أَوْ كَصَيِّبٍ مِّنَ ٱلسَّمَآءِ فِيهِ ظُلُمَـٰتٌ وَرَعْدٌ وَبَرْقٌ يَجْعَلُونَ أَصَـٰبِعَهُمْ فِىٓ ءَاذَانِهِم مِّنَ ٱلصَّوَٰعِقِ حَذَرَ ٱلْمَوْتِ ۚ وَٱللَّهُ مُحِيطٌۢ بِٱلْكَـٰفِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki xuddi osmondan yomg`ir yog`ib, qorong`u bosib, momaqaldiroq va chaqmoq chaqqanda, yashindan qochib, panjalarini quloqlariga tiqib, o`limdan ehtiyot bo`layotgan odamga o`xsharlar. Va Alloh kofirlarni o`rab oluvchidir.Ёки худди осмондан ёмғир ёғиб, қоронғу босиб, момақалдироқ ва чақмоқ чаққанда, яшиндан қочиб, панжаларини қулоқларига тиқиб, ўлимдан эҳтиёт бўлаётган одамга ўхшарлар. Ва Аллоҳ кофирларни ўраб олувчидир.Alauddin Mansour: Yoki ular chaqmoq, momoguldurak, qorongʻuliklar bilan osmondan quyayotgan yomgʻir ostida yashindan qoʻrqqanlaridan panjalarini quloqlariga tiqib olgan hollarida oʻlim — halokatdan qochmoqchi boʻlib turgan kimsalar kabidirlar. Alloh esa kofirlarni oʻrab olguvchidir.Ёки улар чақмоқ, момогулдурак, қоронғуликлар билан осмондан қуяётган ёмғир остида яшиндан қўрққанларидан панжаларини қулоқларига тиқиб олган ҳолларида ўлим — ҳалокатдан қочмоқчи бўлиб турган кимсалар кабидирлар. Аллоҳ эса кофирларни ўраб олгувчидир.
Alloh taolo ushbu ikki oyatda munofiqlarning hayratlari, ikkilanishlari va umumiy ruhiy holatlarini momaqaldiroq boʻlib, chaqmoq chaqib, osmonni zulmat bosib, qattiq yomgʻir yoqqanda koʻchada qolgan bechora odamga oʻxshatadi. U, qoʻrqqanidan dahshatga tushib, yashindan qutulmoqchi boʻladi, panjalarini quloqlariga tiqib, shu meni oʻlimdan saqlaydi, deb turibdi.
Ular kufr va nifoq zulmatidadirlar: chaqmoq chaqqan paytdagi yorugʻdan foydalanib bir-ikki qadam bosa oladilar, chaqmoqdan keyin yana qorongʻuda turib qoladilar.
Ulamolarimiz, bu oyatdagi yomgʻirdan murod–Islom dini. Chunki yomgʻir yerni tiriltirganidek, Islom ham qalblarni tiriltiradi. Zulmat–munofiqlarning qalblaridagi shak-shubha. Momaqaldiroq– dinda kofiru munofiqlarga vaʼda qilingan azob va iqoblar haqidagi xabarlar. Chaqmoq esa–ularning qalbidagi saqlangan insoniy tuygʻular. Yashin–ularga yetadigan balolardir, deganlar.
Imom Ahmad Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz alayhissalom aytadilar:
«Qalblar toʻrt xil boʻladi: musaffo boʻlib, chirogʻdek nur sochadigan; gʻilofga solinib, gʻilofi bogʻlangan, toʻntarilgan va oʻzgaruvchan. Musaffo qalb moʻmin kishining qalbidir, uning nuri bor. Filofli qalb–kofirning qalbidir. Toʻntarilgan qalb–haqiqiy munofiqning qalbidir. Hamma narsani bilib turib inkor qiladi. Oʻzgaruvchan qalbda esa, iymon ham bor, nifoq ham bor. Undagi iymon xuddi toza suvdan foyda oladigan oʻsimlikka oʻxshaydi. Undagi nifoq qon aralash yiring oqib turgan yaraga oʻxshaydi. Ikkovidan qaysisi bosh- qa tarafdan gʻolib kelsa, qalbga ham gʻolib keladi».
Oʻtgan oyatlarda turli toifadagi insonlarning vasfini koʻrdik. Endi keladigan oyatda bashariyatga umumiy nido qilinib, ushbu vasflarning ichidagi yaxshi, manfaatli, sof, toʻgʻri, najotli vasfga ergashishga daʼvat etiladi.