وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يُعْجِبُكَ قَوْلُهُۥ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَيُشْهِدُ ٱللَّهَ عَلَىٰ مَا فِى قَلْبِهِۦ وَهُوَ أَلَدُّ ٱلْخِصَامِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Odamlar ichida dunyo hayotidagi gapi seni ajablantiradiganlari bor. U qalbidagi narsaga Allohni guvoh ham qiladi. Holbuki, u ashaddiy xusumatchidir.Одамлар ичида дунё ҳаётидаги гапи сени ажаблантирадиганлари бор. У қалбидаги нарсага Аллоҳни гувоҳ ҳам қилади. Ҳолбуки, у ашаддий хусуматчидир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), odamlar orasida shunday kimsalar borki, uning gapirgan gapi, hayoti dunyoda Sizga qiziq tuyuladi. Va oʻzi (Islomga) ashaddiy xusumatchi boʻlgan holida dilidagi «iymoniga» Allohni guvoh keltiradi.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), одамлар орасида шундай кимсалар борки, унинг гапирган гапи, ҳаёти дунёда Сизга қизиқ туюлади. Ва ўзи (Исломга) ашаддий хусуматчи бўлган ҳолида дилидаги «иймонига» Аллоҳни гувоҳ келтиради.
Bu oyati karima mazkur ikki toifadan birining–yomonlarning, shayton yoʻlida yuradiganlarning, munofiqlarning sifatini bayon qilishni boshlaydi. Bir xil odamlar borki, bu dunyoning ishlaridan gapirsa, chiroyli soʻzi, shirinsuxanligi, oʻzini muxlis qilib koʻrsatishi, faqat yaxshilikdan, muhabbatdan, pok-lik va taqvodan lof urishi bilan seni ajablantiradi. Boz ustiga, taʼsirni kuchaytirish, yanada chuqurroq ishonch hosil qilish uchun qalbdagi narsaga Allohni guvoh qilib, qasam ham ichadi. Oʻzining Islomga, Allohga, paygʻambarga boʻlgan munosabatini toʻliq muhabbat deb ishontirmoqchi boʻladi. Aslini olganda esa, u, Allohga, paygʻambarga va Islomga qarshi eng ashaddiy xusumatchidir. Dushmanlarning dushmanidir. Bu insonning usti boshqa, ichi bosh-qa, sirtida yolgʻonni, aldamchilikni va tilyogʻlamalikni oʻrinlatib, suhbatdoshini ajablantiradi. Ammo u suhbatdoshining oldidan qaytib ketsa-chi?