فَمَنۢ بَدَّلَهُۥ بَعْدَ مَا سَمِعَهُۥ فَإِنَّمَآ إِثْمُهُۥ عَلَى ٱلَّذِينَ يُبَدِّلُونَهُۥٓ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ سَمِيعٌ عَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kim uni eshitgandan so`ng o`zgartirsa, bas, gunohi faqat o`zgartirganlarning o`ziga bo`ladir. Albatta, Alloh eshituvchi va biluvchidir.Ким уни эшитгандан сўнг ўзгартирса, бас, гуноҳи фақат ўзгартирганларнинг ўзига бўладир. Албатта, Аллоҳ эшитувчи ва билувчидир.Alauddin Mansour: Kim uni (vasiyatni) eshitganidan keyin oʻzgartirsa, gunohi faqat oʻzgartirganlarning boʻynida. Albatta, Alloh eshitguvchi, bilguvchidir.Ким уни (васиятни) эшитганидан кейин ўзгартирса, гуноҳи фақат ўзгартирганларнинг бўйнида. Албатта, Аллоҳ эшитгувчи, билгувчидир.
Yaʼni, oʻlayotgan odamning vasiyatini eshitgan odam, u oʻlgach, uning vasiyatini oʻzgartirib, mol-dunyosining vasiyatga muvofiq taqsimlanmasligiga sabab boʻlsa, gunohkorlardandir. Gunoh vasiyat qiluvchi yoki vasiyat qilingan kishiga emas, balki oʻsha oʻzgartiruvchining oʻziga boʻladi. Alloh eshituvchi va biluvchi Zotdir.
Vasiyatni faqat bir holatda oʻzgartirsa boʻladi. Buni kelasi oyat bayon qiladi: