QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят185

شَهْرُ رَمَضَانَ ٱلَّذِىٓ أُنزِلَ فِيهِ ٱلْقُرْءَانُ هُدًى لِّلنَّاسِ وَبَيِّنَـٰتٍ مِّنَ ٱلْهُدَىٰ وَٱلْفُرْقَانِ ۚ فَمَن شَهِدَ مِنكُمُ ٱلشَّهْرَ فَلْيَصُمْهُ ۖ وَمَن كَانَ مَرِيضًا أَوْ عَلَىٰ سَفَرٍ فَعِدَّةٌ مِّنْ أَيَّامٍ أُخَرَ ۗ يُرِيدُ ٱللَّهُ بِكُمُ ٱلْيُسْرَ وَلَا يُرِيدُ بِكُمُ ٱلْعُسْرَ وَلِتُكْمِلُوا۟ ٱلْعِدَّةَ وَلِتُكَبِّرُوا۟ ٱللَّهَ عَلَىٰ مَا هَدَىٰكُمْ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ramazon oyiki, unda odamlarga hidoyat hamda hidoyatu furqondan iborat ochiq bayonotlar bo`lib Qur'on tushirilgandir. Sizdan kim u oyda hozir bo`lsa, ro`zasini tutsin. Kim bemor yoki safarda bo`lsa, bas, sanog`ini boshqa kunlardan tutadir. Alloh sizlarga yengillikni xohlaydi va sizlarga qiyinlikni xohlamas. Sanog`ini mukammal qilishingiz va sizni hidoyatga boshlagan Allohni ulug`lashingiz uchun. Shoyadki, shukr qilsalaringiz.Рамазон ойики, унда одамларга ҳидоят ҳамда ҳидояту фурқондан иборат очиқ баёнотлар бўлиб Қуръон туширилгандир. Сиздан ким у ойда ҳозир бўлса, рўзасини тутсин. Ким бемор ёки сафарда бўлса, бас, саноғини бошқа кунлардан тутадир. Аллоҳ сизларга енгилликни хоҳлайди ва сизларга қийинликни хоҳламас. Саноғини мукаммал қилишингиз ва сизни ҳидоятга бошлаган Аллоҳни улуғлашингиз учун. Шоядки, шукр қилсаларингиз.Alauddin Mansour: (U sanoqli kunlar) Ramazon oyidirki, bu oyda odamlar uchun hidoyat boʻlib va hidoyat va furqon (haq bilan botilni ajratguvchi)ning ochiq oyatlari boʻlib Qurʼon nozil qilingan. Bas, sizlardan kim bu oyda hozir boʻlsa, roʻza tutsin. Va kim xasta yoki musofir boʻlsa, u holda (roʻza tutolmagan kunlarining) sanogʻini boshqa kunlarda (tuzalgach yoki safardan qaytgach) tutadi. Alloh sizlarga yengillikni istaydi, sizlarga ogʻir boʻlishini istamaydi. Bu sanoqni toʻldirishingiz va hidoyat qilgani sababli Allohni ulugʻlashingiz uchundir. Shoyad shukr qilsangiz.(У саноқли кунлар) Рамазон ойидирки, бу ойда одамлар учун ҳидоят бўлиб ва ҳидоят ва фурқон (ҳақ билан ботилни ажратгувчи)нинг очиқ оятлари бўлиб Қуръон нозил қилинган. Бас, сизлардан ким бу ойда ҳозир бўлса, рўза тутсин. Ва ким хаста ёки мусофир бўлса, у ҳолда (рўза тутолмаган кунларининг) саноғини бошқа кунларда (тузалгач ёки сафардан қайтгач) тутади. Аллоҳ сизларга енгилликни истайди, сизларга оғир бўлишини истамайди. Бу саноқни тўлдиришингиз ва ҳидоят қилгани сабабли Аллоҳни улуғлашингиз учундир. Шояд шукр қилсангиз.

28-sahifa · 2-juz · 3-hizb28-саҳифа · 2-жуз · 3-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
شَهْرُoyiойиرَمَضَانَRamazonРамазонٱلَّذِىٓ-ki-киأُنزِلَtushirilganтуширилганفِيهِundaундаٱلْقُرْءَانُQurʼonҚуръонهُدًۭىhidoyatҳидоятلِّلنَّاسِodamlargaодамларгаوَبَيِّنَـٰتٍۢva ochiq bayonotlarва очиқ баёнотларمِّنَ-dan-данٱلْهُدَىٰhidoyatҳидоятوَٱلْفُرْقَانِ ۚva furqonва фурқонفَمَنkimкимشَهِدَhozir boʻlsaҳозир бўлсаمِنكُمُsizdanсизданٱلشَّهْرَu oydaу ойдаفَلْيَصُمْهُ ۖroʻzasini tutsinрўзасини тутсинوَمَنva kimва кимكَانَboʻlsaбўлсаمَرِيضًاbemorбеморأَوْyokiёкиعَلَىٰ-da-даسَفَرٍۢsafarсафарفَعِدَّةٌۭbas, sanogʻiniбас, саноғиниمِّنْ-dan-данأَيَّامٍkunlarкунларأُخَرَ ۗboshqaбошқаيُرِيدُxohlaydiхоҳлайдиٱللَّهُAllohАллоҳبِكُمُsizlargaсизларгаٱلْيُسْرَyengillikniенгилликниوَلَاva emasва эмасيُرِيدُxohlaydiхоҳлайдиبِكُمُsizlargaсизларгаٱلْعُسْرَqiyinchilikniқийинчиликниوَلِتُكْمِلُوا۟mukammal qilishingiz uchunмукаммал қилишингиз учунٱلْعِدَّةَsanogʻiniсаноғиниوَلِتُكَبِّرُوا۟va ulugʻlashingiz uchunва улуғлашингиз учунٱللَّهَAllohniАллоҳниعَلَىٰ-ga-гаمَاnarsaнарсаهَدَىٰكُمْsizni hidoyatga boshlaganсизни ҳидоятга бошлаганوَلَعَلَّكُمْva shoyadkiва шоядкиتَشْكُرُونَshukr qilsangizшукр қилсангиз
TafsirТафсир

Avvalgi oyatda roʻza «sanoqli kunlar» farz qilingani aytilgan edi, bu oyatda oʻsha «sanoqli kunlar «Ramazon oyi» ekani bayon qilinyapti. Ayni chogʻda, Ramazon oyining fazli ham zikr etilyapti.

«Ramazon oyiki, unda odamlarga hidoyat hamda hidoyatu furqondan iborat ochiq bayonotlar boʻlib, Qurʼon tushirilgandir.»

Ramazon oyi yil ichidagi eng afzal oy hisoblanadi. Uning fazli haqida koʻplab hadisi shariflar, ulugʻ ulamolarning soʻzlari, madhlar, sheʼrlar aytilgan, kitoblar bitilgan. Lekin bu haqdagi taʼriflarning gultojisi Robbil Olamiynning Oʻz kalomida aytgan madhidir. Bu madh turli oyatlarda kelgan. Ushbu oyatdagi taʼrif Ramazoni sharifning eng ulkan fazilatlari haqidadir. Yaʼni:

«Unda odamlarga hidoyat hamda hidoyatu furqondan iborat ochiq bayonotlar boʻlib Qurʼon tushirilgandir».

Alloh taolo Oʻzining abadiy moʻʼjizasi, qiyomatgacha insoniyatga hidoyat boʻladigan kitobi Qurʼoni Karimni tushirish vaqti qilib Ramazoni sharif oyini ixtiyor qilganining oʻzi bu oyning fazilatini yuksakka koʻtargan. Endi esa, nur ustiga nur, fazilat ustiga fazilat qoʻshib, roʻza ibodatini ham shu Ramazon oyida tutishni farz qilmoqda.

«Sizdan kim u oyda hozir boʻlsa, roʻzasini tutsin.»

Kim ushbu Ramazon oyiga sogʻ-salomat yetsa, ramazonning yangi oyi shohidi boʻlsa yoki Ramazon oyi boshlanganining xabari unga yetsa, roʻzasini tutsin. Bu farmon umumiydir, lekin odamlarda yangi, umumiy farmon boʻldi, kim boʻlishidan qatʼinazar, hamma roʻza tutishi farz ekan, degan fikr paydo boʻlmasin uchun ushbu hukmdan istisno qilinganlar yana bir bor zikr etilmoqda:

«Kim bemor yoki safarda boʻlsa, sanogʻini boshqa kunlardan tutadir».

Soʻngra, roʻza tutish farziga muhabbatni oshirish uchun:

«Alloh sizlarga yengillikni xohlaydi va sizlarga qiyinchilikni xohlamas», deydi.

Doimo bandalarga yengillikni xohlash va ularni ogʻir mashaqqatli taklif ostida qoldirmaslik–Islom dinining asosiy va ulkan qoidasidir. Islom shariati osonlikka bino qilingan. Paygʻambarimiz alayhissalom sahobalardan Muoz ibn Jabal va Abu Muso al-Ashʼariy roziyallohu anhumolarni Yamanga yuborayotib, bashoratli soʻzlar aytinglar, nafrat qoʻzgʻatadiganini aytmanglar, yengillashtiringlar, qiyinlashtirmanglar, deganlar.

Ushbu roʻza tutish ibodatida ham Alloh taolo yengillik yoʻlini tutganini eslatmoqda. Hammaga roʻza tutish farz, desa, Allohning haqqi bor, hech kim eʼtiroz bildira olmaydi. Ammo u mehribon Zot, bemor va musofirlar oʻz vaqtida tutmasalar mayli, keyin tutib beradilar, dedi. Shuningdek, muddatni bir oy emas, ikki, uch, balki undan ham koʻproq oylarni farz qilsa boʻlardi. Bir oynigina farz qilishi ham yengillikdandir. Alloh taolo amr qilgan ibodatni soʻzsiz bajarish har bir bandaning burchi. «Nima uchun? Foydasi bormi, boʻlsa nimada?» kabi savollarni berishga hech kimning haqqi yoʻq. Lekin shunday boʻlsa ham, baʼzan iymon quvvatlanishi uchun, ilohiy farmonlarning moʻʼjizakorligini tasdiqlash uchun baʼzi maʼlumotlar zikr qilinadi. Qurʼon, Islom, roʻza kabi haqiqatlardan bexabar yoki xabardor boʻlsa ham, bu haqiqatlarni qaysarlik ila tan olmay kelayotgan hatto gʻayridin tib olimlari ham uzoq ilmiy izlanishlari, tajribalari davomida dinimiz buyurgan amallarning inson hayotiga naqadar foyda ekanini bilvosita tasdiqlamoqdalar. Jumladan, har bir inson sogʻ-salomat boʻlishi uchun, bir yilda hech boʻlmasa bir oy ixtiyoriy och qolishi kerak, degan xulosaga keldilar.

Uzr sababli roʻza tuta olmaganlar ajru savobdan bebahra qolmasinlar deb, Alloh taolo roʻzaning qazosini tutishni joriy qildi. Roʻza tutish ibodati Allohni ulugʻlash, unga shukr keltirishga arziydigan ibodatdir.

«Sanogʻini mukammal qilishingiz va sizni hidoyatga boshlagan Allohni ulugʻlashingiz uchun. Shoyadki, shukr qilsangiz!».

Ha, Islomdagi ibodatlarni farz qilib, bandalik burchini ado etishga, gunohlarni yuvishga, ajr-savob olishga sharoit yaratib bergan Alloh taoloni tinmay ulugʻlab, unga doimo shukr qilish kerak. Har bir farz ibodat bandada Alloh boshlagan hidoyatning qadriga yetish hissini kuchaytirishi kerak.

Kelasi oyatda gap duo haqida ketadi. Keyin yana roʻza haqida davom etadi. Buni ulamolarimiz, roʻza oyida, uning oxirida koʻplab duo bilan mashgʻul boʻlishga ishora, deb tushunganlar: