QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят177

۞ لَّيْسَ ٱلْبِرَّ أَن تُوَلُّوا۟ وُجُوهَكُمْ قِبَلَ ٱلْمَشْرِقِ وَٱلْمَغْرِبِ وَلَـٰكِنَّ ٱلْبِرَّ مَنْ ءَامَنَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ وَٱلْمَلَـٰٓئِكَةِ وَٱلْكِتَـٰبِ وَٱلنَّبِيِّـۧنَ وَءَاتَى ٱلْمَالَ عَلَىٰ حُبِّهِۦ ذَوِى ٱلْقُرْبَىٰ وَٱلْيَتَـٰمَىٰ وَٱلْمَسَـٰكِينَ وَٱبْنَ ٱلسَّبِيلِ وَٱلسَّآئِلِينَ وَفِى ٱلرِّقَابِ وَأَقَامَ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتَى ٱلزَّكَوٰةَ وَٱلْمُوفُونَ بِعَهْدِهِمْ إِذَا عَـٰهَدُوا۟ ۖ وَٱلصَّـٰبِرِينَ فِى ٱلْبَأْسَآءِ وَٱلضَّرَّآءِ وَحِينَ ٱلْبَأْسِ ۗ أُو۟لَـٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ صَدَقُوا۟ ۖ وَأُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُتَّقُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yaxshilik yuzingizni mashriq yoki mag`rib tomonga burishingizda emas. Lekin yaxshilik kim Allohga, oxirat kuniga, farishtalarga, kitobga, Payg`ambarlarga iymon keltirsa va yaxshi ko`rgan molini qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga, vatangadolarga, tilanchilarga, qul ozod qilishga bersa, namozni qoim qilsa, zakot bersa; Ahd qilganda ahdiga vafo qiluvchilar, kambag`allik, qiyinchilik paytida va shiddat vaqtida ham sabr qiluvchilarga xosdir. Ana o`shalar sodiq bo`lganlardir. Ana o`shalar taqvodorlardir.Яхшилик юзингизни машриқ ёки мағриб томонга буришингизда эмас. Лекин яхшилик ким Аллоҳга, охират кунига, фаришталарга, китобга, Пайғамбарларга иймон келтирса ва яхши кўрган молини қариндошларга, етимларга, мискинларга, ватангадоларга, тиланчиларга, қул озод қилишга берса, намозни қоим қилса, закот берсаAlauddin Mansour: Yuzlaringizni Mashriq va Magʻrib tomonlariga buraverishingiz yaxshilik emas, balki Allohga, Oxirat kuniga, farishtalarga, kitoblarga, paygʻambarlarga iymon keltirgan, oʻzi yaxshi koʻrib turib molini qarindosh-urugʻlariga, yetim-yesirlarga, miskin-bechoralarga, yoʻlovchi-musofirlarga, tilanchi-gadolarga va qullarni ozod qilish yoʻlida beradigan, namozni toʻkis ado qilib, zakotni beradigan kishi yaxshi kishidir va ahdlashganlarida ahdlariga vafo qilguvchilar va xususan ogʻir-yengil kunlarda va jangu jadal paytida sabr-toqat qilguvchilar yaxshi kishilardir. Ana oʻshalar chin iymonli kishilardir va ana oʻshalar asl taqvodorlardir.Юзларингизни Машриқ ва Мағриб томонларига бураверишингиз яхшилик эмас, балки Аллоҳга, Охират кунига, фаришталарга, китобларга, пайғамбарларга иймон келтирган, ўзи яхши кўриб туриб молини қариндош-уруғларига, етим-есирларга, мискин-бечораларга, йўловчи-мусофирларга, тиланчи-гадоларга ва қулларни озод қилиш йўлида берадиган, намозни тўкис адо қилиб, закотни берадиган киши яхши кишидир ва аҳдлашганларида аҳдларига вафо қилгувчилар ва хусусан оғир-енгил кунларда ва жангу жадал пайтида сабр-тоқат қилгувчилар яхши кишилардир. Ана ўшалар чин иймонли кишилардир ва ана ўшалар асл тақводорлардир.

27-sahifa · 2-juz · 3-hizb27-саҳифа · 2-жуз · 3-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ لَّيْسَemasэмасٱلْبِرَّyaxshilikяхшиликأَن-ki-киتُوَلُّوا۟burishingizбуришингизوُجُوهَكُمْyuzingizniюзингизниقِبَلَtomongaтомонгаٱلْمَشْرِقِmashriqмашриқوَٱلْمَغْرِبِva magʻribва мағрибوَلَـٰكِنَّlekinлекинٱلْبِرَّyaxshilikяхшиликمَنْkimкимءَامَنَiymon keltirsaиймон келтирсаبِٱللَّهِAllohgaАллоҳгаوَٱلْيَوْمِva kungaва кунгаٱلْـَٔاخِرِoxiratохиратوَٱلْمَلَـٰٓئِكَةِva farishtalargaва фаришталаргаوَٱلْكِتَـٰبِva kitobgaва китобгаوَٱلنَّبِيِّـۧنَva Paygʻambarlargaва Пайғамбарларгаوَءَاتَىva bersaва берсаٱلْمَالَmoliniмолиниعَلَىٰ-ga qaramay-га қарамайحُبِّهِۦuni sevishigaуни севишигаذَوِىegalarigaэгаларигаٱلْقُرْبَىٰqarindoshlikқариндошликوَٱلْيَتَـٰمَىٰva yetimlargaва етимларгаوَٱلْمَسَـٰكِينَva miskinlargaва мискинларгаوَٱبْنَva vatangadogaва ватангадогаٱلسَّبِيلِ(yoʻl oʻgʻli)(йўл ўғли)وَٱلسَّآئِلِينَva tilanchilargaва тиланчиларгаوَفِىva -gaва -гаٱلرِّقَابِqul ozod qilishgaқул озод қилишгаوَأَقَامَva qoim qilsaва қоим қилсаٱلصَّلَوٰةَnamozniнамозниوَءَاتَىva bersaва берсаٱلزَّكَوٰةَzakotзакотوَٱلْمُوفُونَva vafo qiluvchilarва вафо қилувчиларبِعَهْدِهِمْahdlarigaаҳдларигаإِذَاqachonkiқачонкиعَـٰهَدُوا۟ ۖahd qilgandaаҳд қилгандаوَٱلصَّـٰبِرِينَva sabr qiluvchilargaва сабр қилувчиларгаفِى-da-даٱلْبَأْسَآءِkambagʻallikкамбағалликوَٱلضَّرَّآءِva qiyinchilikва қийинчиликوَحِينَva vaqtidaва вақтидаٱلْبَأْسِ ۗshiddatшиддатأُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларٱلَّذِينَularуларصَدَقُوا۟ ۖsodiq boʻlganlarсодиқ бўлганларوَأُو۟لَـٰٓئِكَva ana oʻshalarва ана ўшаларهُمُularуларٱلْمُتَّقُونَtaqvodorlarтақводорлар
TafsirТафсир

Odatda odamlar yaxshilik matlub ekanligi haqida ixtilof qilmaydilar. Yaxshilik nima ekanligi haqida ixtilof qiladilar. Har kim oʻzining yoʻlini yaxshi deb tushunadi. Yaxshilik maʼnosiga oʻzicha taʼriflar keltiradi, chegaralar qoʻyadi, belgilar belgilaydi. Ular koʻpincha yaxshilikni belgilashda aqllarini, ota-bobolaridan qolgan urf-odatlarni, oʻzlari yashab turgan jamiyatdagi oʻlchovlarni tushunadilar. Birlari yaxshilik deb tushungan narsani boshqalari mutlaqo yomonlik deb tushunishlari ham mumkin. Demak, yaxshilikning haqiqatini mazkur hollardan ustun turguvchi jihat belgilashi kerak.

Islom dinida yaxshilik–Alloh yaxshi degan narsalardir. Ularning nima ekani ushbu oyatda toʻliq taʼriflab berilgan. Keling avval oyati karimani batafsil oʻrganaylik. Oyatning boshida Alloh taolo:

«Yaxshilik yuzingizni mashriq yoki magʻrib tomonga burishingizda emas», deb, yaxshilik maʼlum bir harakat yoki gap-soʻzlarni oʻzicha qilish va aytish bilan boʻlib qolmasligini taʼkidlamoqda. Soʻngra esa, yaxshilik nimaligini taʼriflashga oʻtib:

«Lekin yaxshilik kim Allohga, oxirat kuniga, farishtalarga, kitobga, Paygʻambarlarga iymon keltirsa va yaxshi koʻrgan molini qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga, vatangadolarga, tilanchilarga, qul ozod qilishga bersa, namozni qoim qilsa, zakot bersa; Ahd qilganda ahdiga vafo qiluvchilar, kambagʻallik, qiyinchilik paytida va shiddat vaqtida ham sabr qiluvchilarga xosdir», demoqda.

Bu oyati karimada yaxshilik bir necha qismga boʻlinmoqda:

1. Iymon.

«...kim Allohga, oxirat kuniga, farishtalarga, kitobga, Paygʻambarlarga iymon keltirsa...»

Allohga, Uning borligiga, sifatlariga, ismlariga, yagonaligiga, tarbiyakunanda ekanligiga, ilohligiga iymon keltirish. Oxirat kuniga, yaʼni, qiyomat qoʻpishiga iymon keltirish, farishtalarga, ularning sifatlariga iymon keltirish, kitobga, yaʼni, Alloh taolo tomonidan bandalarni hidoyatga boshlash uchun tushirilgan ilohiysamoviy kitoblarga iymon keltirish. Alloh taolo yuborgan Paygʻambarlarning birortasini ham qoʻymasdan hammasiga iymon keltirish.

Ushbu iymon keltirishlar yaxshilikning boshi va asosidir. Busiz, yaʼni iymonsiz hech qanday yaxshilik boʻlishi mumkin emas. Chunki, kimning Allohga, oxirat kuniga, farishtalarga, kitoblarga, Paygʻambarlarga iymoni yoʻq boʻlsa, undan yaxshilik chiqmaydi. Chiqsa ham, doimiy boʻlmaydi. Biror sababga bogʻliq boʻladi. Oʻsha sabab tugasa, yaxshiligi ham tugaydi.

2. Molu dunyosidan nafaqa qilish.

«...yaxshi koʻrgan molini qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga, vatangadolarga, tilanchilarga, qul ozod qilishga bersa...»

Yaxshi koʻrgan molidan qarindosh-urugʻlarga; boquvchisidan ajrab qolgan yetimlarga, yaʼni, boquvchisiz qolgan, balogʻat yoshiga yetmagan yosh bolalarga; miskinlarga, yaʼni, yeb-ichish va yashash uchun yetarli mablagʻi, daromadi yoʻq kishilarga; vatangadolarga, yaʼni, vatanidan uzoqda nafaqasiz qolgan odamlarga; tilanchilarga, yaʼni, oʻzida yashash uchun moddiy imkoniyati yoʻqligidan majbur boʻlib boshqalardan moddiy yordam soʻraganlarga; qul ozod qilishga, yaʼni, xoʻjasi bilan maʼlum miqdor mablagʻ evaziga ozodlikka chiqishni kelishib qoʻygan qullarga berish. Mol berishni odat qilgan odam hirs, zaiflik, baxillik sirtmogʻidan ozod boʻladi. Mol-dunyoga qullikdan ozod boʻladi. Bu yuksak insoniy fazilatdir. Faqat yuksak insoniy fazilatlar sohibigina mazkur toifadagi kishilarga xolis yordam beradi. Bu ishni qilgan inson haqiqiy yaxshilikni qilgan boʻladi.

3. Namoz oʻqish.

«...namozni qoim qilsa...»

Farz namozlarni oʻz vaqtida, rukuʼ, sajda va boshqa arkonlarini joyiga qoʻyib, xushuʼ-xuzuʼ bilan yaxshilab oʻqish. Namozda inson ham sirti, ham ichi–butkul borligʻi bilan Allohga yuzlanadi. Unda insonning jismi ham, aqli ham, ruhi ham harakatga keladi. Namoz oʻqimagan odam Alloh taʼriflagan yaxshilikni qilmagan boʻladi.

4. Zakot berish.

«...zakot bersa...»

Musulmonlarning boy-badavlatlari mollaridan maʼlum miqdorini haqdor birodarlariga moliyaviy ibodat sifatida beradilar. Bu ish mol egasiga Alloh tomonidan farz qilingan. Shu farzni ado etadigan odam yaxshilik qiluvchidir.

5. Ahdiga vafo qilish.

«...Ahd qilganda ahdiga vafo qiluvchilar...»

Ahdiga vafodorlik musulmonlikning, iymonning koʻzga koʻringan belgilaridan boʻlib, Qurʼoni Karimda qayta-qayta takrorlangandir. Kim ahdiga vafo qilsa, Alloh taʼriflagan yaxshilikdan nasibador boʻlgan boʻladi.

6. Sabr qilish.

«...kambagʻallik, qiyinchilik paytida va shiddat vaqtida ham sabr qiluvchilar...»

Faqirlik, bechoralik paytida, kasallik, bemorlik vaqtida, urush, dushmanlar bilan toʻqnashuv paytida inson mashaqqatlarga uchraydi. Shunday hollarda sabr qilish lozim.

Sabrlilik ham iymonli, musulmon kishilarning alohida oliy va zaruriy sifatlaridan hisoblanadi. U haqda avvalgi oyatlar tafsirida batafsil soʻz yuritildi. Demak, turli qiyin holatlarda sabr qiluvchilar Alloh taʼriflagan yaxshilik sohiblaridan boʻlar ekan.

Oyatning oxirida mazkur oliymaqom sifatlarga ega boʻlganlarni:

«Ana oʻshalar sodiq boʻlganlardir. Ana oʻshalar taqvodorlardir», deb taʼriflanmoqda.

Abu Zarr Gʻiforiy roziyallohu anhu Paygʻambar alayhissalomdan, iymon nima, deb soʻraganlarida, Paygʻambarimiz Muhammad alay- hissalom ushbu oyatni tilovat qilganlar. Keyin yana qayta soʻraganlarida, yana shu oyatni tilovat qilganlar.

Shunday qilib, Alloh bitta oyatda eʼtiqod asoslarini, jon va mol ibodatlarini birlashtirib, bir-biridan ajramaydigan qilib, ularning hammasiga «yaxshilik» deb sarlavha qoʻyibdi. Shuning uchun ham, ushbu unvon ostiga doxil boʻlib, unga amal qilganlarni Alloh taolo «Ana oʻshalar sodiq boʻlganlardir. Ana oʻshalar taqvodorlardir», deb taʼriflamoqda.

Ha, oʻshalar iymonida, islomida sodiq boʻlganlardir.

Ana oʻshalar aqiydasida, amalida sodiq boʻlganlardir.

Ana oʻshalar Allohning aytganini qilib, qaytarganidan qaytgan taqvodorlardir.

Oʻtgan azizlarimizdan Sufyoni Savriy ushbu oyatni oʻqib turib: «Yaxshilikning barcha turi shu oyatdadir», deganlar. Ibn Kasir rahmatullohi alayhi: «Kim shu oyat bilan sifatlansa, Islomning barcha sohalariga kirib, yaxshilikning boshidan tutgan boʻladi», deganlar.

Bundan keyin keladigan oʻttizta oyatda goʻyoki yuqoridagi «yaxshilik» oyati sharh qilinadi. Bu oyatda madh etilgan taqvodorlarning sifatlari batafsil keltiriladi. Taqvo soʻzi va uning murodiflari tez-tez takrorlanib turadi.