يَكَادُ ٱلْبَرْقُ يَخْطَفُ أَبْصَـٰرَهُمْ ۖ كُلَّمَآ أَضَآءَ لَهُم مَّشَوْا۟ فِيهِ وَإِذَآ أَظْلَمَ عَلَيْهِمْ قَامُوا۟ ۚ وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ لَذَهَبَ بِسَمْعِهِمْ وَأَبْصَـٰرِهِمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Chaqmoq ularning ko`zini olib qo`yay deydi. Yorishgan paytda yurishar, qorong`i bo`lsa, to`xtashar. Agar Alloh xohlasa, ularning ko`zu quloqlarini ketkazur. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir.Чақмоқ уларнинг кўзини олиб қўяй дейди. Ёришган пайтда юришар, қоронғи бўлса, тўхташар. Агар Аллоҳ хоҳласа, уларнинг кўзу қулоқларини кетказур. Албатта, Аллоҳ ҳар бир нарсага қодирдир.Alauddin Mansour: Yashin koʻzlarini koʻr qilgudek boʻladi. U (atrofini) yoritganida yurib oladilar, oʻchganida turib qoladilar. Agar Alloh xohlasa quloq va koʻzlarini yoʻq qilgan boʻlur edi. Shubhasiz, Alloh har narsaga qodirdir.Яшин кўзларини кўр қилгудек бўлади. У (атрофини) ёритганида юриб оладилар, ўчганида туриб қоладилар. Агар Аллоҳ хоҳласа қулоқ ва кўзларини йўқ қилган бўлур эди. Шубҳасиз, Аллоҳ ҳар нарсага қодирдир.
Alloh taolo ushbu ikki oyatda munofiqlarning hayratlari, ikkilanishlari va umumiy ruhiy holatlarini momaqaldiroq boʻlib, chaqmoq chaqib, osmonni zulmat bosib, qattiq yomgʻir yoqqanda koʻchada qolgan bechora odamga oʻxshatadi. U, qoʻrqqanidan dahshatga tushib, yashindan qutulmoqchi boʻladi, panjalarini quloqlariga tiqib, shu meni oʻlimdan saqlaydi, deb turibdi.
Ular kufr va nifoq zulmatidadirlar: chaqmoq chaqqan paytdagi yorugʻdan foydalanib bir-ikki qadam bosa oladilar, chaqmoqdan keyin yana qorongʻuda turib qoladilar.
Ulamolarimiz, bu oyatdagi yomgʻirdan murod–Islom dini. Chunki yomgʻir yerni tiriltirganidek, Islom ham qalblarni tiriltiradi. Zulmat–munofiqlarning qalblaridagi shak-shubha. Momaqaldiroq– dinda kofiru munofiqlarga vaʼda qilingan azob va iqoblar haqidagi xabarlar. Chaqmoq esa–ularning qalbidagi saqlangan insoniy tuygʻular. Yashin–ularga yetadigan balolardir, deganlar.
Imom Ahmad Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz alayhissalom aytadilar:
«Qalblar toʻrt xil boʻladi: musaffo boʻlib, chirogʻdek nur sochadigan; gʻilofga solinib, gʻilofi bogʻlangan, toʻntarilgan va oʻzgaruvchan. Musaffo qalb moʻmin kishining qalbidir, uning nuri bor. Filofli qalb–kofirning qalbidir. Toʻntarilgan qalb–haqiqiy munofiqning qalbidir. Hamma narsani bilib turib inkor qiladi. Oʻzgaruvchan qalbda esa, iymon ham bor, nifoq ham bor. Undagi iymon xuddi toza suvdan foyda oladigan oʻsimlikka oʻxshaydi. Undagi nifoq qon aralash yiring oqib turgan yaraga oʻxshaydi. Ikkovidan qaysisi bosh- qa tarafdan gʻolib kelsa, qalbga ham gʻolib keladi».
Oʻtgan oyatlarda turli toifadagi insonlarning vasfini koʻrdik. Endi keladigan oyatda bashariyatga umumiy nido qilinib, ushbu vasflarning ichidagi yaxshi, manfaatli, sof, toʻgʻri, najotli vasfga ergashishga daʼvat etiladi.