وَقَـٰتِلُوهُمْ حَتَّىٰ لَا تَكُونَ فِتْنَةٌ وَيَكُونَ ٱلدِّينُ لِلَّهِ ۖ فَإِنِ ٱنتَهَوْا۟ فَلَا عُدْوَٰنَ إِلَّا عَلَى ٱلظَّـٰلِمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Fitna bo`lmasligi va din Allohga bo`lishi uchun ular bilan jang qiling. Agar to`xtasalar, zolimlardan boshqalarga dushmanlik yo`q.Фитна бўлмаслиги ва дин Аллоҳга бўлиши учун улар билан жанг қилинг. Агар тўхтасалар, золимлардан бошқаларга душманлик йўқ.Alauddin Mansour: To fitna tugab, butun din Alloh uchun boʻlgunga qadar ular bilan urushingiz! Endi agar toʻxtasalar, u holda sizlar ham toʻxtangiz! Zero, faqat zolimlarga qarshi dushmanlik qilish mumkin.То фитна тугаб, бутун дин Аллоҳ учун бўлгунга қадар улар билан урушингиз! Энди агар тўхтасалар, у ҳолда сизлар ҳам тўхтангиз! Зеро, фақат золимларга қарши душманлик қилиш мумкин.
Bu oyatlarda kelgan «fitna» soʻzining maʼnosi avval ham aytib oʻtildi, yaʼni, kishilarni dindan qaytarish, dinga qarshi harakat qilish fitnadir. U qatl etishdan ham yomonroqdir. Ushbu oyati karima musulmonlarni urushga kirishga majbur qiladigan sabablarni bayon qilmoqda, fitna boʻlmasligi uchun va din Allohga boʻlishi uchun, deyilmoqda.
«Fitna boʻlmasligi va din Allohga boʻlishi uchun ular bilan jang qiling.»
Demak, musulmonlar insoniyatga yomonlikni ravo koʻrib, odamlarni dindan qaytarib, ularga Alloh bergan yaxshilikdan toʻsadiganlarga qarshi urushga kirar ekanlar.
«Agar toʻxtasalar, zolimlardan boshqalarga dushmanlik yoʻq».
Zulmdan, kufrdan qaytsalar, ularga dushmanlik yoʻq. Avval urushni kimlar bilan, soʻng qaysi makonda qilishlikning bayoni keldi. Haram hududi urush qilib boʻlmaydigan makon ekanligi aytilib, u yerda noiloj qolgandagina urushish mumkinligi aytildi. Endi esa, urush qilib boʻlmaydigan zamon haqida soʻz ketadi: