QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят24

فَإِن لَّمْ تَفْعَلُوا۟ وَلَن تَفْعَلُوا۟ فَٱتَّقُوا۟ ٱلنَّارَ ٱلَّتِى وَقُودُهَا ٱلنَّاسُ وَٱلْحِجَارَةُ ۖ أُعِدَّتْ لِلْكَـٰفِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, agar qila olmasanglar, hech qachon qila olmaysizlar ham, yoqilg`isi odamlar va tosh bo`lgan, kofirlar uchun tayyorlangan o`tdan qo`rqinglar.Бас, агар қила олмасанглар, ҳеч қачон қила олмайсизлар ҳам, ёқилғиси одамлар ва тош бўлган, кофирлар учун тайёрланган ўтдан қўрқинглар.Alauddin Mansour: Endi agar bunday qilolmasangiz — hargiz qilolmaysiz ham — u holda odamlar va toshlar oʻtin boʻladigan, kofirlar uchun tayyorlab qoʻyilgan doʻzaxdan qoʻrqing.Энди агар бундай қилолмасангиз — ҳаргиз қилолмайсиз ҳам — у ҳолда одамлар ва тошлар ўтин бўладиган, кофирлар учун тайёрлаб қўйилган дўзахдан қўрқинг.

4-sahifa · 1-juz · 1-hizb4-саҳифа · 1-жуз · 1-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَإِنbas agarбас агарلَّمْemasэмасتَفْعَلُوا۟qila olsangizқила олсангизوَلَنva hech qachon emasва ҳеч қачон эмасتَفْعَلُوا۟qila olasizқила оласизفَٱتَّقُوا۟bas qoʻrqinglarбас қўрқингларٱلنَّارَoʻtdanўтданٱلَّتِىundakiундакиوَقُودُهَاyoqilgʻisiёқилғисиٱلنَّاسُodamlarодамларوَٱلْحِجَارَةُ ۖva toshва тошأُعِدَّتْtayyorlanganтайёрланганلِلْكَـٰفِرِينَkofirlar uchunкофирлар учун
TafsirТафсир

Alloh subhonahu va taoloning,

«hech qachon qila olmaysizlar ham», deyishi ulkan moʻʼjizadir.

Odatda, bir taraf ikkinchi taraf bilan tortishib, uni mot qilmoqchi boʻlganida, oʻzidagi eng kuchli xususiyatni yuzaga chiqarib raqibni yengmoqchi boʻladi. Shu bilan birga, mazkur xususiyatdan ozgina boʻlsa ham raqibida borligini bilsa, sharmanda boʻlmay deb, ortiqcha maqtanmasdan, hadiksirib turadi. Ushbu tortishuvda esa, dunyoning hammasi toʻplanib kelganda ham Qurʼon suralaridan bittasiga oʻxshash surani hech qachon keltira olmasligi taʼkidlab aytilmoqda. Qurʼonning kichik surasi uch oyatli boʻlib, qisqa sura hisoblanadi. Ushbu oyatda hech boʻlmasa, ana shu uch oyatli kichik suraga oʻxshash sura keltirish talabi bor. Agar U haqiqiy ilohiy kalom boʻlmaganida, bu darajada ochiq, ojiz qoldiruvchi soʻz aytmagan boʻlar edi. Ikkinchi tarafdan, mana, ming toʻrt yuz yildan oshdiki, hech kim bu chaqiriqni rad qila olmayapti. Qaytaga, arablarning oʻzi ham oʻz tillarida ojizlashib ketdi va ketmoqdalar.

Qurʼoni Karimning ilohiy kitobligiga shak-shubha bildiruvchilar bu daʼvolarini hech qachon tasdiqlay olmaydilar, tasdiqlay olmasliklari aniq ham. Demak, doʻzaxdan qoʻrqsinlar. Iymon keltirsinlar. U doʻzaxning yoqilgʻisi odamlardan va toshlardan boʻladi. Odamlar oʻzlari yonaversa, azobning alami uncha baland boʻlmay qoladi deb, yanada qattiq isitish uchun, tosh ham tashlab qoʻyilgan. Bu doʻzax kofirlar uchun tayyorlab qoʻyilgandir. Qurʼonni inkor qiluvchilar esa, ayni kofirlardir.

Kofirlarga shunday qattiq azob boʻlib turgan bir paytda moʻmin- musulmonlar jannatda rohat-farogʻatda boʻladilar. Ularning saodatli hollarini kelasi oyat bayon qiladi: