أَيَّامًا مَّعْدُودَٰتٍ ۚ فَمَن كَانَ مِنكُم مَّرِيضًا أَوْ عَلَىٰ سَفَرٍ فَعِدَّةٌ مِّنْ أَيَّامٍ أُخَرَ ۚ وَعَلَى ٱلَّذِينَ يُطِيقُونَهُۥ فِدْيَةٌ طَعَامُ مِسْكِينٍ ۖ فَمَن تَطَوَّعَ خَيْرًا فَهُوَ خَيْرٌ لَّهُۥ ۚ وَأَن تَصُومُوا۟ خَيْرٌ لَّكُمْ ۖ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sanoqli kunlar. Sizlardan kim bemor yoki musofir bo`lsa, bas, sanog`ini boshqa kunlardan tutadir. Uni qiynalib tutadiganlar zimmasida bir miskin taomi fidya bordir. Kim yaxshilikni o`z ixtiyori ila qilsa, o`zi uchun yaxshidir. Agar bilsangiz, ro`za tutmog`ingiz siz uchun yaxshidir.Саноқли кунлар. Сизлардан ким бемор ёки мусофир бўлса, бас, саноғини бошқа кунлардан тутадир. Уни қийналиб тутадиганлар зиммасида бир мискин таоми фидя бордир. Ким яхшиликни ўз ихтиёри ила қилса, ўзи учун яхшидир. Агар билсангиз, рўза тутмоғингиз сиз учун яхшидир.Alauddin Mansour: (Roʻza) sanoqli kunlardadir. Endi sizlardan biror kishi xasta yoki musofir boʻlsa, u holda (roʻza tutolmagan kunlarining) sanogʻini boshqa kunlarda tutadi. (Keksalik yoki zaifligi sababli) roʻza tutishga qiynaladigan kishilar bir miskin-bechoraning bir kunlik taomi miqdorida evaz toʻlashlari lozim. Bas, kim oʻz ixtiyori bilan ziyoda yaxshilik qilsa (lozim boʻlganidan ortiqroq evaz toʻlasa), oʻziga yaxshi. Agar bilsangiz, roʻza tutishingiz oʻzingiz uchun (evaz berish yoki hatto uzrli holatda roʻza tutmaslikka nisbatan) yaxshiroqdir.(Рўза) саноқли кунлардадир. Энди сизлардан бирор киши хаста ёки мусофир бўлса, у ҳолда (рўза тутолмаган кунларининг) саноғини бошқа кунларда тутади. (Кексалик ёки заифлиги сабабли) рўза тутишга қийналадиган кишилар бир мискин-бечоранинг бир кунлик таоми миқдорида эваз тўлашлари лозим. Бас, ким ўз ихтиёри билан зиёда яхшилик қилса (лозим бўлганидан ортиқроқ эваз тўласа), ўзига яхши. Агар билсангиз, рўза тутишингиз ўзингиз учун (эваз бериш ёки ҳатто узрли ҳолатда рўза тутмасликка нисбатан) яхшироқдир.
Yaʼni, roʻza farz qilingan kunlar «sanoqli kunlar»dir. Roʻza tutishning oʻziga yarasha mashaqqati bor. Shuning uchun, Alloh taolo bemorlik va musofirlik tufayli bir oz qiyinchilikda turgan bandalariga, mashaqqat ustiga mashaqqat boʻlmasin deb, yengillik berdi:
«Sizlardan kim bemor yoki safarda boʻlsa, bas, sanogʻini bosh- qa kunlarda tutadir».
Yaʼni, bemor tuzalgandan soʻng, musofir safardan qaytgandan soʻng, necha kunni tutmagan boʻlsa, oʻshancha kun qazo roʻza tutadi. Ulamolarimiz bemorlar safiga homilador va emizadigan ayollarni ham qoʻshganlar. Homilador ayol necha kun roʻza tutmagan boʻlsa, tuqqanidan keyin shuncha kun qazo roʻza tutadi. Emizadigan ayol ham bolasini koʻkrakdan ajratgandan soʻng qazo roʻza tutadi.
«Uni qiynalib tutadiganlar zimmasida bir miskin taomi fidya bordir.»
Yaʼni, yoshlari ulugʻ boʻlib, roʻza tutishga yaramay qolgan kishilar tutilmagan har bir kunlik roʻza oʻrniga bir miskinni toʻygʻazadilar. Bu esa, oʻzi yashab turgan diyorning oʻrtacha taomi hisobida boʻladi. Buni «fidya berish» deyiladi.
Ulamolarimiz ushbu toifaga tuzalmaydigan, surunkali kasali bor kishilarni ham qoʻshganlar. Ularning kasallari roʻza tutishga qoʻymaydi. Qazosini tutadi, deyilsa, tuzalishlaridan umid yoʻq.
«Kim yaxshilikni oʻz ixtiyori ila qilsa, oʻzi uchun yaxshidir.»
Kim, savobni koʻproq olaman deb, bir kishigamas, ikki, uch kishiga yoki oʻrtacha emas, oliy darajadagi taomlarni bersa, oʻzi uchun yaxshidir.
«Agar bilsangiz, roʻza tutmogʻingiz siz uchun yaxshidir.»
Boshqa ibodatlar kabi roʻza ham, avvalo, bu ibodatni ado etuvchi shaxslarga yaxshilik keltiradi. Jannatga kirish, oliy maqomlarga erishish, irodaning kuchli boʻlishi, rahim-shafqat sifatining kuchayishi, taqvo hissining uygʻonishi, sogʻlik va salomatlik hamda boshqa koʻplab biz bilgan-bilmagan yaxshiliklarga roʻza tutish orqali erishiladi.
Kelgusi oyatda yuqorida zikr qilingan «sanoqli kunlar»ning vaqti tayin qilinadi va oʻsha vaqtning fazli hamda roʻzaning bosh- qa hukmlari bayon qilinadi.