ثُمَّ أَفِيضُوا۟ مِنْ حَيْثُ أَفَاضَ ٱلنَّاسُ وَٱسْتَغْفِرُوا۟ ٱللَّهَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra, odamlar qaytib tushgan joydan tushinglar. Va Allohga istig`for aytinglar. Albatta, Alloh mag`firatli, rahimli Zotdir.Сўнгра, одамлар қайтиб тушган жойдан тушинглар. Ва Аллоҳга истиғфор айтинглар. Албатта, Аллоҳ мағфиратли, раҳимли Зотдир.Alauddin Mansour: Soʻngra odamlar tushgan tomondan tushinglar va Allohdan (gunohlaringizni) magʻfirat qilishini soʻranglar! Albatta, Alloh magʻfirat qilguvchi, rahmlidir.Сўнгра одамлар тушган томондан тушинглар ва Аллоҳдан (гуноҳларингизни) мағфират қилишини сўранглар! Албатта, Аллоҳ мағфират қилгувчи, раҳмлидир.
Islom tenglik dinidir. Bu narsa, ayniqsa, musulmonlarning yillik umumiy yigʻilishi boʻlmish hajda yaqqol koʻzga tashlanadi. Unda kishilar barcha imtiyozlardan, belgilardan va alomatlardan ajralib chiqadilar. Hatto kiyimlaridagi imtiyozlar ham bilinmasligi uchun tikilgan kiyimlarni yechib tashlab, avratlarini toʻsadigan ikki parcha mato bilan kifoyalanadilar. Birovdan birovning hech qanday farqi qolmaydi. Podshoh ham, gadoy ham, yosh ham, qari ham, kuchli ham, kuchsiz ham, boy ham, kambagʻal ham ihromda, bosh yalang, Allohning huzurida oʻzini xor tutadi. Demak, shundoq boʻlsa, Quraysh qabilasining yoki boshqa kishining oʻzini yuqori tutishi, Arafotda odamlardan imtiyozli boʻlib alohida turishlari hech toʻgʻri kelmaydi. Ular ham barcha bilan barobar turishlari va odamlar qaytib tushgan joylardan tushishlari kerak.
«Soʻngra, odamlar qaytib tushgan joydan tushinglar.»
Shu bilan birga, avval oʻzlaridan oʻtgan gunohlar, adashib-uloqishlar uchun Allohga istigʻfor aytib, gunohlarini kechirishni soʻrashlari kerak:
«Va Allohga istigʻfor aytinglar. Albatta, Alloh magʻfiratli, rahimli Zotdir».
Alloh taolo hajda yurgan bandalarini istigʻfor aytishga buyurmoqda. Haj qildim, gunohim yuvildi, deb gʻururga ketmasin. Mana shunday ulugʻ maqomda ham oʻzida kamchilik sezsin. Istigʻfor aytish ulkan baxtu saodatga ham erishtiradi. Paygʻambarimiz alayhissolatu vassalom: «Kim istigʻfor aytishni oʻziga lozim tutsa, Alloh uning mushkulini kushoyish qiladi, ogʻirini yengil qiladi va oʻzi oʻylamagan tomondan rizq beradi», deganlar.
Imom Nasafiy rivoyat qilishlaricha, johiliyat davrida odamlar haj amallarini bajarib boʻlgandan soʻng, Mino bilan togʻning orasiga turib olib, ota-bobolarining fazilatlarini sanar edilar va mashhur kunlar hamda ularda boʻlib oʻtgan ishlarni eslar edilar.
Hazrati Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu:
«Johiliyat ahli haj mavsumida otam kishilarga taom berar edi, toʻlovini toʻlar edi, deb otalarining ishlaridan boshqa narsani zikr qilmas edilar. Alloh taolo Muhammad alayhissolatu vassalomga oyat tushirdi», deydilar. Quyidagi oyat oʻsha oyatdir: