فَإِذَا قَضَيْتُم مَّنَـٰسِكَكُمْ فَٱذْكُرُوا۟ ٱللَّهَ كَذِكْرِكُمْ ءَابَآءَكُمْ أَوْ أَشَدَّ ذِكْرًا ۗ فَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يَقُولُ رَبَّنَآ ءَاتِنَا فِى ٱلدُّنْيَا وَمَا لَهُۥ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ مِنْ خَلَـٰقٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ibodatlaringizni tugatganingizda, Allohni otalaringizni eslagandek, balki undan ham kuchliroq eslang. Odamlardan ba'zilari: «Robbimiz, bizga bu dunyoda bergin», deydir va unga oxiratda nasiba yo`qdir.Ибодатларингизни тугатганингизда, Аллоҳни оталарингизни эслагандек, балки ундан ҳам кучлироқ эсланг. Одамлардан баъзилари: «Роббимиз, бизга бу дунёда бергин», дейдир ва унга охиратда насиба йўқдир.Alauddin Mansour: Endi, marosimlaringizni ado qilib boʻlgach, Allohni ajdodlaringizni eslagandek, balki undan-da qattiqroq eslang! Zotan, odamlar orasida shunday kimsalar borki, «Ey Parvardigor, bizga mana shu dunyoda bergin», deydi. Holbuki, uning uchun Oxiratda hech qanday nasiba yoʻq.Энди, маросимларингизни адо қилиб бўлгач, Аллоҳни аждодларингизни эслагандек, балки ундан-да қаттиқроқ эсланг! Зотан, одамлар орасида шундай кимсалар борки, «Эй Парвардигор, бизга мана шу дунёда бергин», дейди. Ҳолбуки, унинг учун Охиратда ҳеч қандай насиба йўқ.
Ota-bobolarining qilgan ishlari bilan faxrlanish, maqtanish bekorchi, qoʻlidan bir ish kelmaydiganlarning ishi. Islom dini esa, musulmonlar yelkasiga butun dunyo baxti uchun kurashish masʼuliyatini yuklagan. Shuning uchun ham, haj ibodatlarini ado etib boʻlgandan soʻng, ota-bobolarni emas, ularga bunday ulkan masʼuliyatni yuklagan Alloh taoloni eslash va undan yordam, yaxshiliklarni soʻrashga amr boʻlmoqda:
«Ibodatlaringizni tugatganingizda, Allohni otalaringizni eslagandek, balki undan ham kuchliroq eslang».
Allohni eslagan odam, albatta, Undan biror narsa soʻraydi. Lekin soʻrash har xil boʻladi:
«Odamlardan baʼzilari: «Robbimiz bizga bu dunyoda bergin», deydir.»
Yaʼni, faqat bu dunyoning narsalarini soʻraydi. Jumladan, hajga kelgan qavmlardan baʼzilari: «Ey Alloh, bu yilni yomgʻirli qilgin, yaxshi bolalar tugʻiladigan yil qilgin», deb duo qilar ekanlar. Alloh taolo unday kishilarning ishlari notoʻgʻri ekanini bayon qilib:
«...va unga oxiratda nasiba yoʻqdir», deydi.
Keyingi oyatda esa, hajda Allohni zikr etgandan keyin qilinadigan duoni oʻrgatadi: