QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят196

وَأَتِمُّوا۟ ٱلْحَجَّ وَٱلْعُمْرَةَ لِلَّهِ ۚ فَإِنْ أُحْصِرْتُمْ فَمَا ٱسْتَيْسَرَ مِنَ ٱلْهَدْىِ ۖ وَلَا تَحْلِقُوا۟ رُءُوسَكُمْ حَتَّىٰ يَبْلُغَ ٱلْهَدْىُ مَحِلَّهُۥ ۚ فَمَن كَانَ مِنكُم مَّرِيضًا أَوْ بِهِۦٓ أَذًى مِّن رَّأْسِهِۦ فَفِدْيَةٌ مِّن صِيَامٍ أَوْ صَدَقَةٍ أَوْ نُسُكٍ ۚ فَإِذَآ أَمِنتُمْ فَمَن تَمَتَّعَ بِٱلْعُمْرَةِ إِلَى ٱلْحَجِّ فَمَا ٱسْتَيْسَرَ مِنَ ٱلْهَدْىِ ۚ فَمَن لَّمْ يَجِدْ فَصِيَامُ ثَلَـٰثَةِ أَيَّامٍ فِى ٱلْحَجِّ وَسَبْعَةٍ إِذَا رَجَعْتُمْ ۗ تِلْكَ عَشَرَةٌ كَامِلَةٌ ۗ ذَٰلِكَ لِمَن لَّمْ يَكُنْ أَهْلُهُۥ حَاضِرِى ٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ ۚ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh uchun haj va umrani tugal ado eting. Agar ushlanib qolsangiz, muyassar bo`lganicha qurbonlik qiling. Qurbonlik o`z joyiga yetmaguncha, sochingizni oldirmang. Sizdan kim bemor bo`lsa yoki boshida ozor beruvchi narsa bo`lsa, ro`za tutish yoki sadaqa berish yoxud qurbonlik so`yish ila to`lov to`lasin. Agar tinch bo`lsangiz, kim umradan hajgacha huzur qilgan bo`lsa, muyassar bo`lgan qurbonlikni qilsin. Kim topmasa, uch kun hajda, yetti kun qaytganingizda — hammasi o`n kun to`liq ro`za tutsin. Bu ahli Masjidul Haromda yashamaydiganlar uchundir. Va Allohga taqvo qiling hamda, bilingki, albatta, Alloh iqobi shiddatli Zotdir.Аллоҳ учун ҳаж ва умрани тугал адо этинг. Агар ушланиб қолсангиз, муяссар бўлганича қурбонлик қилинг. Қурбонлик ўз жойига етмагунча, сочингизни олдирманг. Сиздан ким бемор бўлса ёки бошида озор берувчи нарса бўлса, рўза тутиш ёки садақа бериш ёхуд қурбонлик сўйиш ила тўлов тўласин. Агар тинч бўлсангиз, ким умрадан ҳажгача ҳузур қилган бўлса, муяссар бўлган қурбонликни қилсин. Ким топмаса, уч кун ҳажда, етти кун қайтганингизда — ҳаммаси ўн кун тўлиқ рўза тутсин. Бу аҳли Масжидул Ҳаромда яшамайдиганлар учундир. Ва Аллоҳга тақво қилинг ҳамда, билингки, албатта, Аллоҳ иқоби шиддатли Зотдир.Alauddin Mansour: Haj va umrani Alloh uchun komil suratda ado qiling! Agar (kasallik yoki yoʻltusarlar sababli) yoʻlingiz toʻsilib qolsa, muyassar boʻlgan biror qurbonlik yuboring va qurbonlik oʻz joyiga yetib bormaguncha sochlaringizni qirdirmang! Endi agar sizlardan (hojilardan) kimdir kasal yoki boshida biron dardi boʻlsa (shu uzr bilan ehromda turgan holida sochini qirdirsa), u holda (uch kun) roʻza tutish yoki (olti miskinga) sadaqa berish yoxud (bir qoʻy) soʻyish bilan evaz toʻlasin! Qachonki (yoʻltoʻsarlar yoki boshqa har qanday moneʼdan) xotirjam boʻlsangiz, (oralaringizdan) kim haj (yoʻlida) umradan foydalangan boʻlsa (yaʼni, haj mavsumida avval umra amallarini bajarib, ehromdan chiqib, soʻngra hajga ehrom bogʻlagan boʻlsa), muyassar boʻlgan biron qurbonlikni qilsin! Kim (qurbonlik qiladigan narsa) topa olmasa, uch kun hajda, yetti kun qaytganidan keyin roʻza tutsin! Bu toʻla oʻn kundir. Ushbu hukm ahli — oilasi Masjidul-Haromda boʻlmagan kishilar uchundir. (U yerning aholisi uchun bunday huquq va burchlar yoʻq). Allohdan qoʻrqingiz! Va bilingki, Alloh — azobi qattiq Zotdir.Ҳаж ва умрани Аллоҳ учун комил суратда адо қилинг! Агар (касаллик ёки йўлтусарлар сабабли) йўлингиз тўсилиб қолса, муяссар бўлган бирор қурбонлик юборинг ва қурбонлик ўз жойига етиб бормагунча сочларингизни қирдирманг! Энди агар сизлардан (ҳожилардан) кимдир касал ёки бошида бирон дарди бўлса (шу узр билан эҳромда турган ҳолида сочини қирдирса), у ҳолда (уч кун) рўза тутиш ёки (олти мискинга) садақа бериш ёхуд (бир қўй) сўйиш билан эваз тўласин! Қачонки (йўлтўсарлар ёки бошқа ҳар қандай монеъдан) хотиржам бўлсангиз, (ораларингиздан) ким ҳаж (йўлида) умрадан фойдаланган бўлса (яъни, ҳаж мавсумида аввал умра амалларини бажариб, эҳромдан чиқиб, сўнгра ҳажга эҳром боғлаган бўлса), муяссар бўлган бирон қурбонликни қилсин! Ким (қурбонлик қиладиган нарса) топа олмаса, уч кун ҳажда, етти кун қайтганидан кейин рўза тутсин! Бу тўла ўн кундир. Ушбу ҳукм аҳли — оиласи Масжидул-Ҳаромда бўлмаган кишилар учундир. (У ернинг аҳолиси учун бундай ҳуқуқ ва бурчлар йўқ). Аллоҳдан қўрқингиз! Ва билингки, Аллоҳ — азоби қаттиқ Зотдир.

30-sahifa · 2-juz · 3-hizb30-саҳифа · 2-жуз · 3-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَتِمُّوا۟va tugal ado etingва тугал адо этингٱلْحَجَّhajniҳажниوَٱلْعُمْرَةَva umraniва умраниلِلَّهِ ۚAlloh uchunАллоҳ учунفَإِنْbas, agarбас, агарأُحْصِرْتُمْushlanib qolsangizушланиб қолсангизفَمَاbas, nimaбас, нимаٱسْتَيْسَرَmuyassar boʻlsaмуяссар бўлсаمِنَ-dan-данٱلْهَدْىِ ۖqurbonlikқурбонликوَلَاva emasва эмасتَحْلِقُوا۟oldirmangолдирмангرُءُوسَكُمْboshlaringizniбошларингизниحَتَّىٰtoтоيَبْلُغَyetmagunchaетмагунчаٱلْهَدْىُqurbonlikқурбонликمَحِلَّهُۥ ۚoʻz joyigaўз жойигаفَمَنbas, kimбас, кимكَانَboʻlsaбўлсаمِنكُمsizdanсизданمَّرِيضًاbemorбеморأَوْyokiёкиبِهِۦٓunda boʻlsaунда бўлсаأَذًۭىozor beruvchi narsaозор берувчи нарсаمِّن-da-даرَّأْسِهِۦboshiбошиفَفِدْيَةٌۭbas, toʻlov toʻlasinбас, тўлов тўласинمِّن-dan-данصِيَامٍroʻza tutishрўза тутишأَوْyokiёкиصَدَقَةٍsadaqa berishсадақа беришأَوْyoxudёхудنُسُكٍۢ ۚqurbonlik soʻyishқурбонлик сўйишفَإِذَآbas, qachonkiбас, қачонкиأَمِنتُمْtinch boʻlsangizтинч бўлсангизفَمَنbas, kimбас, кимتَمَتَّعَhuzur qilgan boʻlsaҳузур қилган бўлсаبِٱلْعُمْرَةِumradanумраданإِلَى-gacha-гачаٱلْحَجِّhajҳажفَمَاbas, nimaбас, нимаٱسْتَيْسَرَmuyassar boʻlsaмуяссар бўлсаمِنَ-dan-данٱلْهَدْىِ ۚqurbonlikқурбонликفَمَنbas, kimбас, кимلَّمْemasэмасيَجِدْtopsaтопсаفَصِيَامُbas, roʻza tutsinбас, рўза тутсинثَلَـٰثَةِuchучأَيَّامٍۢkunкунفِى-da-даٱلْحَجِّhajҳажوَسَبْعَةٍva yetti (kun)ва етти (кун)إِذَاqachonkiқачонкиرَجَعْتُمْ ۗqaytganingizdaқайтганингиздаتِلْكَbuбуعَشَرَةٌۭoʻn (kun)ўн (кун)كَامِلَةٌۭ ۗtoʻliqтўлиқذَٰلِكَbuбуلِمَنkimki, uning uchunкимки, унинг учунلَّمْemasэмасيَكُنْboʻlsaбўлсаأَهْلُهُۥahliаҳлиحَاضِرِىhozir (yashovchi)ҳозир (яшовчи)ٱلْمَسْجِدِMasjidulМасжидулٱلْحَرَامِ ۚHaromdaҲаромдаوَٱتَّقُوا۟va taqvo qilingва тақво қилингٱللَّهَAllohgaАллоҳгаوَٱعْلَمُوٓا۟va bilingkiва билингкиأَنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳشَدِيدُshiddatli zotdirшиддатли зотдирٱلْعِقَابِiqobiиқоби
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada Alloh taolo haj va umrani Oʻzi uchun tugal ado etishga buyurmoqda.

«Alloh uchun haj va umrani tugal ado eting».

«Haj» soʻzi lugʻatda ulugʻ narsani qasd qilishga ishlatiladi. Islom shariatida esa, haj–maxsus makonda, maxsus amallar bilan maxsus ibodatni ado etishdir.

Maxsus zamon.

Haj faqat maxsus vaqtda ado qilinadi. Xususan, uning bosh rukni–Arafotda turish zulhijja oyining toʻqqizinchi kuni boʻlishi shart. Boshqa vaqtda har qancha tursa ham haj hisoblanmaydi.

Maxsus makon.

Haj ibodatini ado etish uchun Alloh tomonidan iroda qilingan makonlar: Masjidul Harom, Arafot, Muzdalifa, Mino kabi joylar–maxsus makondir. Boshqa joylarda bu ibodatlarni ado etish mumkin emas.

Maxsus amallar.

Bunda ihrom, Kaʼbani aylanib tavof qilish, Safo va Marva orasida saʼyi qilish, Arafotda turish, Muzdalifada tunash, shaytonga tosh otish kabi amallar koʻzda tutilgan.

Bu ibodat ahli ayolining hojatidan ortiqcha yetarli mablagʻi bor, sogʻlom, omonlikdagi xotirjam musulmonga umrida bir marta farz boʻladi.

Umra esa, lugʻatda «ziyorat va obodlik» maʼnosini bildiradi. Islom shariatida esa, Baytullohni tavof qilib, Safo bilan Marva oʻrtasida saʼyi qilib bajariladigan maxsus ziyoratga aytiladi.

Ushbu oyatda Alloh taolo haj va umraning farzlarini, shartlarini tugal, benuqson qilib, Alloh uchun ado etishga amr qilmoqda.

Shu bilan birga, haj yoki umrani niyat qilib ibodatni boshlasangiz, oxiriga yetkazing, degan maʼno ham bor. Bu amri ilohiyga binoan, haj yoki umrani niyat qilib ihromga kirgan har bir musulmon uni oxirigacha tugal qilib ado etishga urinadi. Lekin insonning irodasidan tashqari holatlar ham sodir boʻlishi mumkin. Kasallik oriz boʻlishi, yoki Paygʻambar alayhissalom boshchiliklarida Baytullohni haj qilishga kelayotgan musulmonlarni mushriklar toʻsgani kabi, yoʻlni dushman toʻsishi mumkin. Unday holatda nima boʻladi?

Oyatda bu savolga javoban:

«Agar ushlanib qolsangiz, muyassar boʻlganicha qurbonlik qiling», deyilmoqda.

Shariati islomiyada hoji yoki umrachining dushman yoki kasallik yoxud boshqa sababga koʻra ibodatni ado eta olmay qolishiga «ehsor» deyiladi.

Biz «qurbonlik» deb tarjima qilgan soʻz oyatda «hadyi» deb kelgan. «Hadyi» hadya soʻzining jami boʻlib, haj yoki umraga chiqqan odam oʻzi bilan birga qurbonlik qilish uchun olib chiqqan qoʻy, echki, mol yoki tuyadan iborat hayvonga aytiladi. Oʻsha paytda Baytulloh ziyoratiga chiqqan odam bu hayvonlar qurbonlikka atalganini bildirish uchun boʻyniga xurmoning poʻstlogʻidan alomat–belgi ham osib qoʻyar ekanlar. Buni koʻrgan odamlar u hayvonga tegmas, yoʻqolib qolsa ham, Haramga borguncha yuraverar ekan.

Demak, ehsor boʻlgan (ushlanib qolgan) kishi hadyi (qurbonlik) qilar ekan. Albatta, niyat bilan chiqqan hoji yoki umrachi ibodatini Alloh taolo aytganidek tugal bajarishi kerak edi. Ammo ehsor tufayli niyatini amalga oshira olmay qoldi. Alloh mehribon, bandalariga yengillikni xohlaydi. Ushlanib qolganlar oʻzlari muyassar boʻlgan qurbonlikni qilib, sochlarini oldirsalar, ular ham ibodatlarini tugal qilgan hisoblanadilar. Shuning uchun ham, bu amallarni xuddi ibodatni tugal ado qilayotgan hoji yoki umrachi kabi ado etishga amr boʻlmoqda:

«Qurbonlik joyiga yetmaguncha sochingizni oldirmang».

Hanafiy mazhabi boʻyicha, ehsor tufayli tutilib qolgan kishi qurbonlikni boshqalar orqali yuboradi va uning Haramda soʻyilgani haqidagi xabar kelguncha sochini oldirmay, ihromdan chiqmay turadi. Aytilgan amrni bajarganda, u ham ibodatini tugal ado etgan hisobida ajr oladi.

Oltinchi hijriy yilda musulmonlar Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom rahbarliklarida niyat qilib, ihromga kirib hadyi olib kelganlarida, mushriklar ularning yoʻllarini toʻsib, ibodatdan man qilishgan. Hudaybiya nomli joyda Paygʻambarimiz oʻzlari bilan yetaklab kelgan qurbonliklarini soʻyib, sochlarini oldirganlaridan keyin, sahobalar ham shunday qilganlar va hammalari orqalariga qaytganlar. Fath surasida bu haqda toʻliq xabar keladi.

Haj yoki umrani tugal ado etganlar ham, ehsor tufayli ushlanib qolganlar ham, qurbonlikni joyiga yetkazib soʻygandan soʻng, sochini oldirib yoki qisqartirib ihromdan chiqadilar. Buni bilgandan soʻng, mabodo ihromdagi odam sochini oldirishga majbur boʻlib qolsa- chi, degan savol paydo boʻldi. Bunga javob oyatda:

«Sizdan kim bemor boʻlsa yoki boshida ozor beruvchi narsa boʻlsa, roʻza tutish yoki sadaqa berish yoxud qurbonlik soʻyish ila toʻlov toʻlasin», deb kelmoqda.

Birov sochini oldirmasa boʻlmaydigan bir kasalga chalindi yoki boshiga bit tushib ketdi, yara chiqib qoldi. Shunga oʻxshash hollarda sochini qurbonlik soʻyishdan oldin oldiradi-da, xohlasa uch kun roʻza tutadi yoki oltita miskinga ovqat beradi, xohlasa, bir soʻyish soʻyib, toʻlov toʻlaydi. Buni shariatda fidya berish deyiladi.

Imom Buxoriy Kaʼb ibn Ujra roziyallohu anhudan rivoyat qiladilarki, u kishi:

«Rasulullohning huzurlariga meni koʻtarib olib borishdi, bit yuzimga sachrab tushib turar edi. U zot alayhissalom:

«Seni bu holga tushib qolgan deb oʻylamovdim, qoʻying bormi?»– dedilar. Men:

«Yoʻq»,–dedim. U kishi:

«Uch kun roʻza tut yoki oltita miskinga taom ber. Har bir miskinga yarim soʼ ber, soʻng sochingni oldir»,–dedilar.

Soʻng hajning boshqa hukmi bayon qilinadi:

«Agar tinch boʻlsangiz, kim umradan hajgacha huzur qilgan boʻlsa, muyassar boʻlgan qurbonlikni qilsin».

Yaʼni, ehsor boʻlmasa, dushman yoʻlingizni toʻsmasa, tinch-omon borib ibodatni tugal ado etilsa, umradan soʻng ihromdan chiqib, oddiy holatdagi kabi, hamma narsalardan manfaatlanib huzur qilib yursa, muyassar boʻlgan qurbonlikni qilsin. Buni shariatda «tamattuʼ» deyiladi va lugʻatda foydalanish, maza, huzur qilish maʼnolarini anglatadi. Unda haj qilmoqchi boʻlgan odam ihromga kirayotgan paytda avval umrani niyat qiladi.

Makkai Mukarramaga kelib, Baytullohni tavof qilib, Safo va Marva orasida saʼyini ado etgandan soʻng ihromdan chiqadi. Haj vaqti kelguncha ihrom man qilgan narsalardan foydalanib, huzur qilib yurishi mumkin boʻladi.

Haj vaqti–zulhijjaning sakkizinchi kuni kelganda, hajni niyat qilib ihromga kiradi va ibodatlarni ado etishga boshlaydi. Bir safarda ikki ibodatni ado etgani, orada umradan soʻng hajgacha ihrom man qilgan narsalardan foydalangani, huzur qilgani uchun muyassar boʻlganicha qurbonlik qiladi.

«Kim soʻygani qurbonlik topmasa, uch kun hajda, yetti kun qaytganingizda–hammasi oʻn kun toʻliq roʻza tutsin.»

Demak, tamattuʼ qilgan odamning soʻygani qurbonligi yoʻq boʻlsa, u kambagʻal boʻlsa, uch kun hajda–umraga ihrom bogʻlagandan to iydi qurbon boʻlgan kunigacha boʻlgan muddatda roʻza tutadi. Ulamolar, arafa kunidan avvalgi uch kun boʻlsa yaxshi boʻladi, deyishgan. Hajdan qaytgandan keyin yetti kun tutib, hammasi boʻlib oʻn kun roʻza tutish kerak.

«Bu ahli Masjidul Haromda yashamaydiganlar uchundir», yaʼni, tamattuʼ va unga bogʻliq narsalarni qilish hammaga ham buyurilmagan. Haram hududida yashaydiganlarga tamattuʼ mumkin emas.

Avvalgi ishlar bayonida taʼkidlanganidek, haj va umrada ham qalblarni taqvoga buyurilmoqda:

«Va Allohga taqvo qiling, va bilingki, albatta, Alloh iqobi shiddatli Zotdir».

Soʻngra, yana haj ahkomlarini bayon qilishda davom etiladi: