يَـٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ ٱعْبُدُوا۟ رَبَّكُمُ ٱلَّذِى خَلَقَكُمْ وَٱلَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey odamlar, sizlarni va sizdan oldingilarni yaratgan Robbingizga ibodat qiling. Shoyadki, taqvodor bo`lsangiz.Эй одамлар, сизларни ва сиздан олдингиларни яратган Роббингизга ибодат қилинг. Шоядки, тақводор бўлсангиз.Alauddin Mansour: Ey insonlar, sizlarni va sizlardan ilgari oʻtganlarni taqvo egalari boʻlishingiz uchun yaratgan Parvardigoringizga ibodat qilingiz.Эй инсонлар, сизларни ва сизлардан илгари ўтганларни тақво эгалари бўлишингиз учун яратган Парвардигорингизга ибодат қилингиз.
Ushbu oyatda umumbasharga qarata nido etilmoqdaki, sizlarni yaratgan tarbiyakunandalaringiz ulugʻ Allohga ibodat qilinglar! Sizlarni yaratishda U yagona boʻlgan, endi yolgʻiz Oʻziga ibodat qilishingizga haqlidir. Ibodatdan maqsad–shoyadki, taqvodor boʻlsalaringiz.