QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят180

كُتِبَ عَلَيْكُمْ إِذَا حَضَرَ أَحَدَكُمُ ٱلْمَوْتُ إِن تَرَكَ خَيْرًا ٱلْوَصِيَّةُ لِلْوَٰلِدَيْنِ وَٱلْأَقْرَبِينَ بِٱلْمَعْرُوفِ ۖ حَقًّا عَلَى ٱلْمُتَّقِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizlarga, birortangizga o`lim kelganda, agar u boylik qoldirayotgan bo`lsa, ota-onasi va yaqinlariga to`g`rilik bilan vasiyat qilish taqvodorlarning burchi sifatida farz qilindi.Сизларга, бирортангизга ўлим келганда, агар у бойлик қолдираётган бўлса, ота-онаси ва яқинларига тўғрилик билан васият қилиш тақводорларнинг бурчи сифатида фарз қилинди.Alauddin Mansour: Birovingizga oʻlim kelgan paytida (oʻzidan keyin) mol-dunyo qoldirayotgan boʻlsa, adolat — toʻgʻrilik bilan ota-onaga, qarindosh-urugʻga vasiyat qilinishi farz etildi. Bunday vasiyat qilish Allohdan qoʻrquvchilar ustidagi burchdir.Бировингизга ўлим келган пайтида (ўзидан кейин) мол-дунё қолдираётган бўлса, адолат — тўғрилик билан ота-онага, қариндош-уруғга васият қилиниши фарз этилди. Бундай васият қилиш Аллоҳдан қўрқувчилар устидаги бурчдир.

27-sahifa · 2-juz · 3-hizb27-саҳифа · 2-жуз · 3-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
كُتِبَfarz qilindiфарз қилиндиعَلَيْكُمْsizgaсизгаإِذَاqachonkiқачонкиحَضَرَkelgandaкелгандаأَحَدَكُمُbirortangizgaбирортангизгаٱلْمَوْتُoʻlimўлимإِنagarагарتَرَكَqoldirayotgan boʻlsaқолдираётган бўлсаخَيْرًاboylikбойликٱلْوَصِيَّةُvasiyat qilishвасият қилишلِلْوَٰلِدَيْنِota-onagaота-онагаوَٱلْأَقْرَبِينَva yaqinlargaва яқинларгаبِٱلْمَعْرُوفِ ۖtoʻgʻrilik bilanтўғрилик биланحَقًّاburch sifatidaбурч сифатидаعَلَىzimmasidaзиммасидаٱلْمُتَّقِينَtaqvodorlarтақводорлар
TafsirТафсир

Demak, oʻlim oldidan vasiyat qilish ham farz ekan. Taqvoning bir sharti ekan. Agar oʻlayotgan odam mol-mulk qoldiradigan boʻlsa, oʻsha molning kimga qanchasi berilishini vasiyat qilmogʻi lozim. Bu vasiyat ota-ona va yaqin kishilarga boʻladi. Bu oyati karima meros haqidagi oyatdan avval tushgan, keyinchalik meros oyati tushib, vasiyat qilmasa ham, oʻlgandan qolgan mol meros sifatida yaqin kishilarga boʻlib berilishi bayon qilindi. Oʻsha oyatda kimga qancha tegishi ham aytildi. Ota-ona merosxoʻrlar qatoriga kirdilar. Ushbu eʼtibordan, endi, oʻlim kelgan odam, otamga molimdan muncha berilsin, onamga buncha berilsin, deb vasiyat qila olmaydi. Shuningdek, meros oyatida haqlari bayon qilingan boshqa yaqinlariga ham. Ammo meros oyatida zikr qilinganlardan boshqa kishilarga vasiyat qilsa boʻladi. Bu esa, kasb qilib mol-dunyo topgan kishining xayr-ehson qilishiga, baʼzi yaqinlariga silai rahm koʻrsatishiga, ijtimoiy kafolatga rioya etishiga sharoit tugʻdiradi. Bu yoʻl bilan merosxoʻrning haqlari ham himoya qilingan.

Imom Buxoriy qilgan rivoyatda Saʼd roziyallohu anhu:

«Ey, Allohning Rasuli, mening molim bor, merosxoʻrim bittagina qizim, molimning uchdan ikkisini vasiyat qilsammikan?» deganlarida, Paygʻambar alayhissalom:

«Yoʻq», deb javob berganlar. U kishi:

«Yarmini-chi?» deganlarida, U zot yana:

«Yoʻq», deganlar. Saʼd roziyallohu anhu :

«Uchdan birini-chi?» deganlarida,

«Uchdan biri mayli, uchdan biri ham koʻp», deganlar.

Ushbu hadisdan hujjat olinib, uchdan biriga vasiyat qilishga ruxsat berilgan. Agar undan koʻpiga vasiyat qilsa ham, faqat uchdan biri hisob qilinadi. Eʼtibor berilsa, bu tarz vasiyat qilishni oyati karima, taqvodorlar burchi, deb atamoqda.

Keyingi oyatda vasiyatni oʻzgartirganlarning gunohi haqida soʻz ketadi: