QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят22

ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُمُ ٱلْأَرْضَ فِرَٰشًا وَٱلسَّمَآءَ بِنَآءً وَأَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً فَأَخْرَجَ بِهِۦ مِنَ ٱلثَّمَرَٰتِ رِزْقًا لَّكُمْ ۖ فَلَا تَجْعَلُوا۟ لِلَّهِ أَندَادًا وَأَنتُمْ تَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U sizlarga yerni to`shab, osmonni bino qilgan va osmondan suv tushirib, u bilan sizlarga mevalarni rizq qilib chiqargan Zotdir. Bilib turib Allohga boshqalarni tenglashtirmang.У сизларга ерни тўшаб, осмонни бино қилган ва осмондан сув тушириб, у билан сизларга меваларни ризқ қилиб чиқарган Зотдир. Билиб туриб Аллоҳга бошқаларни тенглаштирманг.Alauddin Mansour: U zot sizlar uchun Yerni qarorgoh, osmonni tom qilib qoʻydi va osmondan suv tushirib, uning yordamida sizlarga rizq boʻlsin, deb mevalar chiqardi. Bas, bilib turib oʻzgalarni Allohga tenglashtirmang.У зот сизлар учун Ерни қароргоҳ, осмонни том қилиб қўйди ва осмондан сув тушириб, унинг ёрдамида сизларга ризқ бўлсин, деб мевалар чиқарди. Бас, билиб туриб ўзгаларни Аллоҳга тенглаштирманг.

4-sahifa · 1-juz · 1-hizb4-саҳифа · 1-жуз · 1-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلَّذِىu zotу зотجَعَلَqilganқилганلَكُمُsizlargaсизларгаٱلْأَرْضَyerniерниفِرَٰشًۭاtoʻshakтўшакوَٱلسَّمَآءَva osmonniва осмонниبِنَآءًۭbinoбиноوَأَنزَلَva tushirdiва туширдиمِنَ-dan-данٱلسَّمَآءِosmonосмонمَآءًۭsuvсувفَأَخْرَجَbas chiqardiбас чиқардиبِهِۦu bilanу биланمِنَ-dan-данٱلثَّمَرَٰتِmevalarмеваларرِزْقًۭاrizq qilibризқ қилибلَّكُمْ ۖsizlargaсизларгаفَلَاbas emasбас эмасتَجْعَلُوا۟tenglashtiringтенглаштирингلِلَّهِAllohgaАллоҳгаأَندَادًۭاtengdoshlarтенгдошларوَأَنتُمْva sizlarва сизларتَعْلَمُونَbilib turibбилиб туриб
TafsirТафсир

Yerni Alloh inson uchun yashashga oson qilib toʻshab qoʻyganining maʼnosi, yer inson hayotiga zarur barcha qulayliklarni oʻzida mujassam qilgan bir maskanga aylantirilganligidir. Lekin odam bolasi bu qulayliklar ichra yashab, koʻzi oʻrganib qolganidan, unga eʼtibor bermaydi. Yerdagi mavjud narsalardan birortasi yoʻqolib qolsa, bu holat buzilib, yer yuzida hozirgiday farogʻatda yashab boʻlmas edi.

Osmonning bino–tom qilib qoʻyilishi ham xuddi shunday. Bu ulkan binoning tuzilishi ozgina oʻzgarishga uchrasa, uning ostida insonning yashashi qiyinlashib qolishi turgan gap.

Osmondan suv tushirilishi esa, Allohning qudrati sifatida Qurʼoni Karimda tez-tez takrorlanadigan misoldir. Allohning bu neʼmatini esga olib turish uchun ham bu misol koʻp keltiriladi. Chunki, suvsiz hayot yoʻq. Alloh bermasa, uni hech kim oʻzi yarata olmaydi. Demak, insonni yaratgan Alloh ekan, insonning qulay yashashi uchun yerni toʻshak, osmonni bino, yomgʻirni rizq qilgan ham Allohning Oʻzidir. Shunday boʻlgach, inson bilib turib Allohga boshqalarni tenglashtirmasligi lozim. Eʼtiqodda ham, ibodatda ham yagona Allohning Oʻzini deyishi kerak. Unga hech kimni, hech narsani hech qachon tenglashtirib boʻlmaydi. Allohga boshqani tenglashtirish but-sanamlarga sigʻinish suratida, Allohdan boshqadan biror narsani umid qilish bilan, boshqa biror shaxs yoki kuchdan qoʻrqish bilan, naf yoki zarar Allohdan boshqadan keladi, deb eʼtiqod qilish bilan boʻladi.

Ulugʻ sahobiy Abdulloh ibn Abbosdan rivoyat qilinadiki, u kishi aytibdilar:

«Tenglashtiriladiganlar shirkdir. U, qorongʻu kechada, qora tosh ustida qumursqa oʻrmalagandan ham maxfiyroqdir. U, Alloh bilan va sening hayoting bilan, ey Falonchi, va mening hayotim bilan qasam, deyish orqali ham yuzaga keladi. Manavi it yo gʻoz boʻlmaganida, biznikiga oʻgʻri kirardi, deyish bilan ham yuzaga keladi. Bir odamga Alloh xohlasa va sen xohlasang, desa ham, Alloh va Falonchi boʻlmaganida, deyish bilan ham yuzaga keladi. Buning hammasi shirkdir».

Hadisda aytilishicha, bir kishi Paygʻambar alayhissalomga:

«Alloh xohlasa va siz xohlasangiz», deganida, u zoti bobarakot:

«Meni Allohga tenglashtirasanmi?» degan ekanlar. Bu masalada juda ham xushyor boʻlishimiz kerak.

Mushriklar Muhammad alayhissalomning Paygʻambarliklariga shubha qilib, shak keltirganlaridek, yahudiylar va munofiqlar ham shak keltirardilar. Shuning uchun, Qurʼoni Karim ularning barchasiga nido qilib, ochiq-oydin hujum qiladi: