وَلَكُمْ فِى ٱلْقِصَاصِ حَيَوٰةٌ يَـٰٓأُو۟لِى ٱلْأَلْبَـٰبِ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizlarga qasos olishda hayot bor. Ey, aql egalari! Shoyadki, taqvodor bo`lsangiz.Сизларга қасос олишда ҳаёт бор. Эй, ақл эгалари! Шоядки, тақводор бўлсангиз.Alauddin Mansour: Sizlar uchun qasosda hayot bor, ey ahli donishlar! Shoyad (jinoyatlardan) saqlansangizlar.Сизлар учун қасосда ҳаёт бор, эй аҳли донишлар! Шояд (жиноятлардан) сақлансангизлар.
Bu oyati karima qasosning shariatga kiritilishining hikmatini bayon qilmoqda. Demak, qasos olishda kishilar uchun hayot bor ekan. Qasos qalbdagi nafratni qondirish emas, balki oliy maqsad–hayot uchun ekan. Qasos olish yoʻlga qoʻyilsa, inson hayotini saqlab qolishda katta ish qilingan boʻladi. Chunki, har bir odam boshqa birovni oʻldirsa, qasosiga oʻzining ham oʻldirilishini biladi va hech qachon odam oʻldirishga qoʻl urmaydi. Bir kishining hayotiga qasd qilishlik, umuman, hayotga qasd qilish bilan barobardir. Jinoyatchi bir kishining hayotiga qasd qilsa, umuman, hayotga qasd qilgan boʻladi.
Shuning uchun, buning jinoyati kuchli boʻlib, qasos olinadi. Qasos olish haqidagi hukmning oʻzi jinoyatchini hushiga keltirib qoʻyadi. Oz sonli qotillardan qasos olish, koʻplab begunoh kishilarning hayotini saqlab qoladi. Paygʻambar alayhissalomning davrlarida ushbu hukm joriy qilinishi bilan odam oʻldirish toʻxtab qolgani yoki yoʻq darajada kamayib ketgani ham shundan. Qayerda bu hukm joriy etilsa, oʻsha yerda omonlik boʻladi, kishilar hayoti xotirjam kechadi. Bu hukm joriy qilinmagan joyda, hukumati qanchalik kuchli boʻlsa ham, omonlik yoʻq.
Qasos hukmini joriy etish ham taqvoning bir shartidir. Chunki, Allohning amrini bajarish taqvodandir.
Keyingi oyatda moʻminlarga yana bir muhim hukm–oʻlim oldidan vasiyat qilish hukmi bayon qilinadi. Ey, iymon keltirganlar: