وَإِن كُنتُمْ فِى رَيْبٍ مِّمَّا نَزَّلْنَا عَلَىٰ عَبْدِنَا فَأْتُوا۟ بِسُورَةٍ مِّن مِّثْلِهِۦ وَٱدْعُوا۟ شُهَدَآءَكُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ إِن كُنتُمْ صَـٰدِقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va agar bandamizga tushirgan narsamizga shakingiz bo`lsa, unga o`xshash bir sura keltiring va rost so`zlovchilardan bo`lsangiz, Allohdan o`zga guvohlaringizni chaqiring.Ва агар бандамизга туширган нарсамизга шакингиз бўлса, унга ўхшаш бир сура келтиринг ва рост сўзловчилардан бўлсангиз, Аллоҳдан ўзга гувоҳларингизни чақиринг.Alauddin Mansour: Agar biz bandamizga tushirgan narsadan (Qurʼondan) shak-shubhada boʻlsangiz, u holda shunga oʻxshagan birgina sura keltiring va Allohdan oʻzga guvohlaringizni chaqiring – agar rostgoʻy boʻlsangiz.Агар биз бандамизга туширган нарсадан (Қуръондан) шак-шубҳада бўлсангиз, у ҳолда шунга ўхшаган биргина сура келтиринг ва Аллоҳдан ўзга гувоҳларингизни чақиринг – агар ростгўй бўлсангиз.
Yaʼni, Biz bandamiz Muhammad alayhissalomga tushirgan Qurʼonga sizning shak-shubhangiz boʻlsa, bu Allohdan emas, Muhammad oʻzi toʻqib olgan, demoqchi boʻlsangiz, ushbu Qurʼon suralariga oʻxshash bitta surani oʻzingiz keltiring-chi?! Va bu ishga Allohdan boshqa guvohlaringizni keltiring, ular sizning rostgoʻyligingizga guvohlik bersinlar. Chunki, Alloh Oʻz bandasi Muhammad alayhissalomning sodiqligiga Oʻz guvohligini berib boʻldi.
Ushbu oyat tushgan paytda qilingan chaqiriq hozirgacha, bundan soʻng qiyomatgacha ham bardavomdir. Qanchadan-qanchalar Qurʼonga oʻxshash narsa keltiraman deb, urinib-urinib, qoʻlidan hech narsa kelmay oʻtib ketdi. Hozirgi kungacha Qurʼon oʻzining inson soʻzidan ustunligini ochiq-oydin namoyon etib kelmoqda va shunday boʻlib qoladi ham. Chunki, Alloh taolo kelasi oyatda buning vaʼdasini berib qoʻygan: