QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят148

وَلِكُلٍّ وِجْهَةٌ هُوَ مُوَلِّيهَا ۖ فَٱسْتَبِقُوا۟ ٱلْخَيْرَٰتِ ۚ أَيْنَ مَا تَكُونُوا۟ يَأْتِ بِكُمُ ٱللَّهُ جَمِيعًا ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Har kimning yuzlanadigan tarafi bor. U o`shanga boqadir. Yaxshiliklarga shoshiling. Qayerda bo`lsangiz ham, Alloh sizlarni jamlaydir. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir.Ҳар кимнинг юзланадиган тарафи бор. У ўшанга боқадир. Яхшиликларга шошилинг. Қаерда бўлсангиз ҳам, Аллоҳ сизларни жамлайдир. Албатта, Аллоҳ ҳар бир нарсага қодирдир.Alauddin Mansour: Har kimning oʻz yuzlanadigan tarafi bor. Bas, yaxshi ishlarga shoshilingiz! Qayerda boʻlmang, Alloh sizlarni barchalaringizni (hisob-kitob uchun) keltiradi. Albatta, Alloh har narsaga qodirdir.Ҳар кимнинг ўз юзланадиган тарафи бор. Бас, яхши ишларга шошилингиз! Қаерда бўлманг, Аллоҳ сизларни барчаларингизни (ҳисоб-китоб учун) келтиради. Албатта, Аллоҳ ҳар нарсага қодирдир.

23-sahifa · 2-juz · 3-hizb23-саҳифа · 2-жуз · 3-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلِكُلٍّۢva har kimningва ҳар кимнингوِجْهَةٌtarafi borтарафи борهُوَuуمُوَلِّيهَا ۖoʻshanga boqadiўшанга боқадиفَٱسْتَبِقُوا۟bas, shoshilingбас, шошилингٱلْخَيْرَٰتِ ۚyaxshiliklargaяхшиликларгаأَيْنَqayerdaқаердаمَاkiкиتَكُونُوا۟boʻlsangizбўлсангизيَأْتِkeltiradiкелтирадиبِكُمُsizlarniсизларниٱللَّهُAllohАллоҳجَمِيعًا ۚjamlabжамлабإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳعَلَىٰ-ga-гаكُلِّharҳарشَىْءٍۢnarsaнарсаقَدِيرٌۭqodirқодир
TafsirТафсир

Gap bu yerda faqat ibodat paytida qaraladigan tomon haqida emas, balki umumiy holat haqida ketmoqda. Har kimning oʻz tanlagan yoʻli boʻlib, u boshqalarni ham shu yoʻlga yuritmoqchi boʻladi. Jumladan, ahli kitoblar turli uslub va amallarni ishga solib, sizlarni oʻz yoʻllariga yuritmoqchi boʻladilar. Ularga eʼtibor bermanglar. Oʻz yoʻllaringizni mahkam tutib, yaxshiliklarni koʻproq qilishga oshiqinglar. Chunki, iymonli inson ikki dunyoda ham yaxshiliklarining hajmiga qarab mukofot oladi.

Qani, bu dunyoda har kim oʻz qiblasiga yuzlanib, har kim oʻz ibodatini qilib yuraversin-chi, oxiratda, baribir, Alloh hisob- kitob uchun barchani bir yerga jamlaydi. Bunga shak-shubha yoʻq. Chunki:

«Alloh har bir narsaga qodirdir».

Ish shunday boʻladigan boʻlsa: