وَلَئِنْ أَتَيْتَ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَـٰبَ بِكُلِّ ءَايَةٍ مَّا تَبِعُوا۟ قِبْلَتَكَ ۚ وَمَآ أَنتَ بِتَابِعٍ قِبْلَتَهُمْ ۚ وَمَا بَعْضُهُم بِتَابِعٍ قِبْلَةَ بَعْضٍ ۚ وَلَئِنِ ٱتَّبَعْتَ أَهْوَآءَهُم مِّنۢ بَعْدِ مَا جَآءَكَ مِنَ ٱلْعِلْمِ ۙ إِنَّكَ إِذًا لَّمِنَ ٱلظَّـٰلِمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar kitob berilganlarga barcha hujjatlarni keltirsang ham, sening qiblangga ergashmaslar. Sen ham ularning qiblasiga ergashuvchi emassan. Va ular bir-birlarining qiblasiga ergashuvchi emaslar. Agar senga kelgan ilmdan keyin ham ularning havoyi nafslariga ergashsang, unda, albatta, zolimlardan bo`lursan.Агар китоб берилганларга барча ҳужжатларни келтирсанг ҳам, сенинг қиблангга эргашмаслар. Сен ҳам уларнинг қибласига эргашувчи эмассан. Ва улар бир-бирларининг қибласига эргашувчи эмаслар. Агар сенга келган илмдан кейин ҳам уларнинг ҳавойи нафсларига эргашсанг, унда, албатта, золимлардан бўлурсан.Alauddin Mansour: Qasamki, agar Siz kitob berilgan kimsalarga bor moʻʼjizalarni keltirsangiz ham ular qiblangizga boqmaydilar. Siz ham ularning qiblasiga boquvchi emassiz. Ular (yahudiy va nasroniylar)ning birovlari birovlarining qiblasiga boquvchi emas. Agar siz oʻzingizga kelgan bilim (vahiy)dan keyin ham ularning havoyi nafslariga ergashsangiz, u holda shubhasiz, zolimlardan boʻlib qolasiz.Қасамки, агар Сиз китоб берилган кимсаларга бор мўъжизаларни келтирсангиз ҳам улар қиблангизга боқмайдилар. Сиз ҳам уларнинг қибласига боқувчи эмассиз. Улар (яҳудий ва насронийлар)нинг бировлари бировларининг қибласига боқувчи эмас. Агар сиз ўзингизга келган билим (ваҳий)дан кейин ҳам уларнинг ҳавойи нафсларига эргашсангиз, у ҳолда шубҳасиз, золимлардан бўлиб қоласиз.
Ushbu oyati karimada ahli kitoblarning tabiati, feʼlidagi muhim nuqta tushuntirilyapti:
«Agar kitob berilganlarga barcha hujjatlarni keltirsang ham, sening qiblangga ergashmaslar».
Ularga hujjat-mujjat kerak emas, ularning Islomga nisbatan dushmanliklari dalil va tushunchaning yetishmasligidan emas, balki bilib, tushunib turib qilinayotgan dushmanlikdir. Ahli kitoblar qiblangga ergashmaydilar, deyilishidan ham qibla butun boshli din va millatning ramzi ekanligi koʻrinib turibdi. Shuning uchun ham:
«Sen ham ularning qiblasiga ergashuvchi emassan», deyilmoqda.
«Va ular bir-birlarining qiblasiga ergashuvchi emaslar», degan jumladagi «ular» «Ahli kitob» degan umumiy nom ostiga birlashgan yahudiy va nasroniylardir. Ular Islomga qarshi dushmanliklari tufayli birga tuyulsalar ham, oʻzaro ziddiyatlari ham nihoyatda kuchlidir. Tabiiyki, haqiqiy qiblaning egasi ularning qiblasiga hech qachon ergashmaydi.
Musulmonlar bu haqiqatni yaxshi tushunib olmoqlari lozim.
Yahudiylar hech qachon nasroniylarning qiblasiga ergashmaydi, oralarida doimiy dushmanlik hukm suradi. Shuningdek, nasroniylar ham yahudiylarga dushmandirlar. Kamiga turli yahudiy firqalari bir-birlari bilan doimiy dushmanlikdadirlar. Nasroniy firqalarining oʻzaro dushmanligi haqida soʻz ochmasa ham boʻladi. Ulardagi har bir mazhab oʻzini alohida din hisoblaydi. Shunday boʻlgandan keyin, qanday qilib ular bir-birlarining qiblalariga ergashsinlar?!
Hamma narsa ochiq va ravshan. Toʻgʻri yoʻlni ham, ilmni ham Allohning Oʻzi bergan. Shundan keyin ham boshqalarning havoi nafsiga ergashgan odam, albatta, zulm qilgan boʻladi.
«Agar senga kelgan ilmdan keyin ham ularning havoi nafslariga ergashsang, unda, albatta, zolimlardan boʻlursan», deyilishining boisi ham–shu.
Xoʻsh, nima uchun ahli kitoblar Muhammad alayhissalomga iymon keltirmayaptilar? Yoki ular u zotni tanimayotganmikanlar? Yoʻq!!! Undoq emas!