ٱلَّذِينَ ءَاتَيْنَـٰهُمُ ٱلْكِتَـٰبَ يَعْرِفُونَهُۥ كَمَا يَعْرِفُونَ أَبْنَآءَهُمْ ۖ وَإِنَّ فَرِيقًا مِّنْهُمْ لَيَكْتُمُونَ ٱلْحَقَّ وَهُمْ يَعْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kitob berilganlar uni xuddi bolalarini tanigandek tanirlar. Va, albatta, ulardan bir guruhlari bilib turib haqni berkitarlar.Китоб берилганлар уни худди болаларини танигандек танирлар. Ва, албатта, улардан бир гуруҳлари билиб туриб ҳақни беркитарлар.Alauddin Mansour: Biz Kitob ato etgan kimsalar (yahudiy va nasroniylar) uni (Muhammad paygʻambarni) oʻgʻil farzandlarini tanigan kabi taniydilar. (Yaʼni, oʻzlarining ilohiy kitoblarida u haqda oʻqiganlar.) Va shunga qaramay, ulardan bir guruhi bilgan hollarida haqiqatni berkitadilar.Биз Китоб ато этган кимсалар (яҳудий ва насронийлар) уни (Муҳаммад пайғамбарни) ўғил фарзандларини таниган каби танийдилар. (Яъни, ўзларининг илоҳий китобларида у ҳақда ўқиганлар.) Ва шунга қарамай, улардан бир гуруҳи билган ҳолларида ҳақиқатни беркитадилар.
Inson oʻz bolasini hammadan yaxshi taniydi. Chunki bola uning jigarbandi, unda oʻzining qoni, his-tuygʻulari va butun vujudi aksini topgan. Baʼzi hollarda bolaning oʻzi u yoqda tursin, hididan ham taniydi. Shunga qiyosan zarbulmasal qilib aytilyaptiki,
«Kitob berilganlar uni xuddi bolalarini tanigandek tanirlar».
Chunki ularning muqaddas kitoblari Tavrot va Injilda oxirzamon Paygʻambari haqida ochiq-oydin xabarlar kelgan. Yahudiylardan insoflilari oʻsha xabar asosida Paygʻambar alayhissalomga iymon keltirib, sahobalik baxtiga muyassar boʻlganlar.
Oʻshalardan biri Abdulloh ibn Salom roziyallohu anhu:
«Men uni oʻgʻlimdan ham yaxshi taniyman», deganlar. Hazrati Umar roziyallohu anhu:
«Nima uchun?» deb soʻraganlarida,
«Muhammadning Paygʻambar ekanligiga mening hech shubham yoʻq, ammo oʻgʻlimning onasi xiyonat qilgan boʻlishi mumkin», deganlar. Shunda hazrati Umar u kishining boshlaridan oʻpganlar.
«Va, albatta, ulardan bir guruhlari bilib turib haqni berkitarlar.»
Lekin ahli kitoblardan bir guruhlari haqni bilib turib, hasad qilishib, berkitadilar. Shu jumladan, Muhammad alayhissalomning haq Paygʻambar ekanliklari va qibla haqidagi ilmni ham. Ulardagi mavjud hasad doimo oʻzini koʻrsatib turadi.
Ahli kitob haqidagi ushbu bayondan keyin Paygʻambar alayhissalomga xitob qilinadi: