QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят176

ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱللَّهَ نَزَّلَ ٱلْكِتَـٰبَ بِٱلْحَقِّ ۗ وَإِنَّ ٱلَّذِينَ ٱخْتَلَفُوا۟ فِى ٱلْكِتَـٰبِ لَفِى شِقَاقٍۭ بَعِيدٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Buning sababi, albatta, Alloh kitobni haq bilan nozil qilgan edi. Kitob xususida ixtilof qilganlar esa, tubsiz tortishuvdadirlar.Бунинг сабаби, албатта, Аллоҳ китобни ҳақ билан нозил қилган эди. Китоб хусусида ихтилоф қилганлар эса, тубсиз тортишувдадирлар.Alauddin Mansour: Oʻsha (azob) Alloh bu Kitob (Tavrot)ni haq bilan nozil qilgani sabablidir. Albatta, bu Kitob xususida talashib-tortishadigan kimsalar mangu talashdadirlar (yaʼni, ular hech qachon haq bilan kelisha olmaydilar).Ўша (азоб) Аллоҳ бу Китоб (Таврот)ни ҳақ билан нозил қилгани сабаблидир. Албатта, бу Китоб хусусида талашиб-тортишадиган кимсалар мангу талашдадирлар (яъни, улар ҳеч қачон ҳақ билан келиша олмайдилар).

26-sahifa · 2-juz · 3-hizb26-саҳифа · 2-жуз · 3-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ذَٰلِكَbuning sababiбунинг сабабиبِأَنَّchunkiчункиٱللَّهَAllohАллоҳنَزَّلَnozil qilganнозил қилганٱلْكِتَـٰبَkitobniкитобниبِٱلْحَقِّ ۗhaq bilanҳақ биланوَإِنَّva albattaва албаттаٱلَّذِينَularуларٱخْتَلَفُوا۟ixtilof qilganlarихтилоф қилганларفِىxususidaхусусидаٱلْكِتَـٰبِkitobкитобلَفِى-dadirlar-дадирларشِقَاقٍۭtortishuvтортишувبَعِيدٍۢtubsizтубсиз
TafsirТафсир

Qoʻllaridagi hidoyat va magʻfiratni boy berib, qattiq azobga duchor boʻlishlarining sababi:

«Alloh kitobni haq bilan nozil qilgan edi», ular oʻshal kitobni tan olmadilar. Holbuki, bu haq kitobga amal qilib, baxt- saodatda yashasalar boʻlar edi. Ammo ularAllohning kitobi xususida ixtilof qildilar, tubsiz talashuv va tuganmas ixtilof girdobiga tushib qoldilar. Oqibatda mazkur azoblarga duchor boʻldilar. Ha,

«Kitob xususida ixtilof qilganlar esa, tubsiz tortishuvdadirlar».

Allohning kitobi haqida ixtilof qilgan har bir ummatning holi shunday boʻladi.

Keyingi oyatda yaxshilikning asosiy qoidasi bayon qilinadi. Kim shunga amal qilsa, yaxshilik qilgan boʻladi. Ixtilofga oʻrin qolmaydi: