarga ozor berish, dinlari, Qurʼonlari va Paygʻambarlariga nisbatan ularning ishonchlarini susaytirish, qalblariga gʻulgʻula solish yahudiylarning odatlaridir. Shu odatlariga koʻra, qibla haqida ham agar fitna qilishsa, ularga qanday javob berish lozimligini Alloh taoloning Oʻzi oʻrgatmoqda:
«Mashriqu magʻrib Allohniki, kimni xohlasa, oʻshani toʻgʻri yoʻlga boshlaydir», deb ayt».
Demak, jami olamlarning egasi Alloh qaysi tarafni xohlasa, oʻsha tarafni martabada ulugʻroq qilib qoʻyadi. Odamlardan ham, kimni xohlasa, oʻshani toʻgʻri yoʻlga boshlab, hidoyatga soladi. Allohning Oʻzi ixtiyor qilib, Kaʼbani qibla etgan ekan, demak, shunday boʻlgʻusidir.
Ushbu qiblaning ixtiyor etilishi Islom ummatining ulkan sifatiga mos edi, keyingi oyat shunga ishoratan musulmonlarga xitob boʻlib keladi. Hamda u qiblani vaqtincha burishning hikmatini bayon qiladi: