QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят205

وَإِذَا تَوَلَّىٰ سَعَىٰ فِى ٱلْأَرْضِ لِيُفْسِدَ فِيهَا وَيُهْلِكَ ٱلْحَرْثَ وَٱلنَّسْلَ ۗ وَٱللَّهُ لَا يُحِبُّ ٱلْفَسَادَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va burilib ketganda, yer yuzida fasod uchun va ekin va naslni halok qilish uchun harakat etadir. Va holbuki, Alloh fasodni xush ko`rmas.Ва бурилиб кетганда, ер юзида фасод учун ва экин ва наслни ҳалок қилиш учун ҳаракат этадир. Ва ҳолбуки, Аллоҳ фасодни хуш кўрмас.Alauddin Mansour: (Oldingizdan) ketganida esa Yerda buzgʻunchilik, ekin va nasllarni halok qilish uchun yugurib-yelib yuradi. Alloh esa buzgʻunchilik-fasodni sevmaydi.(Олдингиздан) кетганида эса Ерда бузғунчилик, экин ва наслларни ҳалок қилиш учун югуриб-елиб юради. Аллоҳ эса бузғунчилик-фасодни севмайди.

32-sahifa · 2-juz · 4-hizb32-саҳифа · 2-жуз · 4-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذَاva qachonkiва қачонкиتَوَلَّىٰburilib ketsaбурилиб кетсаسَعَىٰharakat etadiҳаракат этадиفِى-da-даٱلْأَرْضِyer yuziер юзиلِيُفْسِدَfasod qilish uchunфасод қилиш учунفِيهَاundaундаوَيُهْلِكَva halok qilish uchunва ҳалок қилиш учунٱلْحَرْثَekinniэкинниوَٱلنَّسْلَ ۗva nasilniва насилниوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳلَاemasэмасيُحِبُّxush koʻradiхуш кўрадиٱلْفَسَادَfasodniфасодни
TafsirТафсир

Undoq shaxsning qiladigan ishi aytgan gapining tamoman aksi. Chiroyli gaplarni gapirib hammani ajablantirib qoʻyib, burilib borib fasodni–dunyoda bor yomonlikni qiladi. Ekin va naslni, yaʼni, butun nabotot va jonzotni yoʻq qilishga harakat qiladi, urinadi. Chunki inson shaklidagi bu munofiq maxluqning vujudi hiqdu hasadga, makru fasodga toʻlgandir. Alloh esa, bundaylarni hech-hech xush koʻrmaydi.

Kelasi oyat mazkur munofiqning belgilariga yana ham aniqlik kiritadi: