QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят191

وَٱقْتُلُوهُمْ حَيْثُ ثَقِفْتُمُوهُمْ وَأَخْرِجُوهُم مِّنْ حَيْثُ أَخْرَجُوكُمْ ۚ وَٱلْفِتْنَةُ أَشَدُّ مِنَ ٱلْقَتْلِ ۚ وَلَا تُقَـٰتِلُوهُمْ عِندَ ٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ حَتَّىٰ يُقَـٰتِلُوكُمْ فِيهِ ۖ فَإِن قَـٰتَلُوكُمْ فَٱقْتُلُوهُمْ ۗ كَذَٰلِكَ جَزَآءُ ٱلْكَـٰفِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularni topgan yeringizda qatl qiling. Va sizlarni chiqargan joydan ularni ham chiqaring. Fitna qatl etishdan ham yomonroqdir. Masjidul Harom oldida sizga qarshi urushmagunlaricha, siz urushmang. Agar urushsalar, bas, siz ham urushing. Kofirlarning jazosi shunday.Уларни топган ерингизда қатл қилинг. Ва сизларни чиқарган жойдан уларни ҳам чиқаринг. Фитна қатл этишдан ҳам ёмонроқдир. Масжидул Ҳаром олдида сизга қарши урушмагунларича, сиз урушманг. Агар урушсалар, бас, сиз ҳам урушинг. Кофирларнинг жазоси шундай.Alauddin Mansour: Ularni (sizlar bilan urush olib borayotganlarni) topgan joyingizda oʻldiringiz va sizlarni (quvib) chiqargan joy (yaʼni, Makka)dan ularni ham quvib chiqaringiz! (Odamlarni) aldab, fitnaga solish oʻldirishdan yomonroqdir. Oʻzlari urush boshlaguncha ular bilan Masjidul-Harom oldida urushmangiz! Bas, agar oʻzlari urush boshlasalar, u holda ularni oʻldiringlar! Kofirlarning jazosi shunday boʻladi.Уларни (сизлар билан уруш олиб бораётганларни) топган жойингизда ўлдирингиз ва сизларни (қувиб) чиқарган жой (яъни, Макка)дан уларни ҳам қувиб чиқарингиз! (Одамларни) алдаб, фитнага солиш ўлдиришдан ёмонроқдир. Ўзлари уруш бошлагунча улар билан Масжидул-Ҳаром олдида урушмангиз! Бас, агар ўзлари уруш бошласалар, у ҳолда уларни ўлдиринглар! Кофирларнинг жазоси шундай бўлади.

30-sahifa · 2-juz · 3-hizb30-саҳифа · 2-жуз · 3-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱقْتُلُوهُمْva ularni qatl qilingва уларни қатл қилингحَيْثُqayerdaқаердаثَقِفْتُمُوهُمْularni topsangizуларни топсангизوَأَخْرِجُوهُمva ularni chiqaringва уларни чиқарингمِّنْ-dan-данحَيْثُjoyжойأَخْرَجُوكُمْ ۚsizlarni chiqarganсизларни чиқарганوَٱلْفِتْنَةُva fitnaва фитнаأَشَدُّyomonroqdirёмонроқдирمِنَ-dan-данٱلْقَتْلِ ۚqatl etishқатл этишوَلَاva emasва эмасتُقَـٰتِلُوهُمْular bilan urushmangулар билан урушмангعِندَoldidaолдидаٱلْمَسْجِدِMasjidulМасжидулٱلْحَرَامِHaromҲаромحَتَّىٰtoтоيُقَـٰتِلُوكُمْsizga qarshi urushmagunlarichaсизга қарши урушмагунларичаفِيهِ ۖundaундаفَإِنbas, agarбас, агарقَـٰتَلُوكُمْsiz bilan urushsalarсиз билан урушсаларفَٱقْتُلُوهُمْ ۗbas, ularni qatl qilingбас, уларни қатл қилингكَذَٰلِكَshundayшундайجَزَآءُjazosiжазосиٱلْكَـٰفِرِينَkofirlarningкофирларнинг
TafsirТафсир

Musulmonlarga qarshi urush ochganlarni qayerda boʻlsa, oʻsha yerda oʻldirishga buyurilmoqda:

«Ularni topgan yeringizda qatl qiling. Va sizlarni chiqargan joydan ularni ham chiqaring».

Musulmonlar oʻzlarini xor qilishga, kamsitishga yoʻl qoʻymaydilar. Kim ularga qarshi urush ochsa, urushadilar va kim diyorlaridan chiqarsa, ularni ham oʻsha joydan chiqaradilar.

Urush yomon narsa, lekin sharoit majbur qilgach, urushga kirmay iloji yoʻq. Musulmonlarni urushga majbur qiladigan eng muhim omillardan biri–dinlariga moneʼlik qilinishidir. Kishilarni dinidan qaytarishni Qurʼoni Karim «fitna» deb ataydi va uni odam oʻldirishdan ham yomonroq ish deb baholaydi:

«Fitna – qatl etishdan ham yomonroqdir».

Inson uchun dinidan qaytish, diniy amallarni bajarishdan bebahra boʻlish oʻlimdan koʻra yomonroqdir. Islomda vijdon erkinligiga shunday nazar bilan qaraladi.

Urush hamma joyda ham mumkin emas, xususan, Masjidul Haromda urush qilib boʻlmaydi. Ushbu maqomda Masjidul Harom deyilganda faqat Kaʼbai Muazzama atrofidagi masjid tushunilmasligi kerak. Qurʼoni Karimda «Masjidul Harom» iborasi bir necha maʼnoda ishlatiladi. Bu oyatda «haram» maʼnosida kelmoqda. Haram esa, Makkai Mukarrama shahri atrofida belgilangan maxsus chegara ila oʻralgan, shahar va uning atrofidagi maʼlum joylarni oʻz ichiga olgan mintaqadir. Bu hudud, Paygʻambarimizdan rivoyat qilingan hadisda aytilishicha, Alloh taolo osmonlaru yerni yaratgan kunida harom qilingan. U Allohning hurmati ila qiyomat kunigacha haromdir: daraxti kesilmaydi, oʻsimligi yulinmaydi, hayvonlari ovlanmaydi va urush qilib boʻlmaydi.

Bu hukm johiliyat vaqtida ham joriy qilinar edi. Bir-birlari bilan doimo urush qilib yuradigan arab qabilalari ham haram hududida oʻz dushmanlarini koʻrib qolsa, unga tegmasdi. Ammo mushriklar ushbu odatni buzib, Paygʻambarimiz alayhissalom boshchiliklaridagi musulmonlar umraga kelganlarida yoʻllarini toʻsdilar. Ular bilan urushmoqchi boʻldilar. Oʻz-oʻzidan: «Bunday holatda musulmonlar nima qilishi kerak?» degan savol paydo boʻldi. Oyatda ushbu savolga javob kelmoqda.

«Masjidul Harom oldida sizga qarshi urushmagunlaricha, siz urushmang. Agar urushsalar, bas, siz ham urushing. Kofirlarning jazosi shunday».