فَمَنْ خَافَ مِن مُّوصٍ جَنَفًا أَوْ إِثْمًا فَأَصْلَحَ بَيْنَهُمْ فَلَآ إِثْمَ عَلَيْهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kimki vasiyat qiluvchidan toyilish yoki gunoh sodir bo`lishidan qo`rqsa, bas, ularning orasini isloh qilsa, unga gunoh bo`lmas. Albatta, Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir.Кимки васият қилувчидан тойилиш ёки гуноҳ содир бўлишидан қўрқса, бас, уларнинг орасини ислоҳ қилса, унга гуноҳ бўлмас. Албатта, Аллоҳ мағфиратли ва раҳимли Зотдир.Alauddin Mansour: Endi kim vasiyat qilguvchi tomonidan biron toyilish yoki gunoh sodir boʻlishidan xavf qilib (vasiyat qilguvchi bilan merosxoʻrning) oralarini isloh qilib qoʻysa, gunohkor boʻlmaydi. Albatta, Alloh magʻfirat qilguvchi, rahmlidir.Энди ким васият қилгувчи томонидан бирон тойилиш ёки гуноҳ содир бўлишидан хавф қилиб (васият қилгувчи билан меросхўрнинг) ораларини ислоҳ қилиб қўйса, гуноҳкор бўлмайди. Албатта, Аллоҳ мағфират қилгувчи, раҳмлидир.
Biz «toyilish» deb tarjima qilgan soʻz oyati karimada «janafan» deyilgan. Bu soʻz xato qilib haqdan burilishni bildiradi. Yaʼni, bilmasdan notoʻgʻri ish qilib qoʻyishni bildiradi. «Gunoh» esa, bilib turib haqsizlik qilishdir. Demak, vasiyat qiluvchi bilibmi-bilmaymi notoʻgʻri vasiyat qilgan boʻlsa, uning vasiyatini buzgan odam bundan avvalgi oyatda kelgani kabi gunohkor boʻlmaydi. Misol uchun, bir odam molining uchdan biri miqdoridan koʻpini vasiyat qilib yuborsa, vasiyati faqat uchdan biriga oʻtadi, qolganiga amal qilmagan odam gunohkor boʻlmaydi.
Eʼtibor berilsa, qasos hukmida ham, vasiyat hukmida ham taqvo alohida taʼkidlanadi.
Endi keladigan roʻza hukmida ham taqvoga eʼtibor beriladi. Chunki roʻza tutishning oʻzi taqvoning oliy darajasi hisoblanadi: