ٱلْحَجُّ أَشْهُرٌ مَّعْلُومَـٰتٌ ۚ فَمَن فَرَضَ فِيهِنَّ ٱلْحَجَّ فَلَا رَفَثَ وَلَا فُسُوقَ وَلَا جِدَالَ فِى ٱلْحَجِّ ۗ وَمَا تَفْعَلُوا۟ مِنْ خَيْرٍ يَعْلَمْهُ ٱللَّهُ ۗ وَتَزَوَّدُوا۟ فَإِنَّ خَيْرَ ٱلزَّادِ ٱلتَّقْوَىٰ ۚ وَٱتَّقُونِ يَـٰٓأُو۟لِى ٱلْأَلْبَـٰبِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Haj ma'lum oylardir. Kimki ularda o`ziga hajni farz qilsa, hajda shahvoniy narsalar, fisq va janjal yo`qdir. Nima yaxshilik qilsangiz, Alloh uni biladir. Ozuqa oling, eng yaxshi ozuqa taqvodir. Menga taqvo qiling, ey, aql egalari!Ҳаж маълум ойлардир. Кимки уларда ўзига ҳажни фарз қилса, ҳажда шаҳвоний нарсалар, фисқ ва жанжал йўқдир. Нима яхшилик қилсангиз, Аллоҳ уни биладир. Озуқа олинг, энг яхши озуқа тақводир. Менга тақво қилинг, эй, ақл эгалари!Alauddin Mansour: Haj (mavsumi) maʼlum oylardir. (Yaʼni, Shavvol, Zul-qaʼda va Zul-hijja oyining oʻn kuni). Bas, kim shu oylarda oʻziga hajni farz qilsa (haj qilishni niyat qilsa), haj davomida (juftiga) yaqinlashmaydi, gunoh ishlar, janjal-suron qilmaydi. Qanday yaxshi amal qilsangiz, albatta Alloh biladi. Va (haj qilish uchun yoʻlga tushishdan avval zarur ozuqa bilan) taʼminlanib oling! Eng yaxshi ozuqa (yaʼni, oʻzingiz bilan birga boʻlishi lozim boʻlgan eng yaxshi narsa) Allohdan qoʻrqishdir. Mendan qoʻrqingiz, ey ahli donishlar!Ҳаж (мавсуми) маълум ойлардир. (Яъни, Шаввол, Зул-қаъда ва Зул-ҳижжа ойининг ўн куни). Бас, ким шу ойларда ўзига ҳажни фарз қилса (ҳаж қилишни ният қилса), ҳаж давомида (жуфтига) яқинлашмайди, гуноҳ ишлар, жанжал-сурон қилмайди. Қандай яхши амал қилсангиз, албатта Аллоҳ билади. Ва (ҳаж қилиш учун йўлга тушишдан аввал зарур озуқа билан) таъминланиб олинг! Энг яхши озуқа (яъни, ўзингиз билан бирга бўлиши лозим бўлган энг яхши нарса) Аллоҳдан қўрқишдир. Мендан қўрқингиз, эй аҳли донишлар!
Demak, haj doim boʻlavermas ekan, uni ado etish uchun maʼlum vaqt, maʼlum oylar bor ekan.
«Haj maʼlum oylardir.»
Haj oylari–shavvol va zulqaʼda oylari toʻliq, zulhijja oyining birinchi oʻn kunidir. Mana shu paytda hajni niyat qilib ihromga kirsa boʻladi. Albatta, zul-hijja oyining oʻninchi kuni, yaʼni qurbon hayiti kuni bundan mustasnodir.
«Kimki ularda oʻziga hajni farz qilsa, hajda shahvoniy narsalar, fisq va janjal yoʻqdir.»
Oʻziga hajni farz qilish–hajni niyat qilib, ihromga kirish deganidir. Demak, unday odamga shahvoniy ishlar, yaʼni, jinsiy yaqinlik va uning haqidagi gap-soʻzlarni soʻzlash va shunga oʻxshash narsalar mumkin boʻlmaydi. Yana hajda;
Fisq–katta-kichik gunoh ishlarni qilish;
Janjal–odamlar bilan talashib-tortishish va soʻkishib, achchiq chiqarish kabi ishlar ham mumkin emas. Chunki, haj qiluvchi inson ulugʻ maqomga erishgan boʻladi. U dunyoning hammasidan yuz oʻgirib, ajrab, Allohga yuzlanadi, Robbul Olamiynning uyini ziyorat qilgani chiqqan boʻladi. Shu bois, oliy darajadagi odob bilan odoblanishi zarur. Hamma yomon narsalarni tark etib, yaxshi ishlarni koʻproq qilishi lozim. Chunki:
«Nima yaxshilik qilsangiz, Alloh uni biladir».
Shu bilan birga, hajga ketayotgan odamga ham ruhiy, ham moddiy ozuqa bilan ozuqalanib olish tavsiya qilinadi va ruhiy ozuqa muhim ekanligi taʼkidlanadi:
«Ozuqa oling, eng yaxshi ozuqa taqvodir».
Imom Buxoriy Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qiladilarki, u kishi:
«Yaman ahli hajga ozuqa olmay kelishar, biz tavakkal qiluvchilarmiz, deyishar edi. Makkaga kelgandan soʻng odamlardan tilamchilik qilishga tushishardi», deganlar.
Boshqa bir rivoyatda yamanliklar: «Allohning uyini haj qilamiz-u, bizni och qoʻyarmidi», deyishar ekan. Bu, albatta, har bir narsaga tayyorgarlik koʻrib yurishga buyuradigan Islom taʼlimotiga xilofdir. Ham, hajini Allohga minnat qilishga kiradi. Shuning uchun ham, oyatda Alloh taolo ham ruhiy, ham moddiy ozuqa bilan ozuqalanib olishga amr qilmoqda:
«Ozuqa oling, eng yaxshi ozuqa taqvodir. Menga taqvo qiling, ey, aql egalari!»