QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят195

وَأَنفِقُوا۟ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَلَا تُلْقُوا۟ بِأَيْدِيكُمْ إِلَى ٱلتَّهْلُكَةِ ۛ وَأَحْسِنُوٓا۟ ۛ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلْمُحْسِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Allohning yo`lida nafaqa qiling. O`zingizni halokatga duchor qilmang. Ehson qiling, albatta, Alloh ehson qiluvchilarni xush ko`radir.Ва Аллоҳнинг йўлида нафақа қилинг. Ўзингизни ҳалокатга дучор қилманг. Эҳсон қилинг, албатта, Аллоҳ эҳсон қилувчиларни хуш кўрадир.Alauddin Mansour: Alloh yoʻlidagi (kurash uchun mollaringizni) sarflanglar! Va (baxillik qilish bilan) oʻzingizni halokatga tashlamang! Yaxshilik qiling! Albatta, Alloh yaxshilik qilguvchilarni sevadi.Аллоҳ йўлидаги (кураш учун молларингизни) сарфланглар! Ва (бахиллик қилиш билан) ўзингизни ҳалокатга ташламанг! Яхшилик қилинг! Албатта, Аллоҳ яхшилик қилгувчиларни севади.

30-sahifa · 2-juz · 3-hizb30-саҳифа · 2-жуз · 3-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَنفِقُوا۟va nafaqa qilingва нафақа қилингفِى-da-даسَبِيلِyoʻlidaйўлидаٱللَّهِAllohningАллоҳнингوَلَاva emasва эмасتُلْقُوا۟oʻzingizni tashlamangўзингизни ташламангبِأَيْدِيكُمْoʻz qoʻllaringiz bilanўз қўлларингиз биланإِلَى-ga-гаٱلتَّهْلُكَةِ ۛhalokatҳалокатوَأَحْسِنُوٓا۟ ۛva ehson qilingва эҳсон қилингإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳيُحِبُّxush koʻradiхуш кўрадиٱلْمُحْسِنِينَehson qiluvchilarniэҳсон қилувчиларни
TafsirТафсир

Bu oyati karimada Alloh taolo musulmonlarni Oʻzining yoʻlida pul-mol nafaqa qilishga amr qilmoqda.

«Va Allohning yoʻlida nafaqa qiling.»

Bunga jihod uchun ham, boshqa xayrli ishlar uchun ham nafaqa qilish kiradi.

«Oʻzingizni halokatga duchor qilmang» jumlasida bir necha xil maʼno bor.

Biri: Allohning yoʻlida nafaqa qilmay, oʻzingizni halokatga duchor qilmang. Yaʼni, baxilligingiz halokatga sabab boʻlmasin, degani.

Yana bir maʼnosi: oʻzingizni oʻzingiz oʻldirmang. Bir kishi oʻzining oʻlimiga oʻzi sabab boʻlsa, oʻzini oʻzi oʻldirdi, deyiladi. Shunga oʻxshagan boʻlmasin, degani.

Imom Olusiy, ushbu oyatdan oʻlimga sabab boʻladigan narsaga bormaslik chiqadi, deganlar. Oyatning oxirida jihod va nafaqa bilan kifoyalanib qolmasdan ehson darajasiga koʻtarilishga amr boʻladi.

«Ehson qiling, albatta, Alloh ehson qiluvchilarni xush koʻradir».

Ehsonning haqiqiy maʼnosini esa, Paygʻambarimiz alayhissalom: «Ehson–Allohga uni koʻrib turgandek ibodat qilishingdir. Agar koʻrmasang, u seni koʻrib turgandek ibodat qilishdir», deb taʼriflaganlar.

Ushbu oyati karimalar urush haqida tushgan birinchi oyatlar hisoblanadi. Bungacha Alloh taolo musulmonlarga urushga ruxsat bermagan, balki sabr qilib turishga daʼvat qilgan edi.

Islom–tinchlik dini, lekin zarurat tugʻilganda qoidalarini rioya qilgan holda urushga kirishga ruxsat bergan. Bu masalada doʻstu dushmanlar orasida turli tushunmovchiliklar tarqalib va oʻrnashib ketgan. Dushmanlar Islomni urushdan iborat deb tushunadilar. Ularning fikricha, musulmon boʻlgan odamga jihod–kofirlarga qarshi urush farz boʻladi. Har bir musulmon koʻziga koʻringan kofirni oʻldirishi farz hisoblanadi. Ulardan: «Bu gapni qayerdan oldingiz?»–deb soʻralsa, Qurʼonda: «Ularni (yaʼni, kofirlarni) topgan yeringizda qatl qiling», degan oyat bor», deydilar. Doʻstlar esa, Islom tinchlik dini, urushga ruxsat bermaydi, faqat birov urush qilib qolsagina, oʻzini himoya qilish uchun urushga ruxsat bergan, deyishadi. Ular bu gaplariga Alloh taoloning: «Sizga urush qilayotganlarga qarshi Allohning yoʻlida urush qiling», degan oyatini keltiradilar. Aslini olganda, ikki tomon ham toʻgʻri fikrda emaslar. Maʼlumki, Qurʼoni Karim turli masalalarni alohida boblarga boʻlib muolaja qilmagan. Balki bir surada turli mavzulardagi oyatlar, bir mavzuga oid oyatlar esa, bir necha suralarda tarqoq keladi. Bu, Qurʼonga xos ilohiy uslub. Bu uslubni shariat ahkomlarini, arab tilini va boshqa koʻplab ilmlarni oʻzlashtirib, maʼlum darajaga yetgandagina toʻliq tushunish mumkin. Bir oyatning bir boʻlagi, yarmi yoki butun oyatning maʼnosidan hukm chiqarib, bir mavzudagi masalani hal qilib boʻlmaydi. Balki, shu mavzudagi hamma oyatlarni va sahih hadislarni yaxshilab oʻrganib chiqib, soʻngra biror fikr aytish mumkin.

Jihod haqidagi oyatlarning barchasini oʻrganib chiqqandan soʻng maʼlum boʻladiki, Islomda jihod hukmi sharoitga qarab oʻzgarib turadi. Dunyoda fitna boʻlmasligi uchun, Alloh dinining ustun boʻlishi uchun qilinadigan jihod farzi kifoya hisoblanadi. Bunda dunyo boʻyicha Islomni tarqatish, Allohning dini yoʻlidagi gʻovlarni yoʻqotish uchun jihod qilinadi. Kimki Islom daʼvati yoʻliga toʻsiq boʻlmasa, erki oʻzi bilan–xohlagan diniga eʼtiqod va amal qilaversin. Ammo toʻsiq boʻlib, musulmonlarga dushmanlik qilsa, u bilan urush qilinadi.

Agar dushmanlar biror musulmon yurtiga urush qilib, bostirib kirsalar, jihod hamma musulmonlarga farzi ayn boʻladi. Hamma urushga chiqmogʻi zarur boʻladi.

Baʼzi bir holatlar boʻladiki, unda urush qilish bilan qilmaslik teng boʻlib qoladi.

Yana bir holatlarda tinchlik uchun harakat qilish zarur boʻladi. Bularning hukmi boshqa oyatlarda bayon qilinadi.

Shu yerga kelganda musulmonlar Paygʻambar alayhissalom bilan hajga kelganlarida mushriklar ularga qarshi urush harom qilingan oyda va joyda urush qilmoqchi boʻlganlari sababi ila nozil boʻlgan oyati karimalar tamom boʻladi. Endi bevosita haj va umra haqida soʻz ketadi.