أُو۟لَـٰٓئِكَ لَهُمْ نَصِيبٌ مِّمَّا كَسَبُوا۟ ۚ وَٱللَّهُ سَرِيعُ ٱلْحِسَابِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana o`shalarga qilgan kasblaridan nasiba bor. Va Alloh tez hisob qiluvchidir.Ана ўшаларга қилган касбларидан насиба бор. Ва Аллоҳ тез ҳисоб қилувчидир.Alauddin Mansour: Ana oʻsha zotlar uchun qilgan ibodatlari (haj, duolari) sharofatidan nasiba bor. Alloh tez hisob-kitob qilguvchi Zotdir.Ана ўша зотлар учун қилган ибодатлари (ҳаж, дуолари) шарофатидан насиба бор. Аллоҳ тез ҳисоб-китоб қилгувчи Зотдир.
Yaʼni, Robbilaridan ikki dunyoning yaxshiligini va doʻzax olovining azobidan saqlashni soʻrab, oʻshanga mos amal qiladigan moʻmin- musulmonlarga qilgan kasblaridan nasiba bordir. Ularning nasibalari hisob-kitobini toʻgʻrilab berish Alloh taolo uchun osondir. Chunki U Zot hisobni tez qiluvchi Zotdir.
Soʻngra, hajning oxirgi amallari bayon qilinadi: