إِنَّ ٱلَّذِينَ يَكْتُمُونَ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ مِنَ ٱلْكِتَـٰبِ وَيَشْتَرُونَ بِهِۦ ثَمَنًا قَلِيلًا ۙ أُو۟لَـٰٓئِكَ مَا يَأْكُلُونَ فِى بُطُونِهِمْ إِلَّا ٱلنَّارَ وَلَا يُكَلِّمُهُمُ ٱللَّهُ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ وَلَا يُزَكِّيهِمْ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Alloh kitobda tushirgan narsani berkitganlar va uni ozgina bahoga sotganlar, ana o`shalar qorinlariga olovdan boshqa narsani yemaslar, ularga Alloh qiyomat kuni gapirmas va ularni poklamas. Ularga alamli azoblar bor.Албатта, Аллоҳ китобда туширган нарсани беркитганлар ва уни озгина баҳога сотганлар, ана ўшалар қоринларига оловдан бошқа нарсани емаслар, уларга Аллоҳ қиёмат куни гапирмас ва уларни покламас. Уларга аламли азоблар бор.Alauddin Mansour: Alloh nozil qilgan Kitob (Tavrot)dan (Muhammad alayhis-salotu vas-salomning paygʻambarligiga doir) boʻlgan narsani yashiradigan va uni ozgina qiymatga sotadigan kimsalar, ana oʻshalar qorinlarini faqat olov bilan toʻldiradilar, Qiyomat Kunida Alloh ularga gapirmaydi, boqmaydi va ularni (gunohlaridan) poklamaydi. Ular uchun alamli azob bordir.Аллоҳ нозил қилган Китоб (Таврот)дан (Муҳаммад алайҳис-салоту вас-саломнинг пайғамбарлигига доир) бўлган нарсани яширадиган ва уни озгина қийматга сотадиган кимсалар, ана ўшалар қоринларини фақат олов билан тўлдирадилар, Қиёмат Кунида Аллоҳ уларга гапирмайди, боқмайди ва уларни (гуноҳларидан) покламайди. Улар учун аламли азоб бордир.
Ulamolarimiz Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qiladilarki, u kishi:
«Ushbu oyat yahudiylarning Kaʼb ibn Ashraf, Molik ibn asSoyf va Hayyi ibn Axtobga oʻxshash boshliqlari haqida tushgan. Ular oʻzlariga ergashganlardan hadyalar olar edilar. Muhammad alay- hissalom Paygʻambar etib yuborilganlaridan soʻng, mazkur manfaatlardan mahrum boʻlishdan qoʻrqib, u kishi haqidagi haqiqatni berkitdilar»,–dedilar.
Shuning uchun ham, Alloh taolo ushbu oyati karimada ularni:
«Albatta, Alloh kitobda tushirgan narsani berkitganlar va uni ozgina bahoga sotganlar», deb vasf qilmoqda.
Demak, yahudiylar halol, harom haqida har qancha safsata sotsalar ham, eng yomon haromni oʻzlari yer ekanlar. U ham boʻlsa, Alloh oʻz kitobida tushirgan haqiqatni berkitish evaziga mol-dunyo topar, Allohning xabarini ozgina bahoga sotar ekanlar. Avvalgi oyatlarda gap taom haqida ketgani uchun bu oyatda ham topgan mol-dunyoni yemoqlik maʼnosida gapirilyapti,
«Ana oʻshalar qorinlariga olovdan boshqa narsani yemaydilar», deyilyapti. Ularning azobi shu bilan tugamaydi,
«ularga Alloh qiyomat kuni gapirmas va ularni poklamas. Ularga alamli azoblar bor».
Yaʼni, qiyomat kuni Alloh taolo tomonidan ularni xursand qiladigan gaplar boʻlmaydi, ularga hech qanday marhamat qilinmaydi. Ularning dod-voylari tinglanmaydi. Yana, qiyomat kuni Alloh taolo ularni poklamaydi, yaʼni, gunohlarini kechirmaydi. Natijada, ularga har jihatdan azob boʻladi.
Ularning holini kelasi oyat quyidagicha taʼriflaydi: