QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят178

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ كُتِبَ عَلَيْكُمُ ٱلْقِصَاصُ فِى ٱلْقَتْلَى ۖ ٱلْحُرُّ بِٱلْحُرِّ وَٱلْعَبْدُ بِٱلْعَبْدِ وَٱلْأُنثَىٰ بِٱلْأُنثَىٰ ۚ فَمَنْ عُفِىَ لَهُۥ مِنْ أَخِيهِ شَىْءٌ فَٱتِّبَاعٌۢ بِٱلْمَعْرُوفِ وَأَدَآءٌ إِلَيْهِ بِإِحْسَـٰنٍ ۗ ذَٰلِكَ تَخْفِيفٌ مِّن رَّبِّكُمْ وَرَحْمَةٌ ۗ فَمَنِ ٱعْتَدَىٰ بَعْدَ ذَٰلِكَ فَلَهُۥ عَذَابٌ أَلِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Sizga o`ldirilganlar uchun qasos farz qilindi: hurga hur, qulga qul, ayolga ayol. Kimga o`z birodaridan bir narsa afv qilinsa, bas, yaxshilik ila so`ralsin va ado etish ham yaxshilikcha bo`lsin. Bu, Robbilaringizdan yengillik va rahmatdir. Undan keyin kim dushmanlik qilsa, unga alamli azob bor.Эй, иймон келтирганлар! Сизга ўлдирилганлар учун қасос фарз қилинди: ҳурга ҳур, қулга қул, аёлга аёл. Кимга ўз биродаридан бир нарса афв қилинса, бас, яхшилик ила сўралсин ва адо этиш ҳам яхшиликча бўлсин. Бу, Роббиларингиздан енгиллик ва раҳматдир. Ундан кейин ким душманлик қилса, унга аламли азоб бор.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, sizlarga oʻldirilgan kishilar uchun ozod kishi muqobiliga ozod kishidan, qul uchun quldan, ayol kishi uchun ayoldan qasos olish farz qilindi. Endi kimga birodari tomonidan bir oz afv qilinsa (yaʼni, qotildan qasos olish oʻrniga tovon olishga rozi boʻlinsa), u holda yaxshilik bilan boʻyinsunish va chiroyli suratda tovon toʻlash lozimdir. Bu (xukm) Parvardigoringiz tomonidan yengillik va rahm-shafqatdir. Bas, kimki shundan keyin haddan oshsa (masalan, tovon toʻlangandan keyin ham qotilni oʻldirsa), uning uchun alamli azob bordir.Эй мўминлар, сизларга ўлдирилган кишилар учун озод киши муқобилига озод кишидан, қул учун қулдан, аёл киши учун аёлдан қасос олиш фарз қилинди. Энди кимга биродари томонидан бир оз афв қилинса (яъни, қотилдан қасос олиш ўрнига товон олишга рози бўлинса), у ҳолда яхшилик билан бўйинсуниш ва чиройли суратда товон тўлаш лозимдир. Бу (хукм) Парвардигорингиз томонидан енгиллик ва раҳм-шафқатдир. Бас, кимки шундан кейин ҳаддан ошса (масалан, товон тўлангандан кейин ҳам қотилни ўлдирса), унинг учун аламли азоб бордир.

27-sahifa · 2-juz · 3-hizb27-саҳифа · 2-жуз · 3-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَzotlarзотларءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганكُتِبَfarz qilindiфарз қилиндиعَلَيْكُمُsizgaсизгаٱلْقِصَاصُqasosқасосفِى-da-даٱلْقَتْلَى ۖoʻldirilganlarўлдирилганларٱلْحُرُّhurҳурبِٱلْحُرِّhur uchunҳур учунوَٱلْعَبْدُva qulва қулبِٱلْعَبْدِqul uchunқул учунوَٱلْأُنثَىٰva ayolва аёлبِٱلْأُنثَىٰ ۚayol uchunаёл учунفَمَنْkimgaкимгаعُفِىَafv qilinsaафв қилинсаلَهُۥungaунгаمِنْ-dan-данأَخِيهِbirodariбиродариشَىْءٌۭbir narsaбир нарсаفَٱتِّبَاعٌۢbas, soʻralsinбас, сўралсинبِٱلْمَعْرُوفِyaxshilik ilaяхшилик илаوَأَدَآءٌva ado etishва адо этишإِلَيْهِungaунгаبِإِحْسَـٰنٍۢ ۗyaxshilikchaяхшиликчаذَٰلِكَbuбуتَخْفِيفٌۭyengillikенгилликمِّن-dan-данرَّبِّكُمْRobbingizРоббингизوَرَحْمَةٌۭ ۗva rahmatва раҳматفَمَنِkimкимٱعْتَدَىٰdushmanlik qilsaдушманлик қилсаبَعْدَkeyinкейинذَٰلِكَundanунданفَلَهُۥungaунгаعَذَابٌazobазобأَلِيمٌۭalamliаламли
TafsirТафсир

Alloh taolo moʻmin bandalariga ular eshitsalar suyunadigan sifatlarini aytib,

«Ey, iymon keltirganlar!» deb nido qilmoqda. Moʻmin oʻzining iymonlilik sifatini bevosita Allohdan tinglayotgani unga bir jihatdan qanot baxsh etsa, ikkinchi jihatdan, modomiki, Alloh iymonlilarga alohida murojaat etyaptimi, demak, ketidan muhim bir hukm tushishi mumkin, deya ixlos va ziyraklik ila sergak tortadi. Bu oyatda oʻshanday hukmlardan biri kelgan:

«Sizga oʻldirilganlar uchun qasos farz qilindi...»

Yaʼni, qasddan odam oʻldirganlardan qasos olish farz qilindi. Arab tilida «qasos» soʻzi birovning qilgan ishiga oʻxshash ish qilishga aytiladi. Xususan, birov yurib oʻtgan yoʻldan izma-iz yurish, maʼnosini anglatadi. Qasddan odam oʻldirganni ham, oʻzi qanday qilib oʻldirgan boʻlsa, shunday qilib oʻldiriladi.

Qasos olish Islomdan oldingi johiliyat davrida ham boʻlgan, ammo ularda adolatsiz ravishda, tarafkashlik ruhida boʻlgan. Misol uchun, «Ular bizdan bir kishini oʻldirsa, biz ulardan oʻntasini oʻldirib qasos olamiz, ular bizning qulimizni oʻldiribdi, biz ulardan hur kishini oʻldirib qasos olamiz, ular bizdan ayol kishini oʻldiribdi, biz ulardan erkak kishini oʻldirib oʻch olamiz», qabilida edi. Bu oyati karimada Alloh taolo qasos olishda adolat boʻlishni, haddan oshmaslikni uqdirib,

«hurga hur, qulga qul, ayolga ayol», deb tushuntirmoqda.

Lekin, oyati karimaga binoan, odam oʻldirgan shaxsni qasos uchun albatta oʻldirish shart emas, balki oʻlikning egalari kechib yuborsa, oʻldirmay qoʻyib yuborsa, oʻrniga xun puli olsa ham boʻladi. Bunda oʻlik egasi haqini yaxshilik bilan soʻrashi lozim, aybdor taraf ham ularning haqini yaxshilik bilan ado etishi zarur:

«Kimga oʻz birodaridan bir narsa afv qilinsa, bas, yaxshilik ila soʻralsin va ado etish ham yaxshilikcha boʻlsin».

Modomiki, oʻlikning egalari mardlik qilib, jinoyatchi qotilni afv etib, uni oʻldirishni talab qilmadilarmi, oxirigacha mard boʻlib, xun pulini ham urush-janjalsiz, yaxshilikcha, rozilik va muloyimlik bilan soʻrasinlar. Jinoyatchi yoki uning odamlari ham narigi tarafga yetgan musiybat, judolik va qalb jarohatini unutmay, ularning koʻngillariga taskin berib, gʻirromlik qilmay, kechga surmay, xunni yaxshilik bilan ado etsin.

Islom har bir narsa yaxshilik bilan boʻlishini qaror toptiradi.

«Bu, Robbilaringizdan yengillik va rahmatdir».

Qasos oʻrniga xun puli olishni joriy qilish ham Parvardigori Olam tomonidan berilgan yengillik va rahimlilik ekanini unutmaslik kerak.

«Undan keyin kim dushmanlik qilsa, unga alamli azob bor».

Shuning uchun, dushmanlik qilmasdan shariat chegarasida yurish lozim.

Ey, iymon keltirganlar!