QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят190

وَقَـٰتِلُوا۟ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ٱلَّذِينَ يُقَـٰتِلُونَكُمْ وَلَا تَعْتَدُوٓا۟ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ ٱلْمُعْتَدِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizga urush qilayotganlarga qarshi Allohning yo`lida urush qiling. Va tajovuzkor bo`lmang. Albatta, Alloh tajovuzkor bo`lganlarni xush ko`rmas.Сизга уруш қилаётганларга қарши Аллоҳнинг йўлида уруш қилинг. Ва тажовузкор бўлманг. Албатта, Аллоҳ тажовузкор бўлганларни хуш кўрмас.Alauddin Mansour: Sizlarga qarshi urushuvchilar bilan Alloh yoʻlida jang qilingiz va tajovuzkor boʻlmangiz! Shubhasiz, Alloh tajovuzkorlarni sevmaydi.Сизларга қарши урушувчилар билан Аллоҳ йўлида жанг қилингиз ва тажовузкор бўлмангиз! Шубҳасиз, Аллоҳ тажовузкорларни севмайди.

29-sahifa · 2-juz · 3-hizb29-саҳифа · 2-жуз · 3-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَـٰتِلُوا۟va urush qilingва уруш қилингفِى-da-даسَبِيلِyoʻlidaйўлидаٱللَّهِAllohningАллоҳнингٱلَّذِينَoʻshalarga qarshiўшаларга қаршиيُقَـٰتِلُونَكُمْsizga urush qilayotganlargaсизга уруш қилаётганларгаوَلَاva emasва эмасتَعْتَدُوٓا۟ ۚtajovuzkor boʻlmangтажовузкор бўлмангإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳلَاemasэмасيُحِبُّxush koʻrarхуш кўрарٱلْمُعْتَدِينَtajovuzkorlarniтажовузкорларни
TafsirТафсир

Alloh taolo ushbu oyatda musulmonlarga oʻzlariga qarshi urushayotganlar bilan Allohning yoʻlida jang qilishni amr qilmoqda:

«Sizga urush qilayotganlarga qarshi Allohning yoʻlida urush qiling».

Bu yerda ikki narsaga alohida eʼtiborni qaratish lozim. Birinchisi–qarshi urushayotganlar bilan jang qilish. Yaʼni, qarshi urushmayotganlarga tegmaslik. Ikkinchisi–Allohning yoʻlida jang qilish. Boshqa yoʻlda emas.

Jangu jadal, odatda, odamni tavozindan chiqarib, tajovuzkor boʻlishga olib keladi. Urushning qiyinchiligini boshidan oʻtkazgan odam baʼzi holatlarda tajovuzkorlikni ham oddiy holat deb tushunadi. Alloh taolo oʻshanday tajovuzkorlik musulmonlarga umuman toʻgʻri kelmasligini anglatib:

«Va tajovuzkor boʻlmang. Albatta, Alloh tajovuzkorlarni xush koʻrmas», demoqda. Urushdagi tajovuzkorlik–dushmanni qiynab oʻldirish, oʻlgandan soʻng aʼzolarini kesish, ayol kishilar, yosh bolalar, qari odamlarni oʻldirish, hayvonlarni bekorga oʻldirish va daraxtlarni hojatsiz kesish kabi ishlardan iboratdir.

Imom Muslim Burayda roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambar alayhissalom:

«Allohning yoʻlida gʻazot qiling. Kim Allohga kufr keltirsa, uni qatl eting. Gʻazot qiling, haddan oshmang, aldamchilik qilmang. Qiynab oʻldirmang. Bolalarni va ibodatxonalarda ibodat qilayotganlarni oʻldirmang», deganlar.

Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyat qilgan hadisda Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu aytadilarki,

«Gʻazotlardan birida Paygʻambar alayhissalom oʻldirilgan ayol kishini koʻrib, achindilar va ayol kishilarni, yosh bolalarni oʻldirishni man qildilar».

Ulamolarimiz: «oʻldirilishi man qilingan bu shaxslar mabodo musulmonlarga qarshi urushda ishtirok qilsalar, holat oʻzgaradi va ularni ham oʻldirish joiz boʻladi» deganlar.