QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят194

ٱلشَّهْرُ ٱلْحَرَامُ بِٱلشَّهْرِ ٱلْحَرَامِ وَٱلْحُرُمَـٰتُ قِصَاصٌ ۚ فَمَنِ ٱعْتَدَىٰ عَلَيْكُمْ فَٱعْتَدُوا۟ عَلَيْهِ بِمِثْلِ مَا ٱعْتَدَىٰ عَلَيْكُمْ ۚ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ مَعَ ٱلْمُتَّقِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Harom oyga harom oy. Harom qilingan narsalarda qasos bor. Kim sizga dushmanlik qilsa, siz ham unga shunga o`xshash dushmanlik qiling. Va Allohga taqvo qiling hamda, bilingki, albatta, Alloh taqvodorlar bilandir.Ҳаром ойга ҳаром ой. Ҳаром қилинган нарсаларда қасос бор. Ким сизга душманлик қилса, сиз ҳам унга шунга ўхшаш душманлик қилинг. Ва Аллоҳга тақво қилинг ҳамда, билингки, албатта, Аллоҳ тақводорлар биландир.Alauddin Mansour: Urush harom qilingan oy urush harom qilingan oy muqobilida boʻladi. Hurmatlar (buzilsa, rioya qilinmasa) qasos (olinadi). Bas, kim sizlarga tajovuz qilsa, sizlar ham ularga tajovuzlari muqobilida tajovuz qiling! Va Allohdan qoʻrqingiz! Bilinglarki, Alloh Oʻzidan qoʻrquvchilar bilan birgadir.Уруш ҳаром қилинган ой уруш ҳаром қилинган ой муқобилида бўлади. Ҳурматлар (бузилса, риоя қилинмаса) қасос (олинади). Бас, ким сизларга тажовуз қилса, сизлар ҳам уларга тажовузлари муқобилида тажовуз қилинг! Ва Аллоҳдан қўрқингиз! Билингларки, Аллоҳ Ўзидан қўрқувчилар билан биргадир.

30-sahifa · 2-juz · 3-hizb30-саҳифа · 2-жуз · 3-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلشَّهْرُoyойٱلْحَرَامُharomҳаромبِٱلشَّهْرِoygaойгаٱلْحَرَامِharomҳаромوَٱلْحُرُمَـٰتُva harom qilingan narsalardaва ҳаром қилинган нарсалардаقِصَاصٌۭ ۚqasos borқасос борفَمَنِbas, kimбас, кимٱعْتَدَىٰdushmanlik qilsaдушманлик қилсаعَلَيْكُمْsizgaсизгаفَٱعْتَدُوا۟bas, siz ham dushmanlik qilingбас, сиз ҳам душманлик қилингعَلَيْهِungaунгаبِمِثْلِshunga oʻxshashшунга ўхшашمَا(u) narsaga(у) нарсагаٱعْتَدَىٰu dushmanlik qilganу душманлик қилганعَلَيْكُمْ ۚsizgaсизгаوَٱتَّقُوا۟va taqvo qilingва тақво қилингٱللَّهَAllohgaАллоҳгаوَٱعْلَمُوٓا۟va bilingkiва билингкиأَنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳمَعَbilandirбиландирٱلْمُتَّقِينَtaqvodorlarтақводорлар
TafsirТафсир

Oyati karimadagi «Ash-shahrul-haromu» deb kelgan taʼbirni «harom oy» deb tarjima qildik. «Harom oy» degani urush harom qilingan oy, deganidir. Alloh taolo Harami sharif hududini tinchlik-omonlik makoni qilib qoʻyganidek, zulqaʼda, muharram va rajab oylarini tinchlik-omonlik zamoni qilib qoʻydi. Ushbu oylarda urush qilib boʻlmaydi. Johiliyat ahli ham bu hukmga qattiq rioya qilar edilar. Ular yil davomida turli bahonalar topib bir- birlari bilan qirpichoq boʻlib urushsalar ham, (urush) harom qilingan oylar kelib qolsa, taqqa toʻxtab qolar edilar. Hatto oʻsha oylarda otasi yoki bolasini oʻldirgan odam oldidan oʻtsa ham, unga tegmasdilar. Ammo mushriklar Paygʻambar alayhissalom boshliq musulmonlar Madiynai Munavvaradan zul-qaʼda oyida–urush harom qilingan oyda umraga kelganlarida, ularning yoʻllarini toʻsdilar va urush qilmoqchi boʻldilar. Ushbu oyati karima ularning taraddudlariga javob boʻlib keldi.

«Harom oyga harom oy», yaʼni, kim urush harom qilgan oyning hurmatini buzsa, unga bu oy bergan hurmatlar bekor qilinadi. Agar u bu oyni hurmat qilmay urush boshlasa, unga qarshi urush qilinadi.

«Harom qilingan narsalarda qasos bor», yaʼni, harom qilingan narsani kim qanday buzsa, oʻshanga yarasha jazosi beriladi, undan qasos olinadi.

Musulmonlarga qarshi urush ochib, harom qilingan narsani buzib tajovuzkorlik qilganlardan oʻch olinadi. Ammo, oʻch olishda maʼlum chegara boʻlib, musulmonlar undan chiqmaydilar. Qilgan dushmanligiga yarasha javob qilinadi, oshirib yuborilmaydi yoki kamaytirib qoʻyilmaydi:

«Kim sizga dushmanlik qilsa, siz ham unga oʻxshash dushmanlik qiling».

Albatta, bu ishlarni amalga oshirish qiyin, ayniqsa, dushmanlik qilib achchiqni chiqargan odam bilan boʻladigan muomalada. Shuning uchun ham, taqvo zarur. Allohdan qoʻrqadiganlargina bunday ulkan ishni amalga oshirishlari mumkin. Shuning uchun ham, oyatning oxirida:

«Va Allohga taqvo qiling hamda, bilingki, albatta, Alloh taqvodorlar bilandir», demoqda.

Eʼtibor beradigan boʻlsak, nafaqat Allohga ibodat qilganda yoki odamlar bilan muomala qilganda, balki, dushman bilan urishayotganda ham taqvo zarur ekan. Alloh taolo urush haqidagi oyati karimani ham taqvoga amr qilish bilan yakunlamoqda.

Alloh taolo musulmonlarga jihodni, Allohning yoʻlida kofirlarga qarshi urushni farz qilganda, ular shavq-zavq bilan jihodga chiqdilar. Ular oʻzlari ulov topib, qurol topib, oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa kerakli narsalarni topib, jihodga chiqishar va shahid boʻlishga oshiqishardi. Hech kim mujohidlarga qurol, oziq-ovqat yoki boshqa narsalarni topib bermas edi. Shu bilan birga, kambagʻal musulmonlar jihodga chiqishga molu pullari yoʻqligidan zorlanishib, Paygʻambar alayhissalomning oldilariga kelib, ularni ham jihodga olib borishni soʻrashar edi. Bu ishlarning hammasiga pul-mol kerak edi. Shuning uchun ham, Alloh taolo kelasi oyatda Allohning yoʻlida nafaqa qilishga amr qilmoqda: